Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

 
 
O‘ZBEKISTONDA KREATIVLIKKA ASOSLANGAN TA’LIMNING 
VUJUDGA KELISHI 
Yarashev Jo‘rabek To‘rayevich
BuxDUPI dotsenti, p.f.f.d., (PhD). 
Kambarova Maxfuza Botirovna 
Buxoro davlat universitetining
Pedagogika instituti magistranti 
Kreativlik – bu qaysidir ma’noda yangi va foydali ma’noda yangi va foydali 
biror bir narsaning yaratilishiga hissa qo‘shadigan fenomen. Boshqacha qilib 
aytganda, yangi mavhum biror narsa (asar, musiqa, idea yoki start - up) yoki 
jismoniy biror kashfiyot kabilar yaratilishi uchun eng kerakli vosita bu 
kreativlikdir. 
O‘zbekiston Respulikasining ta’lim sohasini isloh qilishdagi sa’y – 
harakatlarining biri – bu pedagog kadrlarning zamon talablariga hamnafas tarzda 
faoliyat yuritishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxslarni tarbiyalashga doir 
chuqur bilim, ko‘nikma, malaka va madaniytga ega bo‘lishlarning talab etmoqda. 


827 
Bu esa o‘z-o‘zidan musiqiy ijod ishlarining qonuniyatlarini o‘rganuvchi 
musiqa faniga “kraetivlik” degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa ilmiy bilimning 
bugungi kundagi rivojlanishi, kreativlikning shaxsi, jamiyatni va davlatni 
rivojlantirishga ta’siri ushbu masalasini ilmiy pedagogik nuqtai nazaridan chuqur 
o‘rganishni talab etmoqda. 
O‘zbekiston ta’lim tizimidagi yangi yondashuvlar bilan bog‘liq kreativ 
rivojlanishi tizimni shakllantirish muammolari ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga 
borib taqaladi. 
Ta’lim va tarbiya, o‘qitishning hozirgi holati oliy ta’limda musiqaning 
barqarorligi bilan ajralib turadi. 
Krativlik ko‘p qirrali tushunchadir. Inson qobiliyatining tashqariga 
chiqishiga imkon berib, mavjud bilimlarga tayangan holda yangisini yaratish, 
ishlab chiqarish qobiliyati, g‘oyalarning xilma-xilligi kreativlikning asosi 
hisoblanadi. Ushbu ta’rifning rivojlanishi asta - sekin vujudga keladi. 
Bugungi kunda musiqa o‘qituvchisidan keng bilim, kreativ psixologiyasini 
chuqur bilish, muloqotli o‘yinlar ko‘proq talab qilinadi. [alqaro mutaxassislar ijo 
ijodiy fikrlashni “yangi g‘oya va echimlarni berish” deb ta’riflaganlar. Uning olti 
jihati bor: 
1) Mos tajriba ma’lumotni ta’riflash, sezish, kuzatish, hamdard bo‘lish; 
2) Tadqiq qilish, qidirish va g‘oyalarni ishlab chiqish; 
3) Bog‘liqliklarni qurish, sohalarga nuqtai nazarni tadbiq etish; 
4) Noodatiy yoki jasur g‘oyalar bilan o‘ynash; 
5) Yangi mahsulotni tasavvur qilish, ifodalash ishlab chiqish, kashf etish; 
6) Yechimning yangiligini tan olish;
112
Kreativlikka 
asoslangan 
ta’lim 
vazifasi 
o‘quvchining 
jamiyatda 
muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo‘ladigan 
112
“PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi” U.Sharifxodjayev hamda D.Norboyevaning umumiy tahriri 
ostida. Toshkent – 2020 yil. 6-bet 


828 
ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungu yoshlar ega bo‘lishi 
kerak bo‘lgan muhim ko‘nikmadir.
113
Ta’lim 
oluvchilarda kreativlikni rivojlantirish ta’lim mazmunini 
o‘zlashtirishda ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilarning bilim 
saviyasi, o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, 
ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini 
tashkil etishni talab qiladi. 
Bunda quyidagi pedagogik shart – sharoitlarga amal qilish lozim:
Ta’lim oluvchilarga kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, 
bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqilllikni namoyon 
qilish muhitini ta’minlash; 
* Ta’lim oluvchilarda kreativ fikrlash uchun qulay imkniyat yaratish, ta’lim 
oluvchilar tomonidan bayonqilingan turli – tuman fikrlar va g‘oyalarni 
bag‘rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi faolligini 
ta’minlash, har bir ta’lim oluvchida uning kreativ fikrlashga qodirligi haqidagi 
oshinchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag‘batlantirish; 
* O‘quv jarayonining ta’lim oluvchi shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va 
intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish; 
* Ta’lim oluvchilarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash 
ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni 
muammolarini hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart 
yechimlar qabul qilishga undash; 
* Kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo‘lgan kognitiv bilimlarni 
amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol 
mashg‘ulot shakllari va metodlarini tanlash va tadbiq etish va hokazo; 
113
Lucas, B. And E.Spancer (2017), Teaching Creative Thinking: Developing Learners Who Generate Ideas and Can 
Think Critically, Cown House Publishing, 
https://bookshop
 canterbury.ac.uk/ Teaching – Creative – Thinking – 
Developing – learnes-Who – generate – ideas – and- can – think – critically_9781785832369 (accessed on 26 
March 2018)


829 
O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishning 
muhim sharti ta’lim jarayonida erkin-ijodiy muhitning yaratilishi, pofessor- 
o‘qituvchilar, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi munosabatlari va 
o‘zaro hamkorlikdagi harakatiga asoslangan o‘qitish jarayonini yo‘lga qo‘yishdan 
iborat. 
Ta’lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bir qator olimlar 
mavjud: 
- Kreativ fikrlashko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish, 
o‘quv jarayonini izlanuvchanlik hamda muammoli tadqiqotchilik yo‘nalishlarini 
kuchaytirish. 
- Ta’lim oluvchilarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik 
faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish. 
- Ta’lim oluvchilarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va 
istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmuning tarkibiy qismi sifatida yondashishlarga 
erishish. 
- Ta’lim oluvchilarning kreativ layoqatlarini namoyon qilishlari uchun qulay 
ijodiy – hamkorlik muhitini vujudga keltirish kabilar... 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ta’lim oluvchilarda rivojlantirish bugungi 
kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib, yuqorida keltirilgan nazariy asoslarga 
tayangan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin: 
 Kreativlik qobiliyatlarining shakllantirishda interfaol ta’lim metodlari va 
texnologiyalari ta’lim oluvchilarda ahamiyat kasb etadi. Kreativlikni rivojlantirish, 
o‘qitish jarayoning muayyan mazmuni, vositalari, pedagogik xususiyatlari va 
usullariga ega. 
 Ta’lim oluvchilarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida 
ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni tizimli tarzda o‘rganish, bunda ukarning 
kreativ faoliyatini tashkil etishida uchraydigan psixologik to‘siqlarni bartaraf 
etishning samarali yo‘llarini belgilash lozim bo‘ladi. 


830 
Kelgusida o‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, 
bo‘lajak 
pedagoglarda 
tanqidiy, 
kreativ 
tafakkurni 
shakllantirish 
va 
rivojlantirish,ularni ijodiy fikirlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish 
ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga 
rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘ladi. Ta’lim oluvchiining ijodkor va kreativ 
bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil 
etish, yangi g‘oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur. 

Download 9,63 Mb.
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish