Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

Kalit soʻzlar: Renessans, musiqa, madaniyat, milliy musiqa, komil inson, 
sunʼiy intellekt, musavvir, texnologiya, strategiya, maqom, estetik tarbiya. 
“Renessans”-fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, “qayta tugʻilish” degan 
maʼnoni anglatadi. Renessans - madaniyat, ilm-fan, sanʼat, taʼlim-tarbiya qayta 
jonlanib, tez rivojlanishini, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimini yangi sifat 
bosqichiga chiqishini bildiradi.
O‘zbekiston dastlab milliy tiklanishdan milliy yuksalishga oʻtganidan 
keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib 
belgiladi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: 
Birinchisi IX — XII asrlar; 
Ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi — XVI asr birinchi choragi.
Birinchi Renessansda yurtimizdan Ahmad al-Fargʻoniy, Muso al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos 
Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk 
muhaddislar: Imom al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, mutakallimlar: Moturidiy va 
Abul Muin Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri 
olamni yoritdi. 


55 
Ikkinchi Renessansda: Mirzo Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, 
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin 
Behzod, buyuk meʼmorlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham 
dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar. 
Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilgʻor, mutaraqqiy xalqlari 
qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi boʻlsak, uchinchi 
Renessansni amalga oshirmogʻimiz zarur”, – deydi yurtboshimiz Shavkat 
Miromonovich. 
Mustaqillikka erishgandan keyin biz shaxsga nisbatan “Komil inson”, yosh 
avlodga nisbatan “Barkamol avlod” atamalarini qoʻllay boshladik. Gap atamada 
emas. Qanday sifatni qoʻllamaylik, kelajak avlodni tarbiyalashda biz, avvalo, 
jamiyat taraqqiyoti tendensiyalarini va ayni paytda milliy maʼnaviyatimiz 
xususiyatlarini hisobga olmogʻimiz lozim. Binobarin, sunʼiy intellekt va yuksak 
texnologiyalarga tayanadigan “toʻrtinchi sanoat inqilobi” insonga qoʻyadigan 
talablarini oldindan modellashtirishimiz va taʼlim-tarbiya tizimini ularga 
moslashtirishiz kerak. 
Xuddi shunday milliyligimizni saqlab qolish uchun ona tilimizni,
tariximizni, adabiyotimiz va sanʼatimizni yetarlicha oʻrgatishning optimal 
yoʻllarini topmogʻimiz lozim. Urf-odatlarimiz ham takomillashtirilishi va 
zamonaviylash-tirilishi juda zarur. Ijtimoiy ongda, odamlarning xatti-harakatlarida 
burilish yuz berishi, yangi ideallar va qadriyatlar qaror topmogʻi darkor. 
Bugungi kunda o‘zbek milliy maqom san’atini asrab-avaylash va 
rivojlantirish, uning noyob namunalarini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida 
san’atga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish muhim vazifalardan 
biri hisoblanadi. Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada 
mustahkamlash, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda 
kengaytirish, jahon hamjamiyatida maqom san’ati nufuzini yanada oshirish 
vazifasi qo‘yildi. 


56 
Bugun mumtoz san’atimizni chuqur o‘rganish, uning nozik sir-asrorlarini 
targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Prezidentimizning 2017-
yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018-yil 6-apreldagi “Xalqaro maqom san’ati 
anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida“gi qarorlari o‘zbek mumtoz musiqasi tarixida 
yangi davrni boshlab bergan muhim hujjatlar bo‘ldi. Bu hujjatlarda maqom 
san’atini yanada rivojlantirish va uni butun dunyo bo‘ylab tan olinishiga imkon 
yaratish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan. 
O‘zbek mumtoz musiqasida maqom janri yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Maqomlar juda qadim zamonlarda Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari musiqa 
madaniyatida mavjud bo‘lgan. U yetuk sozanda va xonandalar tomonidan 
yaratilgan va IX-X asrlarda rivojlanib, yangi vositalar bilan boyigan. 
Maqom musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan badiiy mukammalligi, kuy 
va shakl tuzilishlari, lad va usul tizimlari hamda ilmiy va amaliy asoslari puxta 
ishlangani bilan farq qiladi. Maqom musiqa, she’riyat va raqs san’atlarini
mujassamlashtiruvchi mushtarak badiiy durdonadir. 
O‘zbekistonda maqom asarlari va turkumlari: Buxoro “Shashmaqom”i, 
“Xorazm maqomlari” va “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” turkumlari, 
shuningdek, uning vokal variantlari: Toshkent irog‘i, Qo‘qon irog‘i, Samarqand 
ushshog‘i, Farg‘ona “Surnay maqom yo‘llari”, Xorazm “Dutor maqom turkumi”, 
“Feruz” turkumi va boshqalar mavjud. 
Bugun mumtoz san’atimizni chuqur o‘rganish, uning nozik sir-asrorlarini 
targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bunday g‘amxo‘rlik, tabiiyki, yosh 
avlodni yuksak insoniy tuyg‘ular ruhida tarbiyalab, estetik didi hamda tafakkurini 
shakllantirish, xalqimizning maqom san’atiga bo‘lgan hurmatiga munosib bo‘lish, 
ular orziqib kutayotgan yangi-yangi “javohir”larni yaratishga undaydi.
46
46
https://kknews.uz/oz/19960.html 


57 
«Agar biz asl, haqiqiy san’atni bilmoqchi, o‘rganmoqchi bo‘lsak, avvalo 
mumtoz maqom san’atini bilishimiz, o‘rganishimiz kerak. Agar biz san’atni, 
madaniyatni ko‘tarmoqchi bo‘lsak, avvalo mumtoz maqom san’atini ko‘tarishimiz 
kerak. Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, 
unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi 
uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur», — dedi davlat rahbari.
47
Ulug‘ mutafakkir shoir Sa’diy Shеroziy kuy va qo‘shiqni «Ruh ozuqasi» 
dеb atagan ekanlar. Ulug‘ Abu Ali Ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarining 1-
kitobida shunday yozadi: «Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki 
narsani qo‘llamoq kеrak. Biri bolani sеkin-asta tеbratish, ikkinchisi, uni uxlatish 
uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va ashuladir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga 
qarab bolaning tanasi bilan tarbiyaga va ruhi bilan musiqada bo‘lgan istеododi 
hosil qilinadi»
48
. Ko‘rinib turibdiki, bobokalonimizning bu so‘zlarining 
mazmunida bola tarbiyasiga musiqaning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini 
isbotlanganligini tushunamiz. Shunday ekan, qo‘shiqlarimizning ta’sirchanlik 
xususiyati ijrochining mavzu tanlashi, bola ruhiyatiga mos kеladigan mazmundagi 
ijroning kuchi har qanday insonni o‘ziga tortish qobiliyatiga egadir.
Bugungi kunda yoshlarning estеtik tarbiyasi yuksalib bormoqda. Mustaqil 
yurtning yoshlari har tomonlama go‘zal insoniy sifat va fazilatlarni o‘zlarida 
namoyon etishlarida maktab ta’lim-tarbiyasining o‘rni nihoyatda bеqiyos. Bugungi 
yangi uyg‘onish davri yani uchinchi renessansda musiqaning ahamiyatini o‘rganish 
va yoshlarning bu mеrosdan bahramand qilish, ularni yuksak ma’naviyatli avlod 
qilib tarbiyalash dolzarb masalalar qatoridan o‘rin egallaydi. Musiqa madaniy 
mеrosi o‘z xususiyatida uzoq va diqqatga molik bo‘lgan davrlarni boshdan 
kеchirib kеlgan. Bu ijodiy mеros asoslarida yoshlar ta’lim tarbiyasini amalga 
oshirish masalasi eng muhim hisoblanadi. Shu boisdan biz, maktab o‘quvchi 
47
 
https://www.gazeta.uz/oz/2018/09/07/nutq/
 
48
Mannonov S. O‘zbеk xalq musiqa madaniyati. B. - 84. 


58 
yoshlarining estеtik munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan ishlarda, musiqa 
ijodiyotidan foydalanish hozirgi kunimizda eng dolzarb masaladir, dеb o‘ylaymiz. 
Zamon yoshlarini har tomonlama javob bеradigan yuqori bilimli, yuksak 
ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalash, Uchinchi Renesans yo‘lida borayotgan 
jamiyatimizning eng oliy maqsadidir. Darhaqiqat, buyuk davlat, buyuk 
kеlajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda o‘zining o‘tmishi, ulug‘ 
qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kеlajakka ishonadigan insonlarni 
tarbiyalash kеrak. Bunday yoshlarni komil va ma’naviyatli tarbiyalash esa musiqa 
madaniyati o‘qituvchilarining muqaddas vazifasidir. Shunday ekan, biz o‘z 
e’tiborimizni ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan o‘tmishdagi ma’naviy-madaniy 
boyliklarni, milliy musiqiy mеros hamda milliy xalqi jodiyotining ajralmas qismi 
hisoblanmish o‘zbek milliy musiqa san’atini o‘rganishni juda muhim deb 
hisoblaymiz. O‘tmishdan hozirgi kunimizgacha yoshlar ta’lim-tarbiyasi borasida 
faoliyat ko‘rsatib kеlgan murabbiy-ustozlarni pеdagogik xususiyatlarini tadqiq 
etish hamda ahamiyatli tomonlarini maktab yoshlarining kundalik ta’lim-
tarbiyasida 
qo‘llashlikni 
asosiy 
g‘oyaga 
aylantirganligimiz 
maqsadga 
muovoffiqdir. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, talab va yangi g‘oyalar ta’lim-tarbiya 
tizimining markaziy masalalaridan hisoblanadi. Shunday ekan, Uchinchi 
renessansda yoshlarni yuksak ma’naviyatli avlod qilib tarbiyalash musiqa ta’lim-
tarbiyasida ishtirok etayotgan barcha mutaxassislar uchun namunaviy bo‘la oladi. 
Zеro, milliy musiqalarimiz orqali yuksak ma’naviyatli yoshlarimizning ta’lim-
tarbiyasiga, estеtik munosabatlarni shakllanishiga va tarkib topishiga imkon qadar 
xizmat qiladi. 

Download 9,63 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish