• SHARQ MUSIQA MAKTABINING TASHKIL TOPISHI Shodiyev Shohruh Oston o‘g‘li
  • Annotatsiya.
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet278/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. Жураев А.Р., Тешаева И.М. Методические основания оптимизации 
    содержания 
    предмета 
    “Технология”. 
    “Проблемы 
    науки” 
    научно–
    методический журнал. № 6 (30) / 2018 г. Россия, Москва. с 88 – 89. 
    2. Sharopova Mahliyo Fozilovna. “IMPROVING THE TEACHING PROCESS OF 
    MATERIALS SCIENCE ON THE BASIS OF FOREIGN EXPERIENCE. 
    http://www.ijeais.org/ijamsr/index.php/ijamsr-5-2-2021/
     
    3. Sharopova M.F., Hazratova Sh. «СИСТЕМНЫЙ АНАЛИЗ СОДЕРЖАНИЯ И 
    ПРОЦЕССА ПРЕПОДАВАНИЯ ПРЕДМЕТА «МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ 
    ТЕХНОЛОГИИ» 
    В 
    ЗАРУБЕЖНЫХ 
    СТРАНАХ» 
    http://problemspedagogy.ru/images/PDF/2021/54/Problemy-pedagogiki-3-54- 
    SHARQ MUSIQA MAKTABINING TASHKIL TOPISHI 
    Shodiyev Shohruh Oston o‘g‘li 
    Buxoro davlat universiteti pedagogika institutining


    794 
    “Musiqa ta'limi va san’at” yo‘nalishi 1 - bosqich magistranti 
    Annotatsiya. Maqolada sharq musiqa maktabining vujudga kelishi, o‘sha 
    davr musiqa madaniyati, sharq musiqa maktabi tashkil etilishida hissa qo‘shgan 
    ustozlar, hozirga qadar erishilgan yutuqlari haqida fikr yuritiladi. 
    Kalit so‘zlar: shashmaqom, damli cholg‘ular, torli cholg‘ular, orkestr, 
    ansambl, musiqa, mumtoz asarlar, xalq qo‘shiqlari, cholg‘u ijrochiligi 
    Shu o‘rinda Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabining o‘tmishiga bir 
    nazar tashlasak. 1921 yil 16 iyulda Buxoro Xalq Respublikasining Maorif noziri, 
    ma’rifatparvar olim, hassos ijodkor, yirik davlat arbobi Abdurauf Fitrat tashabbusi 
    bilan O‘rta Osiyo hududida birinchi bo‘lib Buxoroda “Sharq musiqa maktabi”
    tashkil etiladi. 
    Abdurauf Fitrat (1886-1938) 
    Shu davrda Abdurauf Fitrat tashabbusi va uning taklifiga asosan rus 
    musiqashunos olimi V.Uspenskiy Buxoro shashmaqomini notaga olish ishlarini 
    boshlaydi. Ustozlar Ota Jalol Nosirov va Ota G‘iyos Abdug‘anievlar ko‘magida 
    amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini berib, 1924 yilda “Shashmakom - shest 
    muzikalnix poema” to‘plami V.Uspenskiy tomonidan Moskvada nashr ettiriladi. 
    Buxoro Shashmaqomining yirik bilimdoni, murakkab musiqiy usullar ustasi, mohir 
    tanburchi va xushovoz xonanda Ota Jalol Nosirov 1921 yildan boshlab Buxoroda 
    ochilgan Sharq musiqa maktabida faoliyat ko‘rsatib Levi Boboxonov, Domla 
    Halim Ibodov, Hoji Abduraxmon Umarov, Turobqul Qorovulbegi, Ma’rufjon 
    Toshpo‘lotov, Najmiddin Nasreddinov kabi sozanda va xonandalarga shashmaqom 


    795 
    yo‘llarini izchillik bilan o‘rgatadi va maqomlarni xalq orasida targ‘ib qilishga
    katta hissa qo‘shadi. 
    1927-yilda “Sharq musiqa maktabi” – “Buxoro sharq musiqa texnikumi”ga 
    aylantiriladi va o‘quv yurtida ilk bor ijrochilik jamoalari tashkil etilib, 1934 yildan 
    e’tiboran ushbu o‘quv dargohi “Buxoro davlat musiqa texnikumi” deb yuritila 
    boshlaydi va unga Temur Baqoyev rahbarlik qiladi. Shu yillarda o‘qituvchilar 
    jamoasi kengayib, texnikumda Ahmad Ixtiyorov va Vasiliy Vlasenko tomonidan 
    birinchi simfonik, damli cholg‘u asboblar orkestri va torli cholg‘ular ansambli 
    tashkil etiladi. XX asrning 30 – yillariga oid quyidagi suratda Buxoro musiqa 
    texnikumi o‘qituvchilari va talabalari tasvirlangan. 
    1947-yilda Buxoro davlat musiqa texnikumi “Buxoro davlat musiqa bilim 
    yurti” ga aylantiriladi va unga tajribali mohir o‘qituvchi, drijor, bastakor, 
    musiqashunos Ahmad Ixtiyorov (1906 – 1988) rahbar etib tayinlanadi. 
    Ahmad Ixtiyorovning rahbarlik davrida o‘quv muassasasida “fortepiano”, 
    “musiqa nazariyasi”, “torli sozlar” kabi yangi bo‘limlar ochildi va yosh 
    musiqachilarning kasbiy tayyorgarligida muhim o‘rin tutuvchi musiqa 
    savodxonligi mashg‘ulotlariga alohida e’tibor qaratila boshlandi. A.Ixtiyorov 
    viloyat musiqali drama va komediya teatrida bosh dirijyor lavozimida ham faoliyat 
    ko‘rsatadi va shu bilan bir qatorda Respublikamiz musiqa san’atining rivojiga 
    o‘zining munosib hissasini qo‘shib bir qancha shogirdlar yetishtirib chiqaradi. 
    Jumladan, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Fayzulla Karomatov, mohir 
    dirijyor Tovur Jumayev, kompozitorlar Ibroxim Xamroyev, Xayri Izomov, ajoyib 
    g‘ijjakchi va dirijyor Amin Karimov, kompozitor Mustafo Bafoyev, yirik 
    musiqashunos Otanazar Matyoqubov, Buxoro xalq musiqasi mohir bilimdoni, 
    bastakor Orif Atoyev, Fayzulla To‘rayevlar kabi taniqli san’atkorlar yetishtirib 
    chiqaradi. Ahmad Ixtiyorov o‘zbek musiqa madaniyati rivojiga qo‘shgan salmoqli 
    hissasi uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni va medallar bilan 


    796 
    mukofotlangan. 1961 - 68 yillarda musiqa bilim yurtiga Sameh Vohidov, 1968 – 
    1987 yillar davomida Latif Yusupov rahbarlik qiladi. 
    Samehjon Vohidov Ota G‘iyos Abdug‘aniyev, Ma’rufjon Toshpo‘latov, 
    Najmiddin Nasreddinov, Ostonaqul Mirjonovlardan, keyinchalik Toshkent davlat 
    konservatoriyasida R.Felitsiant va A.Petrosyansdan saboq oladi. Buxoro davlat 
    musiqa bilim yurtidagi mexnat faoliyati davomida Orif Atoyev, Fayzulla To‘rayev, 
    Sanoqul Do‘stov, Yusuf Shukurov, Xoliq Raxmatov, Asliddin Nasreddinov, 
    Eshpo‘lot Ortiqov, Axtam Qo‘shayev kabi iste’dodli shogirdlarni tarbiyalashda o‘z 
    hissasini qo‘shadi. 
    Sameh Vohidovdan rahbarlik estafetasini qabul qilib olgan Latif Yusupov 
    Buxoro davlat musiqa bilim yurti direktori lavozimida qariyb 20 yil faoliyat olib 
    bordi. U rahbarlik bilan bir qatorda o‘quvchilarga nafasli asboblarda ijro etish 
    sirlarini ham o‘rgatar edi. 1976 yilda Latif Yusupovning tashabbusi bilan Buxoro 
    davlat musiqa bilim yurtiga O‘zbekiston xalq artisti, davlat mukofotlari sohibi, 
    mashhur dirijyor va kompozitor, Buxoroning atoqli farzandi professor Muxtor 
    Ashrafiy nomi beriladi. Shu yillarda o‘quv maskanida xor jamoasi va cholg‘u 
    ansambllarining ijrochilik mahorati yanada oshadi. 
    Buxoro xalq musiqasining qadimiy musiqa madaniyatiga nazar tashlar 
    ekanmiz, o‘zining boy milliy xalq qo‘shiqlari, cholg‘u musiqasi, hamda og‘zaki 
    an’anadagi mumtoz musiqasining rivojlanishi bilan yuksak cho‘qqilarni zabt 
    etganining guvohi bo‘lamiz.


    797 


    798 
    Qadimiy va navqiron Buxoroyi-Sharif tabiblar sultoni Ibn Sinoga beshik, 
    buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyga madad, ulug‘ avliyo Bahouddin Naqshband 
    nomini ko‘zga surtgan, ularni voyaga yetkazib, tarbiyalagan yurtdir. 
    Musiqa olamida noyob iste’dod egalari Ota Jalol Nosir, Ota G‘iyos 
    Abdug‘ani, Levi Boboxonov, Abdurahmon Umarov, Domla Halim Ibodov, Usta 
    Shodi Adizov, Marufjon Toshpo‘latov, Najmiddin Nasriddinov, Muxtor Ashrafiy, 
    Mutavakkil Burxonov kabi san’at darg‘alarini tarbiyalab xalqqa yetkazib bergan. 
    Ular o‘zbek musiqa san’atini kelajak avlodga bezavol yetkazishga butun umrini 
    baxshida qilgan fidoyi insonlar hisoblanishadi. 
    Buxoro san’at musiqa dargohi o‘zining 100 yillik boy tarixiga ega. Mazkur 
    dargoh 1921-yil 16-iyulda Buxoro Xalq Respublikasining Maorif noziri 
    lavozimida xizmat qilgan, o‘z zamonasining ardoqli namoyondasi, buyuk olim, 
    xassos ijodkor, yirik davlat arbobi, professor Abdurauf Fitrat tashabbusi bilan 
    Buxoroda, O‘rta Osiyo hududida birinchi bo‘lib tashkil etilgan “Sharq musiqa 
    maktabi” hisoblanadi. Ushbu maktabning ilk ustozlari Ota Jalol, Ota G‘iyos, 
    Domla Halim Ibodov, Marufjon Toshpo‘latov hamda birinchi rahbar Rajabzoda 
    Niyoziylar shogirdlarga ta’lim bera boshlagan. 
    1987-1997 yillarda bilim yurtida Hikmat Rajabov boshchilik qildi. Yosh 
    iste’dodli rahbar faoliyati davomida o‘quv maskanining ijro va ijod saviyasi yuqori 
    darajaga o‘sdi. 1992-yil o‘quv binosi markazida Muxtor Ashrafiy tavalludining 80 
    yilligi munosabati bilan kompozitorning haykali o‘rnatildi. Shu yillardan boshlab 
    bilim yurtida muntazam ravishda Muxtor Ashrafiy xotirasiga bag‘ishlangan 
    tanlovlar, musiqiy-nazariy konferensiyalar o‘tkazilishi an’anaga aylandi. 
    Mustaqillik 
    sharofati 
    bilan 
    mumtoz musiqa an’analarimiz, milliy 
    qadriyatlarimizni o‘rganish va o‘zlashtirish uchun barcha shart-sharoit hamda zarur 
    imkoniyatlar yaratildi. Buning ifodasini biz bilim yurtida ilk bora tashkil etilgan 


    799 
    an’anaviy ijro hamda an’anaviy xofizlik bo‘limlarining faoliyatida ko‘ramiz. 
    Shuningdek, musiqiy-nazariy fanlar talabalarga o‘zbek tilida olib borila boshlandi. 
    1997-2014 yillar davomida mazkur dargohga Baxtiyor Yarashev rahbarlik qildi. 
    Ushbu davrda bilim yurtida Estrada ijro, Estrada xonandalik va aktyorlik 
    bo‘limlari ochilib o‘z faoliyatini boshladi. 
    2003-yilda bilim yurti san’at kollejiga aylantirildi va uch yillik ta’lim tizimi 
    joriy qilindi. 2010-yilda davlatimiz tomonidan Buxoro shahrining markazida 
    San’at kolleji uchun zamonaviy talablar asosida jihozlangan yangi bino qurilib, 
    foydalanishga topshirildi. 
    Mazkur dargohda ta’lim olib, kelajakda oily ta’lim muassasalarida o‘z bilim 
    va ko‘nikmalarini puxta egallab, o‘zbek musiqa va san’atining rivojiga ulkan hissa 
    qo‘shgan namoyondalarimiz bilan doimo faxrlanamiz. Bular Xalq artisti, 
    Kompozitor, Drijor, Professor, Toshkent Davlat Konservatoriyasi rektori, birinchi 
    o‘zbek operasi muallifi Muxtor Ashrafiy, O‘zbekiston Xalq artisti, O‘zbekiston 
    Davlat Madhiyasi muallifi Mutal Burxonov, O‘zbekiston Xalq xofizlari Boboqul 
    Fayzullayev, Moshe Boboxonov, O‘zbekiston Xalq artistlari Olimjon Halimov, 
    Fazliddin Shamsiddinov, Ibrohim Hamroyev, Ayub Qodirov, O‘zbekistonda 
    xizmat ko‘rsatgan artistlar Ahmad Ixtiyorov, Ergash Shukrullayev, O‘zbekistonda 
    xizmat ko‘rsatgan san’at arboblari Shohnazar Sohibov, Tovur Jumayev, Hayra 
    Izomov, Amin Karimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari 
    Bobur Zikriyev, Aminjon Ismatov, Klara Kim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 
    fan arbobi Fayzulla Karomatov va boshqalar shular jumlasidandir. 
    Buxoro shahrida joylashgan Muxtor Ashrafiy nomidagi san’at dargohi 
    minglab san’at shaydolarini musiqaning sehrli olamiga yetakladi. Bu maskanda 
    taxsil olgan musiqachilar o‘zlarining ijro va ijod mahoratlari bilan o‘zbek musiqa 
    madaniyati an’analarini jahonga tanitmoqdalar. 
    O‘tgan davr mobaynida o‘quvchi – yoshlar o‘z iqtidorlari bilan kollejdagi 
    taxsili, oily ta’limdagi faoliyati davomida 100 dan ortiq respublika va 30 dan ortiq 


    800 
    xalqaro miqyosidagi ko‘rik tanlovlarda faol ishtirok etib, oily va yuqori o‘rinlarni 
    egallab kelmoqdalar. 
    Bular O‘zbekiston Respublikasi san’at arboblari Mustafo Bafoyev, Otanazar 
    Matyoqubov, Jo‘ra Shukurov, O‘zbekiston Xalq artisti O‘lmas Rasulov, 
    O‘zbekiston Xalq xofizi Soyibjon Niyozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 
    madaniyat xodimi Salomat Rahmonova, “Do‘stik” ko‘krak nishoni sovrindori 
    maqomdon ustoz Ari Boboxonov, O‘zbeksitonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Yunus 
    To‘rayev, Orif Atoyev, Rustam Abdullayev, Yulduz Turdiyeva, O‘zbekistonda 
    xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiysi Rahmatilla Inoyatov, “Zulfiya”,”Nihol” 
    davlat 
    mukofoti 
    sovrindorlari 
    Gulzoda 
    Xudoynazarova, 
    Mohichehra 
    Shomurodova, Jo‘raboy Xafizov, Ilyos Arabov, Sayyod Jo‘rayev, Dilfuza va 
    Marjona Qobilovalar, Gulchiroy Baxshulloyeva va boshqalar ayni damda 
    san’atning yanada jo‘shqin pallasida turib ijod qilishmoqda. 
    2018-yildan mazkur ta’lim muassasasi “Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at 
    maktabi” ga aylantirildi. Hamda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 
    tasarrufiga o‘tkazildi.
    Hozirgi kunda “Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi” da 14 ta bo‘lim 
    faoliyat ko‘rsatib, bu bo‘limlarda 200 ga yaqin tajribali o‘qituvchilar ta’lim berib 
    kelmoqdalar. Fortepiano, torli, xor-drijorligi, xalq cholg‘u asboblari, musiqa 
    nazariyasi, puflama, an’anaviy cholg‘u, an’anaviy xonandalik, Estrada ijro, Estrada 
    xonandalik, akademik vokal, xalq raqsi, tasviriy san’at, aktyorlik kabi bo‘limlarda 
    500 nafar o‘quvchi yoshlar ta’lim olmoqdalar. 
    2015-yildan hozirgi kunga qadar Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 
    istedodli rahbar Doniyor Ne’matov boshchilik qilib kelmoqda. Ushbu san’at 
    maskanining faol jamoasi bir tan-u bir jon bo‘lib, o‘quvchi yoshlarning bilim va 
    tajribaga ega bo‘lishlari uchun bor kuch va bilimlarini namoyish qilishmoqda. 
    Xulosa qilib aytganda, yosh avlod tarbiyasida pedagogika sohasidagi 
    zamonaviy yutuqlar qatorida bola tarbiyasi borasidagi milliy an’analarimizni ham 


    801 
    unutib qo‘ymasligimiz darkor. Ota –bobolarimiz tomonidan sevib o‘qilgan 
    Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Yusuf Xos 
    Xojibning “Qutadg‘u bilig», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», 
    Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma» kabi 
    asarlarida, shuningdek Alisher Navoiy ijodida pedagogik g‘oyalar salmoqli o‘rinni
    egallaydi. «Qobusnoma»da musiqiy asarlarning inson ruhiyatiga ta’siri va 
    ularni ijro etishda tinglovchilarning yoshini ham e’tiborga olish zarurligi haqida 
    qiziqarli va foydali maslahatlar berib o‘tilgan. 
    Musiqaning sehrli kuchidan tabiblar sultoni, buyuk bobomiz Abu Ali Ibn Sino 
    ham keng foydalangan. Musiqaga inson qalbini, ichki dunyosi, uning ruhiy 
    olamini davolovchi vosita sifatida qaralgan. Ibn Sino ilm ma’rifat borasida ham 
    o‘z qarashlariga ega bo‘lgan va bolalarni maktabda o‘kitish zarurligini qayd etib, 
    ta’lim jarayonida kuyidagi tamoyillarga rioya etish zarurligini ta’kidlagan: 
    - bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib qo‘ymaslik. 
    - engildan og‘irga,oddiydan murakkabga borish orqali bilim berish. 
    - o‘rganiladigan ma’lumot va mashklar bolalar yoshiga mos bo‘lishi. 
    - maktabda jamoa bo‘lib o‘qishga e’tibor berish. 
    - o‘qitishni jismoniy mashklar bilan qo‘shib olib borish. 
    Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya vositalari 
    ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilsa, musiqiy 
    tarbiya ta’limtarbiya jarayonida shaxsning aqliy, ruhiy, ma’naviy va hattoki 
    jismoniy rivojlanishiga musiqa vositasida tizimli va maqsadli ta’sir ko‘rsatadi. 
    Har bir o‘qituvchining muqaddas burchi - ijtimoiy faol, yuksak 
    ma’naviyatli, o‘z vataniga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida 
    tarbiyalangan, san’at sohasidagi kasbiy faoliyati doirasida ijodiy va mustaqil fikr 
    yurita oladigan, davlat va jamiyat oldida o‘z burchi va javobgarligini his etadigan 
    barkamol shaxsni kamolga etkazishdir. Musiqiy ta’lim sohasida zamonaviy 
    pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya vositalaridan oqilona 


    802 
    foydalanish orqali yosh iqtidorlar tomonidan musiqiy yo‘nalishlar tarmoq 
    standartlarida belgilangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tizimlashtirilgan tarzda 
    o‘zlashtirish imkoniyati yanada kengayadi. 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish