• TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA STEAM-TA’LIMINING AMALIY TATBIQI Sobirova Mahfuza Ne’matovna
  • Sharopova Mahliyo Fozilovna, Buxoro davlat universiteti Texnologik ta’lim mutaxassisligi magistranti. Annotatsiya.
  • Kalit so‘zlar
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet276/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

     
    REFERENCES: 
    1. Adnan Zaid. 2016. Using Proverbs as a Lead-in Activity in Teaching 
    English as a Foreign Language. International Journal on Studies in English 
    Language and Literature. 4(10), 
    2. Retrieved from http://dx.doi.org/10.20431/2347- 3134.0410001. 2. .Mieder, 
    Wolfgang. (2004). Proverbs - A Handbook. Westport, CT; Greenwood Press.
    3.Neuman, S. B., & Dwyer, J. (2009).Missing in action: Vocabulary 
    instruction in pre-k. The Reading Teacher, 62(5), 384-392. 
    TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA STEAM-TA’LIMINING AMALIY 
    TATBIQI 
    Sobirova Mahfuza Ne’matovna, 
    Buxoro tumani 21-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. 


    788 
    Sharopova Mahliyo Fozilovna, 
    Buxoro davlat universiteti
    Texnologik ta’lim mutaxassisligi magistranti. 
    Annotatsiya. “Texnologiya fanini o‘qitishda STEAM ta’limining amaliy 
    tadbiqi” deb nomlangan ushbu maqolada texnologiya fani darslarida STEAM 
    ta’limini joriy etish zamon talabi ekanligi, uning afzalliklari haqida ma’lumotlar 
    berilgan. 
    Kalit so‘zlar: STEAM, texnologiya, innovatsiya. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi 
    tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy 
    etish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2018-2021 yillarda 
    O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 
    chora-tadbirlar dasturi”ning II bo‘lim, 11-bandida umumiy o‘rta ta’limning yangi 
    davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga, 
    STEAM (fan, texnologiya. Muhandislik, san’at va matematika) ta’limini 
    bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni 
    bajarish uchun, avvalo, ta’lim ishtirokchilari – pedagoglar, metodistlar
    o‘quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM ta’limi yo‘nalishida o‘tkaziladigan 
    xalqaro tadqiqotlar haqida ma’lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash 
    uchun malakalarga ega bo‘lishlari zarur bo‘ladi. Hozirgi vaqtda texnologik inqilob 
    mavjud. Yuqori texnologiyali mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar 
    zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylanmoqda. Zamonaviy maktablarda 
    robot dizayni, modellashtirish va dizayn loyihalashtirish ishlari yetakchi o‘rinni 
    egallamoqda. Mamlakatimizning raqobatbardoshligini oshirish uchun ko‘proq 
    texnik ta’lim talab etilayotganligi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bugungi 
    kunda STEAM ta’limi jamiyat va davlatning rivojiga katta hissa qo‘shadigan 
    yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini bermoqda. Ma’lumki, 
    zamonaviy ta’lim tizimi, an’anaviy ta’limdan farqli o‘laroq, amaliyotda 


    789 
    o‘rganilayotgan ilmiy-nazariy va metodik uslubni kundalik hayotda qanday 
    qo‘llash mumkinligini ko‘rsatishga imkon beradigan aralash muhit hisoblanadi. 
    Bugungi kunda o‘quvchilarni robototexnika, 3-D dizayn, modellashtirish, 
    dasturlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu manfaatlarni ro‘yobga 
    chiqarish uchun mahorat va kompetentlik talab etiladi. Faqat bilish va anglash 
    emas, balki tadqiqot va ixtiro qilish ham muhimdir. STEAM ta’limi texnologiyasi 
    – nazariya va amaliyotning birlashtirilgan natijasidir. STEM ta’limining muhimligi 
    shundaki, haqiqiy fan sohasida ta’lim sifatining pastligi, moddiy-texnika bazani 
    yetarli darajada emasligi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning sustmotivatsiyasi – 
    bularning barchasi ta’lim tizimining eng katta muammosidir. Shu bilan birga
    bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan davlatimiz yuqori texnologiyalar 
    sohasidagi fanlarning turli xil ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali 
    mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi. Shu munosabat bilan, bugungi kunda 
    STEM ta’limi birinchi o‘rinda turadi. Bu esa kelajakda texnologik jarayonni 
    rivojlantirish va mamlakatimizda ilmiy va muhandislik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni 
    qoplanishiga yordam beradi. Bugungi kunda deyarli har bir kishi smartfonlardan 
    foydalanmoqda. Bizning dunyomizni texnologiyasiz tasavvur etishning iloji yo‘q. 
    Bundan keyin ham texnologik rivojlanish davom etadi va STEM ko‘nikmalari bu 
    rivojlanishning asosi bo‘lib hisoblanadi. STEM o‘quvchilarni ilhomlantiradi. 
    O‘quvchilar kashfiyotchilar va olimlar sifatida tadqiqotlar olib borishadi, 
    texnologiyalarning imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar sifatida loyihalashadi, 
    rassomlar sifatida ijod qilishadi, matematiklar kabi fikrlashadi va, albatta, bolalar 
    zavqlanib o‘ynashadi. STEM – o‘quvchining intellektual qobiliyatlarini ilmiy va 
    texnologik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan rivojlantiradi. U 
    o‘quvchilarning aniq, tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlanishiga 
    qaratilgan o‘quv dasturiga asoslanadi. STEM – olti bosqichdan iborat: savol, 
    muhokama, dizayn, tuzilish, test, rivojlanish. Ushbu bosqichlar loyihaning asosi 
    hisoblanadi. O‘z navbatida, o‘quvchilar bir jamoa sifatida barcha imkoniyatlardan 


    790 
    foydalanish, birgalikda harakat qilish, undan foydalanish ijodkorlik va 
    innovatsiyalarning asosidir. Shunday qilib, ilm-fan va texnologiyalarni bir 
    vaqtning o‘zida o‘rganish va uni qo‘llash ko‘plab yangi innovatsion loyihalarni 
    yaratishga yordam beradi. Bu loyihalarda albatta “san’at”ning imkoniyatlari 
    kengdir.

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish