961
- berilayotgan materialni o‘quvchilar idrok qilishida ushbu idrok
qilinayotgan material yaxlit tarzda namoyon bo‘lishiga;
- berilayotgan materialga ongli munosabatni shakllantirish asosida
o‘quvchida munosabat motivlarini paydo bo‘lishiga erishish;
- o‘quvchida idrok qilingan material asosida, bevosita tafakkurida abstrakt
tushunchalarni shakllantirishga;
- berilayotgan materialga nisbatan mustaqil yondashuv asosida o‘quvchida
mustaqil fikrlash xususiyatlarning shakllantirishga.
Innovatsion texnologiyalarni ta’limda qo‘llashdan asosiy maqsad talaba
shaxsida mustaqil fikrlash xususiyatiga bor e’tiborni qaratish hisoblansa, shunga
mos ravishda aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin:
- Mazmundorlik (chuqurligi, hukmga boyligi).
- Fikrlashning kengligi (keng va tor) va chuqurligi, nazariya va amaliyotning
uzviyligiga;
- Fikrlashning mustaqilligi – umumiy tajribani qo‘llay olish, shaxsiy fikrga
ega bo‘lishi, tajribaga munosabat bildirish.
- Aqlning tashabbuskorligi.
- Aqlning egiluvchanligi, vazifani standart yechishdan qochish.
- Aqlning tanqidiyligi, o‘z ishini aniq baholay olish, uni o‘lchash.
- Aqlning mahsuldorligi.
- Fikrning ketma-ketligi.
- Tafakkurning tezligi.
Bugungi kunda oliy ta’limning barcha soha va yo‘nalishlari o‘quv
jarayonlarida quyidagi ta’lim texnologiyalari qo‘llanilishi kuzatilmoqda.