• STEM – ta’limining afzalliklari
  • STEM texnologiyasini joriy etish shartlari




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet277/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    STEM texnologiyasini joriy etish shartlari:
    1. Iqtidorli bolalarni qidirish, qo‘llab-quvvatlash va buning uchun keng 
    qamrovli tizimni yaratish kerak;
    2. Har bir umumta’lim maktabida iqtidorli bolalarni aniqlash uchun ijodiy 
    muhitni rivojlantirish zarur.
    3. Shu bilan birga, shakllangan iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini 
    rivojlantirish kerak. Bu birinchi navbatda, 24 soat davom etadigan ta’lim
    “Umumiy o‘rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim 
    muhiti” xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari muassasasalarini 
    o‘z ichiga oladi. Bunda iqtidorli bolalarning tadqiqotlari uchun shart-sharoitlar 
    yaratilishi lozim.
    4. Yuqori 
    natijaga erishgan 
    o‘quvchilarning o‘qituvchilarini ham 
    rag‘batlantirish lozim.
    5. Iqtidorli yoshlarni o‘qituvchilik kasbiga jalb qilish lozim.
    STEM – ta’limining afzalliklari:
    1. Fanlar bo‘yicha emas, balki mavzular bo‘yicha integratsiyalashgan ta’lim.
    2. Haqiqiy hayotda ilmiy va texnik bilimlarni qo‘llash.
    3. Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni hal qilish.
    4. O‘z kuchlariga ishonchni orttirish.
    5. Faol muloqot va jamoaviy ishni tashkillashtirish.
    6. Texnik fanlarga qiziqishni rivojlantirish.
    7. Loyihalarga ijodiy va innovatsion yondoshuvlarni amalga oshirish.
    8. Ta’lim va martaba o‘rtasidagi ko‘prik.


    791 
    9. O‘quvchilarni hayotning texnologik yangiliklariga tayyorlash.
    10. STEAM - maktab o‘quv dasturiga qo‘shimcha sifatida.
    Hozirda “STEAM” xalqaro ta’limda asosiy ko‘rsatkichlarlardan birini 
    egallagan. 
    STEM 
    ni 
    STEAMga 
    aylantirish 
    nimani 
    anglatadi? 
    STEM+ART=STEAM Faqat bitta “A” harfi, lekin bir vaqtning o‘zida qancha 
    o‘zgarish bor. Aynan “ART”, ya’ni san’at – muammoni hal qilish qobiliyati, 
    jasurlik, tanqidiy fikrlash va qabul qilish qobiliyati kabi mahorat va fazilatlarni 
    shakllantiradi. Ushbu qo‘nikmalarning rivojlanishini bolalar bog‘chasidan amalga 
    oshirish lozim. San’at bilan shug‘ullanuvchi bolalarda maktabda ta’lim olish 
    motivatsiyasi 3 karra yuqori natijani tashkil etadi. 4 yildan ortiq san’at va musiqa 
    bilan shug‘ullangan yuqori sinf o‘quvchilarida matematikadan o‘zlashtirish 
    darajasi 4 marta yuqori natijani ko‘rsatgan. Musiqa bilan shug‘ullanganlar test va 
    og‘zaki imtihonlarda yuqori natijalarga erishganlar. Bugungi kunda ijodkorlik har 
    qanday kasbda muvafaqqiyatga erishish uchun zarur shartlardan biridir. Bugungi 
    kunda kompyuterlar va gadjetlar chap miyaning ba’zi funksiyalarini o‘zida aks 
    ettiradi, lekin ular hech qachon o‘ng miyaning funksiyalarini o‘rnini bosa olmaydi. 
    ART – bu barcha sohalarning eshigini ocha oladigan kalitdir!
    STEAM chap yarim sharning funksiyalarini rivojlantiradi:
    ✓ Analitik fikrlash: mantiq va faktlarni tahlil qilish;
    ✓ Til qobiliyati;
    ✓ Yozish va o‘qish qobiliyati;
    ✓ Raqamlar va matematik formulalar manipulyatsiyasi;
    ✓ Axborotni matn shaklida qayta ishlash qobiliyati;
    ✓ Deduktiv fikrlash;
    ✓ Induktiv fikrlash.
    “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va 
    ta'lim muhiti” xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari: 


    792 
    ✓ Tanqidiy fikrlash. “Art” o‘ng yarim sharning funksiyalarini rivojlantirgan 
    holda STEM ni to‘ldirib boradi:
    ✓ Ijodkorlik;
    ✓ Tasavvur, his-tuyg‘ular;
    ✓ Ijodkorlik va innovatsiyalarga tayyorlik;
    ✓ Tanqidiy fikrlash;
    ✓ Tashabbus, harakatchanlik va moslashuvchanlik;
    ✓ O‘zaro aloqa;
    ✓ Tasvirlar va ramzlarda axborotni qayta ishlash qobiliyati;
    ✓ Bir vaqtning o‘zida bir nechta axborot oqimlarini tahlil qilish qobiliyati. 
    ART + STEM = Muvaffaqiyat!
    ✓ Yozish, o‘qish va matematika bo‘yicha bolalarning yuqori ko‘rsatkichlari;
    ✓ Barcha fanlarni o‘rganish uchun motivatsiyaning o‘sishi;
    ✓ Texnologik dunyoda va istalgan kasbda muvaffaqiyatga erishish kafolati;
    ✓ Natijaga erishish;
    ✓ Hamkorlik, muloqot, ijodkorlik;
    ✓ Mustaqil qaror qabul qilish va mas’uliyatni his etish;
    ✓ O‘z mahsulotini yaratish.
    Shuni ham ta’kidlash joizki, maktablarda STEAM loyihalarni amalga oshirish 
    va laboratoriyalarini tashkil etish uchun IT-kompaniyalari taqdim etadigan 
    professional uskunalar kerak. Ular 4 ta didaktik to‘plamdir:
    1. Tajriba va robotexnika uchun mikrokontrollerlar, elektron komponentlar va 
    dasturlanadigan elektron modullar;
    2. Grafika va modellashtirish uchun 3D printer;
    3. Modellashtirish uchun raqamli frezerli mashina;


    793 
    4. Golografiyali o‘quv videolarini yaratish uchun loyihalar hamda 
    videokamera bilan gologrammali ekranlar zarur bo‘ladi.. Bugungi davr talabi 
    dunyo ta’limi oldiga katta vazifani qo‘ymoqda. Bu esa o‘quvchilarni jamiyatda 
    yashashga tayyorlay olishi kerak. STEAM ta’limiy yondashuvi o‘quvchilarga 
    dunyonitizimli ravishda o‘rganishga, atrofda ro‘y berayotgan jarayonlarni mantiqiy 
    mushohada qilishga, ulardagi o‘zaro aloqani anglab etishga, o‘zi uchun yangi, 
    noodatiy va qiziqarli narsalarni ochishga imkon beradi. Yuqorida keltirilgan 
    ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, qandaydir yangilikni kutish orqali 
    o‘quvchilarda qiziquvchanlikni rivojlantiradi. O‘zi uchun qiziqarli masalani 
    aniqlab olishni, uning yechimini topishning har xil usullarini ishlab chiqishni, 
    natijalarini tanqidiy baholashni, fikrlashni muhandislik stilini shakllantirishga olib 
    keladi. Jamoaviy faoliyat olib borish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bularning 
    barchasi o‘quvchi rivojlanishining yuqori bosqichga ko‘tarilishini va kelajakda 
    to‘g‘ri kasb tanlashga zamin yaratadi.

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    STEM texnologiyasini joriy etish shartlari

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish