853
izlanishlar va kata orzularga yetaklaydi. Tanqid (kritika (lot-hukm qilish mahorati)
– inson faoliyatining biror sohasiga aloqador hodisani baholash, analiz qilish. U
xatolarni topish va muhokama qilishdan iboratdir. Bu esa odatda manmanlikka olib
keladi. Boshqalar ham shu ruhda tarbiyalanganliklari uchun tanqidchining
fikrlarini qabul qilishni istashmaydi. Demak, tanqid oʻzgalarning axborot-energetik
olamiga tajovuzdir. Tanqidiy fikrlash birinchi navbatda munozara, yozma ish va
matnlar bilan faol ishlash orqali shakllanadi.
Shu bilan birga, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda quyidagi omillar muhim
ahamiyat kasb etadi:
Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. Pirson, Xansen, Gordon (1979) lar
ta'kidlashadiki, o‘z fiklarini ijod qilish go‘yo avvalgi g‘oya, tasavvur, uchrashuvlar
va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq qilishga olib keladi. Shuning uchun ham:
- fikrlarini o‘z so‘zlari bilan ifodalash;
- o‘zaro tanqidiy fikrlar almashish;
- o‘z g‘oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;
- fikrlarni muayyan g‘oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va
o‘z g‘oyalarini to‘la va aniq ifodalay olish.
Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo‘lishi uchun o‘quvchi-yoshlar ma'qul va
noma'qul narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari
lozim. O‘quvchi-yoshlar yo‘l qo‘yiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy
tahlil qilishga faol kirishadilar. Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga
asoslanadi. Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim.
Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash uchun chinakam maqsad bo‘lgan do‘stona hamda
samarali sharoitda beriladi.