819
3.“Shashmaqom saboqlari” 2-kitob Matyoqubov O. 2005\
4.S.Mannopov. So‘nmas navolar. Farg‘ona, 2003.
5.R.Abdullayev. Milliy istiqlol va musiqa. T., 2002.
SINFDAN TASHQARI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYAT JARAYONIDA
O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH
N.Xaitova
BuxDUPI magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
mustaqil
o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati ta’kidlab
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: dars, bilim, ko‘nikma, malaka, mustaqil o‘qish ko‘nikmalari,
sinfdan tashqari o‘qish, interfaol usullar.
O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi, xalq xo‘jaligining turli
sohalarida, jumladan, xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod
ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik
qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda, o‘quv yili yoki chorak
davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini
nima bilan band qilish va
tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha
murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam
beradi.
Tarbiyaga kompleks yondashishi biror o‘quvchini ham e’tibordan
qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari
tarbiya obyekti bo‘lgan bolani yaxshi bilish, uni yaxlit idrok etishi kerak.
820
Ko‘pchilik sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada sprotchi sifatida,
ya’ni har bir aniq ish sharoitidan kelib chiqib idrok etadi va shunga ko‘ra muomola
qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo
har bir bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi,
qadrlaydigan
narsalar, ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalari, munosabatlari kabi butun bir
dunyosi bor. Tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak. Sinf rahbari o‘z
o‘quvchisining
ichki dunyosini, kechinmalarini, xulqida vujudga kelayotgan
holatlarning sababini, irodasini yaxshi bilsagina, uning qalbiga yo‘l topa oladi va
bolaga ta’sir etishining to‘g‘ri yo‘lini aniqlaydi. Ana shunday sifatlarga e’tibor
bergan sinf rohbari tarbiyada yetakchi o‘rinni egallaydi.
Shuni
ham unutmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi omillar
hozirgi davrda g‘oyat darajada ko‘paydi: oila, keng jamoatchilik, radio,
televideniya kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.
Sinf rahbarining bolaga tarbiyaviy ta’sir etishdagi yetakchilik, birdamlik
rolini tarbiyaviy ta’sirining bu qadar ko‘p tarmoqlari orasida saqlab qolish g‘oyat
qiyinlashib boryapti. Ba’zan bolaga tarbiyachidan ko‘ra o‘rtog‘i, qo‘shnisi,
ko‘chadagi do‘stlari kuchliroq ta’sir etishi hollariga duch kelamiz. Ammo buning
aksi bo‘lgan taqdirdagina tarbiyada muvaffiqiyatga erishiladi.
Bunga esa
tarbiyachining nutqi nazari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki, har bir bolada
ma’lum kurtaklar: yaxshilik va poklik bilan bir qatorda salbiy, aktivlik va passivlik
sifatlari mavjud. U munosabatlarga e’tibori jihatidan ham har xil sifatlarga ega.
Agar tarbiyachi unga optimistik nuqtai nazardan yondashsa, bola yaxshilikka
intilib, uning umidini oqlaydi va aksincha, bolaga oldindan noshud, yalqov,
tartibsiz deb qaralsa hamda, o‘jarlik va terslik bolaning sifati hukum chiqarilsa, u
holda tarbiyalanuvchi o‘zining xuddi shunday qilib ko‘rsatadi.
Natijada u bu
borada ham tarbiyachining “umidini oqlaydi”.
Sinf rahbari bolalarni yaxshi bila olishi uchun ularni o‘rganish darsda,
darsdan tashqari vaqtlarda umuman bolaning hayoti o‘tadigan barcha sharoitlarda
821
amalga oshiriladi. Bolani o‘rganish bilan sinf rahbari uning individual xususiyatlari
haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.
Bolaning
individual
xususiyati
uning
xulqiga,
o‘zlashtirishiga
munosabatlariga jamoadagi o‘rniga ta’sir etadi. Shu boisdan ham, jamoadagi
individlar tarbiyalanayotganda alohida o‘quvchini unutish yaramaydi.
Chunki
sinf rahbari ko‘pgina tashkiliy ishlarni uyushtirishda kimga suyanish,
kimga
qanday vazifa yuklash, kimga mustaqillik berish va kimga muntazam yordam
berish kerakligini faqat ularning individual xususiyatlarini yaxshi bilish tufayligina
bexato aniqlaydi. Demak, individual munosabat bolaga tarbiyaviy ta’sir etishning
eng samarali yo‘lini topish imkoniyatini beradi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari butun sinf jamoasini ham o‘rganishi
kerak.
Sinf rahbari o‘ziga berilgan sinfni qabul qilib olish bilan bolalar haqida
ko‘pgina
ma’lumotlarni aniqlaydi. Bu ma’lumotlar bolaning oilasidan
o‘qituvchilardan, o‘rtoqlaridan olinadi va tarbiyaga yagona ta’sir birligi ham shu
asosda vujudga keladi.
Mana shu o‘rinda bolalar ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berish lozim.
Bu uchlik markazida bola,
ya’ni o‘quvchi turadi, maktab va oila esa unga ikki tomondan ta’sir etadi. Ayni
vaqtda bola maktab bilan oilasidagi aloqani ta’minlovchi vosita rolini ham
bajaradi. Lekin uning maktab haqidagi oilaga yetkazadigan ma’lumotlari hamisha
ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi va u hatto kundalik orqali beriladigan
axborotlarni ham o‘ziga talqin etib boradi. Ko‘pincha oila bilan maktab o‘rtasida
vujudga keladigan anglashilmovchilik ham mana shu tufayli ro‘y beradi. O‘quvchi
kattalarning o‘zi bilan muomola qilayotgan vaqtdagi pozitsiyasini solishtirib
ko‘rish orqali ma’lum xulosaga keladi va o‘ziga hukum chiqaradi. Xuddi shu hol
uning xulqida o‘z aksini topadi va u bir gal o‘qituvchining, boshqa vaqt ota-
822
onasining tarbiyasini oladi. Xatto eng vijdonli bolada ham bu holni ro‘y
berishi
tabiiydir.
Ana shu holatning vujudga kelmasligi uchun ota-onaga yordam berish,
o‘qituvchi bilan ota-ona o‘rtasidagi hamkorlikning to‘g‘ri bo‘lishida oila
tarbiyasiga rahbarlik qilish zarur.