References:
1. John Wilders. “Introduction to Romeo and Juliet”. Copyright 1978 by the
Broadcasting Corporation.
866
2. Seward, James H. “Tragic vision in Romeo and Juliet” . Washington press,
1973.
NUTQIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Roziqova Ra’no Rustamovna
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
1-bosqich magistranti
Annotatsiya. Ushbu tezisda kompetensiya, innovatsiya, texnologiya so‘zlari
mohiyati ochib berilgan. O‘quvchilar nutqini shakllantirishda nimalarga ahamiyat
berilishi haqida ayrim izohlar keltirilgan. Innovatsion texnologiyalar tarixi haqida
ma’lumotlar, ularni qo‘llashga doir fikrlar mavjud.
Kalit so‘zlar: nutq, kompetentlik, texnologiya, innovatsiya, pedagogik
texnologiya, uslub, natija.
Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa,
ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi
(Mirziyoyev Sh.M.).
Boshlang‘ich sinflarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish juda muhim
vazifalardan biridir. Bugungi kunda o‘quvchilar nutqini turli usullar bilan
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy, yangilangan darsliklarda
innovatsion texnologiyalar asosida ish olib borayotgan pedagoglarimiz talaygina.
Biz shu asosida avvalo, bu tushunchalarning mazmuniga kirib boramiz va ilmiy
jihatdan ochib beramiz. Nutq, kompetensiya, nutqiy kompetensiya, innovatsiya,
texnologiya, innovatsion texnologiya tushunchalari mohiyatini tushunmay, uni
amalda qo‘llab natija ololmaymiz.
Nutq – bu kishi faoliyatining turi, til vositalari ya’ni so‘z, so‘z birikmasi, gap
asnosida tafakkurni ishga sola olishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar, o‘z fikrlarini
his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish kabi vazifalarni bajaradi.
867
Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha
shartga rioya qilish zarur:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini
o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma
bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyatni yarata olish
hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik
to‘liq, boy va qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.
Shunday ekan o‘quvchilar nutqini o‘stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid
mashqlarning materiali haqida bo‘lib, o‘quvchi nutqi mazmunli bo‘lishi uchun
g‘amxo‘rlik qilish hisoblanadi.
3. Fikr tinglovchiga tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq yordamida
ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli
o‘stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
O‘quvchilarga til namunalarini berish, ularga yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur.
Nutqni eshitish va undan o‘z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta’lim
metodikasi asoslanadigan ongli ravishda “tilni sezish” shakllanadi.
Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish,
ya’ni, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan
foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Maktabda
o‘quvchilar nutqini o‘stirishga ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi.
Nutqni shakllantirish faqat ona tili va o‘qish darslarinigina emas, balki o‘quv
rejadagi barcha predmetlarning (matematika, tabiatshunoslik, texnologiya, tasviriy
san’at, musiqa va boshqa), shuningdek sinfdan va maktabdan tashqari olib
boriladigan ishlarning ham asosiy vazifasidir.
Kompetensiya ~ (lotincha: compete – erishyapman, munosibman, loyiqman.
U yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba, ta’lim. Kompetensiya iborasi zamonaviy
ta’limda keng qo‘llaniladigan termin bo‘lib, ta’lim, mehnat natijasini baholash,
868
ta’limning muvaffaqiyatligi, professional yo‘naltirilganlik va shu kabi masalarni
o‘z ichiga qamrab oladi. Bugungi kunda ma’no nuqtai nazaridan oxirigacha
aniqlashtirilmagan, xulosalanmagan deb hisoblanadi. Kompetentlik ~ biror bir
ishni samarali qila olish qobiliyati, ma’lum bir kasbda qo‘llaniladigan standartlar
bo‘yicha bajara olish qobiliyati. Nutqiy kompetensiya bevosita tinglab tushunish,
so‘zlash, o‘qish, yozish kabi talablardan tarkib topadi va darsga qo‘yilgan
maqsadni amalga oshiradi. Nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish qadimdan
ma’lum qoidalar, metodlar, vositalar yordamida amalga oshirilgan. Bugungi kun
yangicha yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar asosida shakllantirishni,
rivojlantirishni nazarda tutmoqda.
“Innovatsiya” so‘zi lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib “yangilik kiritish”
degan ma’noni bildiradi. Ta’limda innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion
pedagogika, innovatsion texnologiyalar, innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi
tushunchalar XX asrning 60-yillarida dastlab AQSh va G‘arbiy Yevropa
mamlakatlarida “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi e’tirof etilgan vaqtda paydo
bo‘ldi. O‘sha vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti
tashkil etildi. Innovatsion faoliyatning umumiy va alohida jihatlarini
K.Angelovskiy, G.I.Gorskaya, V.A. Kan-Kalik, S.L.Kuzmina, V.A.Slastenin,
L.M.Fridman kabi olimlar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida yoritib berganlar.
Mamlakatimizda pedagogik innovatsiyani rivojlantirish muammolari ustida
pedagog olimlardan N.Azizxo‘jayev, B.Farberman, R.Mavlonova, U.Nishonaliyev,
N.Sayidahmedov, M.Ochilovlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Innovatsiyalar
dolzarb muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha
yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim
mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi, shuningdek, umuman ta’lim
tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya ~ ma’lum bir faoliyat
maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni
yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash
869
muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi natijadir.
Innovatsiyaning maqsadi ~ sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng yuqori natija
olishdan iboratdir. Boshqa turli-tuman o‘z -o‘zidan paydo bo‘ladigan
yangiliklardan farqli o‘laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qiluvchi
mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. Innovatsion texnologiya tushunchasi ta’lim
sohasida ma’lumotlarni yangicha uslubda, yangicha metodda berib, natijaviylikni
bir necha marta oshirishni nazarda tutadi.
Texnologiya grekcha: “techne” – hunar, san’at mohirlik, uquv, usta va
“logos”-fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Innovatsion texnologiyalarni
hozirgi kunda darsda qo‘llash dars samaradorligini bir necha marta orttiradi.
Bugungi yangi bilimlarni o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirishi, tushunib amalda
qo‘llay olishi uchun barcha yangi usullarni qo‘llab ko‘rish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. O‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishda innovatsion
texnologiyalarni qo‘llab o‘quvchilar fikr doirasini kengaytirish, har bir o‘quvchini
bugungi xalqaro baholash dasturlariga muvofiq bilimga ega qilib tarbiyalashni
nazarda tutadi. Zero, zamonaviy yoshlar bizga kerak, ular bilan jahon
hamjamiyatida o‘z o‘rnimizni yaratamiz.
|