FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1 Sh.M. Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” -T.: 2017.
2.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. "O‘zbekiston" 2017.
3.Mirziyov.SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. "O‘zbekiston", 2016.
OILADA AQLIY TARBIYANING ESTETIK QADRYATLARI
Muxsinova Umriya Barnoyevna,
BuxDUPI Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Siddiqova Yulduz,
1-kurs magistranti
Annotatsiya. Estetik tarbiya axloqiy, aloqiy, mehnat va jismoniy
tarbiyabilan chambarchas bog‘liqdir. Estetik va ahloqiy tarbiyaning o‘zaro
bog‘liqligi shundaki, kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa
kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishiga o‘xshab ketadi. Ota-onalarning
yuksak ijtimoiy ongi bolalarda ham shunga mos ong tarkib topishiga yordam
beradi.
Kalit so‘z: aqliy tarbiya, oila, ta’lim, tarbiya, mehnat tarbiyasi, estetika,
qadriyat.
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining
shakllanishi va takomillashuvida o‘zoro talab etadigan jarayondir. Shaxsning
estetik taraqqyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirish natijasida
yuzaga keladi. Bu har xil yo‘llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning
estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya hal
etuvchi rol o‘ynaydi. Estetik ehtiyoj-kishi borliqni, badiiy faoliyatni uning har xil
950
ko‘rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv omildir. Estetik ehtiyoj
go‘zallik to‘g‘risidagi fanning rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuquroq
o‘rganishga undaydi. Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi
borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yunaltiradi. Estetik qiziqish
estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi.
Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir. U shaxsda san’at
asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok etishni rivojlantirish, badiiy didni
shakllantirish va san’atning ma’lum turlari buyicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir. Uning natijasi fiksing paydo bulishida,
uni amaliy faoliyatda qo‘llashda, o‘z bilim va taassurotlarini qo‘sha bilishda,his-
tuyg‘ulari va fikrlarini samimiyat bilan ifodalashda namoyon bo‘ladi.
Estetika tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlarida
aks etgan, shuningdek estetik ongning paydo bulishi, rivojlanishi va vazifasi
to‘g‘risidagi qonuniyatlarni, obyektiv borliqni estetik bilishning muhim usullaridan
biridir
Go‘zallik bilan uchrashish kishida estetik his, ruhiy hayajon, beg‘araz quvonch
uyg‘otadi.
Estetik hisda idrok etilayotgan voqelikka nisbatan xudbinlik ohangi, shaxsiy
manfaat nuqtai nazaridan g‘arazli qarashlar bo‘lmaydi. N. G. Chernishevskiy bu
to‘g‘rida shunday yozadi: «Kishidagi go‘zallik hosil qilgan sezgi, odam eng yaqin
kishisi bilan uchrashganda paydo bo‘ladigan porloq quvonchga o‘xshaydi. Biz
go‘zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin kishimizni uchratganda
quvongandek zаvqlanib quvonamiz».Go‘zallik insoniyatning butun tarixiy
taraqqiyoti davomida yaratiladi va madaniy-tarixiy tajribaning bir qismini tashkil
etadi. Uning mavjudligi, obyektivligi yosh avlodga estetik tajribani sistemali
ravishda singdirish va shu orqali ularning estetik tomondan taraqqiy etishini
ta’minlaydigan estetik tarbiya nazariyasining faol usullarini ishlab chikishga
yo‘naltiradi. Bunda tarbiya va ta’lim jamiyatning estetik madaniyatini
951
o‘zlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Estetik va ahloqiy tarbiyaning o‘zaro
bog‘liqligi shundaki, kishining go‘zallikni idrok etishdan uvonishi uning boshqa
kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishiga o‘xshab ketadi. Aksincha,
go‘zallikni ko‘ra bilmaslik, undan zavqlanmaslik yomon ishlarni qilishga olib
keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, u odamni hayotdagi voqealarni,
hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi.Estetik tarbiy
mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bogliqdir. Mehnat faoliyati bolalarni
quvontiradi, ular bironta foydali ishni bajarayotib kerakli narsani yasayotib,
o‘zlarining kuch va imkoniyatlari o‘sib borayotganini sezadilar.«Go‘zallik
quvonchisiz mehnat quvonchi bo‘lmaydi,- deb yozgan edi V. A. Suxomlinskiy,-
ammo bo‘larda go‘zallik bola ega bo‘layotgan narsa emas, balki birinchi navbatda
u yaratayotgan narsadir. Mehnat quvonchi - bu turmush quvonchidir». Agar inson
estetik jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham go‘zallikni
ko‘ra oladi va uni yaxshi, zo‘r shavq-zavq bilan bajaradi. San’at uzining hissiy
ta’sir kuchi bilan kishining faqat hissini emas, fikr va irodasini ham maftun etadi,
uning tarbiyalovchi roli ham mana shunda namoyon bo‘ladi, shuning uchun u
estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya axloqiy, aloqiy, mehnat va jismoniy tarbiyabilan chambarchas
bog‘liqdir. Estetik va ahloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, kishining
go‘zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan
xursand bo‘lishiga o‘xshab ketadi.Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik, undan
zavqlanmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi
shundaki, u odamni hayotdagi voqealarni,hodisalarni chuqur his-hayajon bilan
idrok etishga majbur etadi.
Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham
go‘zallikni ko‘ra oladi va uni yaxshi bajaradi. Estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida
mustahkam bog‘lanish bor. Kishining mustahkamligi,jismoniy kamolotisiz uning
go‘zalligini tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi, harakatlarni
952
chiroyli bajarishi, musiqa ostida chiroyli harakatlar qilishi va hokazolar shular
jumlasiga kiradi.
Ko‘pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari bolalarning ijodiy
faoliyatlari, hissiyotlari, estetik tasavvurlarining o‘ziga xos xususiyatini va ulardagi
estetik tasavvur va hissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan.Bu
tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va hissiyotlarni rivojlantirishni ulardagi
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishbilan birga qo‘shib olish borish kerak, degan
xulosaga olib keldi. Estetik tasavvurning o‘ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa
turlariga qaraganda narsalarni his qilish shakli «ko‘rinadigan» va «eshitiladigan»
narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning
ko‘rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bulmay, balki uning ahamiyati muhimdir.
Estetik idrok qilishda sa eng muhimi idrok qilayotgan narsaning obrazi, uning
ifodali tomonlarini, nozik ranglarini ko‘ra bilish talab qilinadi. Shuning uchun
estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni, kuzatuvchanlikning
rivojlangan bo‘lishini talab etadi. Kishi narsa va hodisalarga go‘zallik mezoniga
asoslangan holda, alohida qadr-qiymat bilan yondoshgandagina estetik
kechinmalar paydo buladi. Estetik hislar fikrlash bilan bevosita bog‘liqdir. Estetik
kechinmalarda hap doim xayol ishtirok etadi, bu siz go‘zallikni idrok etish ham,
ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emas. Xayol faoliyat jarayonida
shakllanadi. O‘yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish xayolning ishlashini talab
etadi. Dastlabki va xayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta’sir etish natijasida
yuzaga keladi. Keyingi bosqichlarda esa ijodiy faollikning tashqi shakllaridan
sekin-asta fikrlashga utadi. Bola rasm chizganda yoki o‘ynaganda obrazni
tasvirlashdan yoki ifodalashdan oldin shu obrazni xayolida yaratadi. Badiiy
asarlarni idrok qilganda ham xuddi shunga o‘xshash voqea yuz beradiki, bolalar
asardagi qahramonlarga xayolan qo‘shilib, ularning xatti-harakatlarida o‘z
xayollari bilan qatnasha boshlaydilar.
953
Demak, estetik kechinmalar murakkab hodisa bo‘lib,hissiyotlar, xayol va
fikrning faol ishlashini, uz fikr va hissiyotlarini ifodalashga, faoliyatga ehtiyoj
turilishi kabi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
|