Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

Afg‘on rubobi haqida rivoyat. Buxoro xonining husnda tengi yo‘q bir qizi 
bor ekan. Ammo u uyqusizlikka uchragan, kasalvand ekan. «Qizim o‘lib 
qolmasmikin?» deb xon kunu tun g‘amda ekan. Qaratmagan tabibi, boqtirmagan 
quchnochi 
qolmabdi. 
Baribir 
qiz 
tuzalmay, 
ahvoli 
kundan-kunga 
battarlashaveribdi.
Qizni ertalab labihovuz oldiga chiqarib qo‘yishar, kechasi qasr ichiga olib 
kirishar ekan. Xonning qizi labihovuz oldiga o‘ltirib bog‘da yurgan tovuslarga 
tikilib xayol surgani-surgan ekan. Ularni juda yaxshi ko‘rar ekan-da. Tovuslar 
patlarini yoysa ko‘ngli yorishar, o‘yinga tushishsa quvnar ekan. Doim: «Shu 
tovuslar so‘zlashib, qo‘shiq aytib, raqsga tushishsa-ku?» der ekan.
Buxoroda yashovchi bir afg‘on yigiti bundan xabardor bo‘lib qolibdi. U qo‘li 
gul usta bo‘lib, hatto quruq yog‘ochga ham «jon kiritib» yuborarkan. Hunarini 


846 
ishga solib, tovusga o‘xshagan bir asbob yasabdi. Uni olib xonning saroyiga 
boribdi.
Xonga ro‘baro‘ bo‘lib: «Men qizingizni tuzataman», — debdi. Xon rozi 
bo‘libdi. Afg‘on yigit boqqa kirib, qizning yoniga kelibdi-da, o‘zi yasagan 
tovussimon asbobni chala boshlabdi. Asbobning goh hazin, goh mungli, goh 
jo‘shqin kuyiga berilib ketgan xonning qizi asta-asta uyquga ketibdi. «Uyqu 
dardga davo, bemorga shifo», deb bejiz aytishmagan. Afg‘on yigit asbobini 
chalaveribdi, xonning qizi maza qilib uxlayveribdi. Bora-bora afg‘on yigiti uni 
yaxshi ko‘rib qolibdi.
Qizga mehri oshgan sari qo‘lidagi asbobi yanada boshqacharoq 
bo‘zlayveribdi. «Qizim nima bo‘ldiykin, bir xabar olay», deb boqqa chiqqan xon 
qizining uyqu og‘ushida, yonidagi afg‘on yigiti esa qo‘lidagi asbobni 
bo‘zlatayotgan holda ko‘rib: «Tag‘in qizimning boshini aylantirib qo‘ymasin», deb 
o‘ylab, yigitni bog‘dan haydab chiqaribdi. Shu tariqa qiz tuzalib ketibdi. Afg‘on 
yigitini ko‘p yo‘qiatibdi, topolmabdi. Xon qizining tuzalib qolganini ko‘rib, o‘ziga 
o‘xshagan xonning o‘g‘liga katta to‘y qilib berib yuboribdi. 
Afg‘on yigiti qizning ko‘yida o‘zi yasagan asbobni chalib yuraveribdi. U 
chalganda uyqusizlar uyquga ketibdi, kasallar tuzalibdi. Muhabbati bevaqt xazon 
bo‘lganlarning dardiga dard qo‘shilibdi. Shu-shu afg‘on yigiti yasagan asbob 
«Afg‘on rubobi» deb ataladigan bo‘libdi.
1
 
Shuning uchun ham musiqa madaniyati darslarida cholh`u asboblarida ijro 
etish faoliyat turi eng qiziqarli mashg‘ulotdir. Bolalar cholg‘u asboblari jonli 
tovushli o‘yinchoqlar sifatida har bir o‘quvchini qiziqtiradi. Chapak va bolalar 
cholg‘u asboblarida ritmik jo‘r bo‘lish, musiqaning xarakteri va obrazlarni 
chuqurroq his etishda, ularga xos emotsional tuyg‘ular hosil etish, ayniqsa, 
bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 9,63 Mb.
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish