ADABIYOTLAR: 1. U.Jumanazarov «Uzbekskiye narodnie istoricheskiye pesni». Toshkent, 1989.
2. T.Ye.Solomonova «O‘zbek musiqasi tarixi» Toshkent, 1981.
3. I.N.Karelova «Voprosi muzikalnoy kulturi Uzbekistana». Toshkent, 1961.
Internet axborot resurslar
4.
https://fayllar.org/ozbek-xalq-qoshiqlari.html
808
MUSIQA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI Murotova Dilnavoz O‘ktamovna, Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi. Bugungi kunda zamonaviy musiqa fani o‘qituvchisining pedagogik
mahoratiga o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda
tashkil etish, o‘quvchilarning shaxs kamolotini rivojlantirish maqsadlari tomon
yo‘naltira olish, o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, jamiyat uchun
zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘ota olish kabi asosiy vazifalar kiradi.
Musiqiy-pedagogik faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir.
Uning mehnati esa yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga
yo‘naltirilgan. Musiqiy-pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligini, ya’ni
ketma-ketligini ta’minlashga xizmat qiladi. Musiqiy faoliyati doimo shaxs
faoliyatini boshqarish bilan bog‘liqdir va bunda musiqiy-pedagogik maqsad
o‘quvchi maqsadiga aylanishi juda muhimdir. V.Gyote ta’kidlaganidek: “Ishonch
bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan
kelaveradi
111
”.
“Musiqiy-pedagogik mahorat” bir necha kategoriya sifatida o‘zining ilmiy
asoslariga ega. Jumladan:
• pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi individuallikning yorqin sifatida
tushuniladi.
• pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazardan kishining
111
B.X.Madrimov “Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash”. Buxoro, “Durdona” nashriyoti. 2020. (11-bet)
809
individualligini xarakterlaydi.
• mahorat o‘quvchilar tomonidan uning ijtimoiy yetuklikka erishish darajasiga
qarab bosqichma-bosqich egallanadi. Ijtimoiy yetuklik komponentlari pedagogik
mahorat komponentlari bilan nisbatda bo‘ladi. Bo‘lg‘usi pedagogning ijtimoiy
yetuklik komponentlariga quyidagilar kiradi: