860
bo‘lib, bular har xil harakatlar harakteristikasini aniqlab keladi. Masalan, qatʼiylik,
yechimlilik, bir so‘zlilik kabilar.
Iroda muammosi tarixiga bag‘ishlangan maxsus ishlar deyarli yo‘q. Rossiya
psixologiyasida ayni muammo bo‘yicha umumiy tahlil va obzorlar V. I. Selevanov
ishlarida va M.G.Yaroshevskiy, S.L.Rubinshteyn qo‘llanmalarida yoritilgan.
“Iroda” atamasi antik falsafada reallik sifatida tushuntirilib, Аristotelning
qo‘lyozmalarida aniq keltirilgan. Uning fikricha, bunday tushuncha, harakatning
tug‘ilishi, inson xohishlariga emas, uning bajarilishini ongli yechimini amalga
oshirilishini tushuntirish uchun kerak edi. Bilimlarning o‘zigina qo‘zg‘atuvchi
kuchga ega emas, lekin insonning real axloqiy harakatlari bilan to‘qnash kelib,
uning shunday qilishni xohlagani uchun emas, shunday qilish shart bo‘lganligi
uchun bajarilayotganiligi bizga maʼlumdir. Аristotel esa bunday xulq
initsiatsiyasini tashkil etuvchi kuchni qidirishga majbur bo‘ldi.
Uning fikricha, ongli harakatni bilim emas, boshqa kuch chaqiradi va ushbu
kuch ruhiyatning ongli qismida, ongli yechimning intilishi bilan birlashuvi orqali,
yechimga qo‘zg‘atuvchi kuch bilan taʼsir qiladi, aniqrog‘i yechimga qo‘zg‘atuvchi
kuch berish paytida vujudga keladi. Buning imkoniyati shundaki, odam xatti-
harakatini “intilish predmeti harakatga keltirib, bu orqali yechimga keladi, chunki
intilish predmeti uning uchun boshlanish hisoblanadi”.