818
Bobur, Fuzuliy, Avaz O‘tar, Ogaxiy, kabi mumtoz shoirlarning g‘azal va
muxammaslaridan foydalanilgan.
Xalq musiqasining murakkab janri bo‘lmish maqomlarni ijro etish
xonandadan professional malaka talab qiladi. Bunga erishish uchun maqomga
ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarini ko‘p yillar davomida maqom bilimdonlari
bo‘lmish ustoz hofiz va sozandalardan muntazam saboq olishni yo‘lga qo‘yish
zarur. Maqomlarni ma’lum darajada tushunib yetishga, ularning barcha ichki
xususiyatlarini o‘rganishda, albatta, maqomlarning lad tarkibini, ritmik asoslarini
amaliy o‘zlashtirish darkor. Bundan tashhari maqomlar ijrosida xonandalik va
sozandalikda mavjud barcha musiqiy bezaklar va xarakterli ohang-sayqallardan
xabardor bo‘lish kerak. Umuman, barcha an’anaviy ijrochilik asoslarini
o‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir. har bir an’anaviy ijrochi professional klassik
musiqaning ichki lad xususiyatlari, tovushqatorlari, barcha tarkibiy qismlari, usul
jihatlari, badiiy tomonlari to‘g‘risida ma’lum tasavvurga ega bo‘lish bilan birga,
maqomlarda mavjud xilma-xil variantlarni tushunib etmoqlari kerak.
Maqomlarning ashula, ya’ni nasr bo‘limining e’tiborga loyiq tomonlaridan
biri shundaki, ular juda keng diapozonga ega. Ya’ni ikki oktava va undan ortiq
ovoz yo‘lini o‘z ichiga oladi. Melodik jumlalar o‘ziga xos keng ko‘lamligi bilan
ajralib turadi va ijrochidan uzun nafas yo‘liga ega bo‘lishni talab qiladi. Bundan
tashqari katta nafas yuli bilan birga undan munosib foydalana bilish katta
ahamiyatga ega. Chunki maqomlarning ijro jarayonida musiqiy ohanglarga rang -
barang bezaklar berish, asosan, avj qismida amalga oshiriladi. Maqomlar ijrosining
bunday o‘ziga xos jumboqlarini yechishda va klassik asarlarni qiyinchiliksiz ravon
ijrosiga erishishida har bir hofiz yuqori pardalarda mohirona kuylash xususiyatiga
ega bo‘lishi kerak.