845
sayyohatida esa ishonib, yerdagi ushbu tovushni eshitib Ollohning borligini anglab
oladi va u shu kundan boshlab xristiyanlikdan islom diniga itoat qiladi va
musulmon bo‘ladi.
Tovush xususiyatlarining inson psixikasiga ruhiy ta'sirbaxsh tovushlarining
bir necha turlari mavjud bo‘lib, bular:
Tabiiy tovush xususiyatlari.
Moddiy-ma'naviy tovushlar.
Texnik-vositalardan tovushlar va boshqalar.
Musiqiy tovush turlaridir.
Afg‘on rubobi-torli-chertma cholg‘u bo‘lib, u mezrob (mediator) vositasida
chalinadi. Uning kosasi chuqur o‘yilgan va teri bilan qoplangan bo‘ladi, kalta va
yo‘g‘on dastasida to‘rtta bog‘lama pardasi bor. Dastasining yuqori qismida 6 yoki
7 ta qo‘shimcha («xas») pardalari ham bo‘ladi. Afg‘on rubobining 5 ta asosiy
torlarida kuy chalinadi. Shuningdek, uning yon tomonidan 10-11 ta yordamchi
yonquloq simlari ham tortilgan bo‘lib, ular aks-sado sifatida yangraydi.