• “SUSAMBIL” ERTAGINI INNOVATSION USULDA O‘RGATISH N.B.Adizova BuxDUPI dotsenti N.B. Rajabova
  • Kalit so‘zlar
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet293/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
    1. Karimova V.M. Psixologiya: O‘quv qo‘llanma. T. 2002. 
    2. Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‘quv qo‘llanma - TDIU, 
    2014. 
    3. G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob.


    839 
    4. Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- ―Voris nashriyot‖, Toshkent, 2012 y. 
    270 b.
    5. 
    www.expert.psychology.ru
      
    6. 
    www.psycho.all.ru
      
    7. www.psychology.net.ru 
    “SUSAMBIL” ERTAGINI INNOVATSION USULDA O‘RGATISH
     
    N.B.Adizova
    BuxDUPI dotsenti 
    N.B. Rajabova
    BuxDUPI magistranti
    Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshi, 
    saviyasi va bilimni qabul qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars 
    mashg‘ulotlarini tashkil qilish, o‘qitish printsiplari va metodlariga qat'iy amal 
    qilish ta’kidlab o‘tilgan.
    Kalit so‘zlar: ona tili, so‘z, mashq, ta’lim, tarbiya, tizim, muammo, faol, 
    umumlashtirish, mustahkamlash, noan’anaviy, interfaol, innovatsion, usul, 
    konferensiya, dars, badiiy adabiyot, Multimedia,
    Boshlang‘ich sinf darsligida mavjud ertaklarning aksariyati ilm olish, 
    mehnat qilish, do‘stga sadoqat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, hunar o‘rganish, 
    tabiatni asrash kabi insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi ertaklarni qamrab olgan. 
    Bu sinfdagi o‘quvchilarda mehnat qilish hurmat-izzat jamoatdaga nisbattan yuksak 
    e’tiborda bo‘lish xususiyatlari rivojlanayotgan bo‘ladi. Shu sababli ham darslikda 
    aynan shu mavzularni aks ettiruvchi ertaklar beriladi. O‘quvchilar bu mavzularda 
    bemalol suhbat uyushtirish qobiliyatiga ega bo‘lib, o‘qituvchi bilan bemalol suhbat 
    qiladilar. Bir tip ertaklarni berilishidan asosiy maqsad, o‘quvchilarni fikrlarini 
    to‘g‘ri bayon etish imkonini beradi.


    840 
    “Susanbil” ertagi ham oʻzbek xalq ertaklari orasida oʻzining tili, tasvir jozibasi, 
    mavzusining muhimligi bilan ajralib turadigan asar. Avvalo, ertakda xalqimizning 
    adolat va farovonlik hukm suradigan zamonlar haqidagi orzulari aks etgan. 
    Susambil ertakda Adolat qaror topgan va hamma baxtli yashaydigan afsonaviy yurt 
    timsoli sifatida tasvirlanadi. Eʼtibor bersangiz, eshakvoy yoʻlida yoʻlda yoʻldosh 
    boʻlayotgan har bir jonivorning “Susambil qanday joy?” degan savoliga 
    “Susambil-oʻtning boʻligʻi, suvning tinigʻi, unda azob-uqubat yoʻq, maza qilib 
    yashaysan”, deb javob beradi.
    Ikkinchidan, jonivorlarning koʻzlagan maqsadiga erishishida ularning sabr-
    toqatli boʻlganliklari, mashaqqatlarga chidashgani muhim ahamiyatga ega boʻladi. 
    Mashaqqatlarga bardosh bergan jonivorlar jannatmakon goʻsha-Susambilga yetib 
    keladilar, shu joyda rohat-farogʻatda umr kechiradilar. Uchinchidan, jonivor-
    larning oʻzaro ahilliklari, birdamligi ularning tashqi dushman-boʻrilar galasidan 
    qutqaradi. Boʻrilar podshohi Susambilni tashlab yetti togʻning narigi tomoniga 
    qochib ketadi. Mazkur ertak nihoyatda ravon, xalqchil, shirali tilda berilgan. Ertak 
    boshlanishidayoq kishini oʻziga jalb etadi. Asar boshlanmasidagi anʻanaviy kirish 
    soʻz (“Bor ekan-u yoʻq ekan, och ekan-u toʻq ekan, boʻri bokavul ekan, tulki 
    yasovul ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, oʻrdak surnaychi 
    ekan, gʻoz karnaychi ekan”)ni olamizmi, tabiat tasviriga bagʻishlangan oʻrinlarni 
    olamizmi yoki personajlar – eshak, hoʻkiz, xoʻroz, kalamushlar, boʻrilarning 


    841 
    suhbatidagi dialoglarni olamizmi, barchasida jozibali tasvir, xalqona muoyibaga 
    boy nutq kishi diqqatini tortadi, oʻquvchi oʻzini xuddi voqealar ichida yurgandek 
    his qiladi. 
    “Susambil” ertagi haqida maʼlumot beriladi. Oʻquvchlarga bu ertak mazmuni 
    oʻqituvchi tomonidan qilinadi. Bu ertak oʻzbek xalq ertaklari orasida oʻzining tili, 
    tasvir jozibasi, mavzusining muhimligi bilan ajralib turadigan asar. Avvalo, 
    ertakda xalqimizning adolat va farovonlik hukm suradigan zamonlar haqidagi 
    orzulari aks etgan. Susambil ertakda Adolat qaror topgan va hamma baxtli 
    yashaydigan afsonaviy yurt timsoli sifatida tasvirlanadi. Eʼtibor bersangiz, 
    eshakvoy yoʻlida yoʻlda yoʻldosh boʻlayotgan har bir jonivorning “Susambil 
    qanday joy?” degan savoliga “Susambil-oʻtning boʻligʻi, suvning tinigʻi, unda 
    azob-uqubat yoʻq, maza qilib yashaysan”, deb javob beradi. Ikkinchidan, 
    jonivorlarning koʻzlagan maqsadiga erishishida ularning sabr-toqatli boʻlganliklari, 
    mashaqqatlarga chidashgani muhim ahamiyatga ega boʻladi. Mashaqqatlarga 
    bardosh bergan jonivorlar jannatmakon goʻsha-Susambilga yetib keladilar, shu 
    joyda rohat-farogʻatda umr kechiradilar.
    Uchinchidan, jonivorlarning oʻzaro 
    ahilliklari, birdamligi ularning tashqi dushman-boʻrilar galasidan qutqaradi. 
    Boʻrilar podshohi Susambilni tashlab yetti togʻning narigi tomoniga qochib ketadi. 
    Mazkur ertak nihoyatda ravon, xalqchil, shirali tilda berilgan. Ertak 
    boshlanishidayoq kishini oʻziga jalb etadi. Asar boshlanmasidagi anʻanaviy kirish 
    soʻz (“Bor ekan-u yoʻq ekan, och ekan-u toʻq ekan, boʻri bokavul ekan, tulki 
    yasovul ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, oʻrdak surnaychi 
    ekan, gʻoz karnaychi ekan”)ni olamizmi, tabiat tasviriga bagʻishlangan oʻrinlarni 
    olamizmi yoki personajlar – eshak, hoʻkiz, xoʻroz, kalamushlar, boʻrilarning 
    suhbatidagi dialoglarni olamizmi, barchasida jozibali tasvir, xalqona muoyibaga 
    boy nutq kishi diqqatini tortadi, oʻquvchi oʻzini xuddi voqealar ichida yurgandek 
    his qiladi.

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish