Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. T: O‘zbekiston. 2017-yil.
2. Qosimova M., Matchonov M., G‘ulomova H. Ona tili o‘qitish metodikasi darslik.
2009-yil.
3. Mavlonova R., Rahmonqulova M. Boshlang‘ich ta’limda pedagogika, innovatsiya,
integratsiyasi. T: G‘afur G‘ulom. 2019-yil.
4. Omonov H.T., Xattabov M.B. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
Toshkent. 2016-yil.
870
O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLARGA HURMAT RUHIDA
TARBIYALASHDA XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARIDAN
FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Saidova Gavhar
BuxDUPI katta o‘qituvchisi
Qahhorova Abera
BuxDUPI 1-kurs magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada folklor tushunchasi, xalq og‘zaki ijodi turlari
va vazifalari, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan keltirilgan bo‘lib, alla va ertakning
ahamiyati haqida fikr va mulohazalar yuritilgan.
Tayanch soʻzlar: folklor, qadriyat, xalq og‘zaki ijodi, alla, milliy xalq
ertaklari.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek, taraqqiyotning tamal toshi
ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va
tarbiyadir. Tarbiyaning asosini esa o‘zlik va qadriyat tashkil etadi. Qadriyatlar o‘z
o‘zidan o‘tmish
, xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liq.
Ilmiy adabiyotda qo‘llanadigan
xalq og‘zaki badiiy ijodi yoki fol’klor termini xalqning uzoq asrlardan beri davom
etib kelayotgan og‘zaki badiiy ijod namunalarini o‘z ichiga oladi. Ilmiy adabiyotga
birinchi marta 1846 yilda Vil’yam Tomson tomonidan kiritilgan folklor termini
inglizcha ikki so‘zdan - «folk» «lor» dan iborat bo‘lib, xalq donishmandligi
donoligi kabi ma’nolarni anglatadi.
Xalq og‘zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha
ilgari paydo bo‘lgan va yozma adabiyotning dunyoga kelishi uchun zamin
hozirlagan. Xalq yaratgan asarlar o‘zining g‘oyaviyligi
, chuqur xalqchilligi
, til
boyligi va badiiyligi bilan ajralib turadi.U xalqning yengilmas irodasini, kelajakka
871
bo‘lgan ishonchini, haqiqat, adolat,tinchlik va baxt haqidagi tasavvurlarini yaqqol
aks ettiradi.Xalq shoirlari yoki jamoat tomonidan yaratilib, og‘izdan-og‘izga,
avloddan-avlodga o‘tib kelgan badiiy asarlar xalq og‘zaki ijodi deyiladi.Xalq
og‘zaki ijodi fol’klor deb ham yuritiladi.Xalq og‘zaki ijodiga quyidagi janrlar
kiradi: qo‘shiq, maqol, matal, topishmoq , afsona, rivoyat, asotir, ertak, latifa, lof,
lapar, termalar, doston, askiya, tez aytish,masal,allalarni o‘z ichiga oladi.
Xalq
ogʻzaki badiiy ijodi (folklor) inson nutqi shakllanishi bilan xalq ogʻzaki badiiy
ijodining qadimiy tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi. Kishilik
badiiy tafakkurining turli shakllarini oʻz ichiga olgan bu sinkretik ijod namunalari
ibtidoiy inson maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan mahkam bogʻlangan
boʻlib, qadimiy odamlarning diniy eʼtiqodiy va mifologik qarashlarini,
boshlangʻich ilmiy (empirik) bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini
aks ettirgan. Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy
hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy
tasavvurlari, inson va olamga nisbatan histuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi,
baxtli va adolatli zamon haqidagi oʻy-fikrlari oʻz ifodasini topgan.
O‘zbek bolasi tug‘ilib beshikka yotgan paytidanoq alla eshitib ulga’ayadi.
Biroz ulg‘aygach, bobo buvilarimizdan ertak, masallar eshitamiz, turli
topishmoqlar-u, tez aytishlarni aytishni o‘rganamiz. Demakki tug‘ilganimizdan
xalq og‘zaki ijodiga murojaat qilamiz. Xalq og‘zaki ijodi o‘zi nima? Xalq og‘zaki
ijodining bolaning hayotida qanday o‘rni bor?
Xalqimizning o‘tmishidan hikoiya qiluvchi va kelajak avlodni ma’nan va
ruhan komil inson qilib tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodining o‘rni
beqiyos.Xalqimizning orzusidagi dunyosini va yuksak tafakkuri mahsuli
hisoblangan xalq og‘zaki ijodi namunalarini bolalarimizni oqni qoradan,yaxshini
yomondan farqlashni o‘rgatadi.har bir shaxsni ma’naviy kamolot sari yetaklovchi
bu tom ma’nodagi merosimiz asrlar osha o‘z qadrini yo‘qotmay kelmoqda.
872
Bolajon xalqimiz eng ko‘p murojaat qiladigan Xalq og‘zaki ijodi
namunalaridan biri bu ALLA.
Allada onaning o‘z farzandiga cheksiz mehr-muhabbati, jigarbandi uchun
atalgan onalarcha cheksiz tuyg‘ulari mujassam bo‘ladi.Alla – hayotbaxsh ,
huzurbaxsh, barcha yaxshiligu, ezguliklarning debochasi, boshlanish ohangidir,
ona o‘z allasida farzandining kelajakda baxtli ,saodatli, sog‘lom,shijoatli,
qo‘rqmas,botir bo‘lib ulg‘ayishini istaydi.
Alla qaysi elda, qaysi tilda aytilmasin, eshitgan odam yuragida hasrat va
hayajon jo‘sh uradi. Alla aytmagan ona bormikan bu dunyoda?! Alla bo‘lajak
yigitga quvvat, qizga esa hayo va iffat baxsh etadi! Alla aytgan onalar millat
xotirasini asraydilar!
Hozirgi texnika rivoj topib, qo‘l telefoni, televizor, kompyuter, internet kabi
ermaklar avj olib borayotgan davrda na yoshlar van a kattalar bu haqida o‘ylashga
vaqt topmaydi. Yoshligida alla eshitmay, aqli kirar-kirmas qo‘l telefoni va
internetga yopishgan bolalardan badjahl, injiq, qo‘pol, faqat o‘zining aytganini
o‘tkazadigan xudbin bolalar chiqmasligiga kim kafolat bera oladi?..
Onaning uzun tunlar alla kuylab chiqishdan maqsadi faqat bolani uxlatish
bo‘lmay, farzandiga ezgu tilaklar tilash hamdir. Ona ham, bola ham, tabiatning
osoyishta orzular sukunatidan bahra oladi.
Allada biz, hatto рayolimizga keltirmagan boshqa bir mo‘jiza, muqaddas
qudrat bor! U go‘dak qalbiga mehr-oqibat, tantilik, insof va diyonat bo‘lib kirib
boraveradi. Quyida shunday allalardan ayrimlarini keltiramiz:
Alla bolam, alla aytay tong otguncha,
Toki quyosh kelib seni uyg‘otguncha.
Alla bolam, beshikdagi oyim bolam,
Joningga jon, og‘risa bir joying bolam.
Kechalari paypaslayman beshigingni,
873
Beshigingni o‘ng yonida eshigingni.
Alla bolam, allalarga xumor bolam,
Qoli arslon Bilakligim,
Botir, qoplon yurakligim,
Yaxshi yomon kunimda
Menga juda kerakligim
Alla bolam alla-yo
Jonim bolam alla- yo
Xalq og‘zaki ijodining yana boshqa-bir janrlari mavjudki, ularga biz
hayotimiz davomida juda ko‘p bor duch kelamiz. Shulardan yana biri ota-
bobolarimiz, ajdodlarimizning ko‘rgan kechirganlari asosida yaratilgan ertaklardir.
Farzandlarimiz uchun juda ham qiziqarli bo‘lgan ertaklarning ham turli
yo‘nalishlari mavjud.
1.Afsonaviy-sehrli ertaklar
2. Sarguzasht ertaklar
3. Hayotiy- maishiy ertaklar
4.hayvonlar haqida ertaklar
5.Xalq qahramonlari hayoti tasvirlangan ertaklar
Folkloristik termin hisoblanuvchi ertak ayrim hududlarda matal deb ham
yuritiladi.Ertaklar inson bolaligining eng beg‘ubor davrlarida doimo unga
yo‘ldosh bo‘lgan. Shunday ertaklardan ayrimlarini yodga olamiz. “ Zumrad va
Qimmat, “ Kenjabotir”, “Yoriltosh”, “Uch og‘ayni botirlar”, “Ur to‘qmoq”, “Ochil
dasturxon”.
Bolaligimizda Ertaklarni takror-takror tinglasak, undagi yaxshilik va
yomonlik, ezgulik va yovuzlikning farqini anglab yetamiz, Ertaklardagi
qahramonlarga o‘xshashga harakat qilganmiz. Shuni alohida aytib o‘tish joizki,
bolaligimizning eng tubidan joy olgan milliy xalq ertaklarimiz xalqimizning
874
o‘tmish hayoti, o‘zaro ijtimoiy munosabati, urf-odatlari axloqiy tushunchalarini
yaqqol namoyish qila olishi bilan ahamiyatlidir.
Ertaklar millatimizning badiiy tarixi va jonli san’ati deyishimiz mumkin.
Umumiy qilib aytilganda, Xalq og‘zaki ijodining har bir qirrasida birinchi
o‘rinda o‘zaro munosabatlar,insonga o‘ziga bo‘lgan ishonch tuyg‘ulari,
xalqimizning orzu va istaklari, kechinmalari mujassamdir. Ular uzoq o‘tmishning
belgilarini saqlagan holda insonlarning bugungi hayoti bilan hamohang tarzda o‘z
qadr-qimmatini yillar oshsada yo‘qotmaydi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari
bolalarimizning fikr doirasini kengaytirishda, aql idroklarini rivojlantirishda,
nafosat tuyg‘ularini o‘stirishda kata ahamiyatga ega.
|