944
hujjatlashtirishda foydalaniladigan o‘qitishning texnik vositasidir. Bunda, stendga
o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi
kartochkalar yopishtiriladi. Mashg‘ulot davomida stenda mazkur kartochkalar
yordamida ilovalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin. Uning
afzalligi shundaki, kartochka (ilova, tuzilma, sharh) lar joylashuvini xohlagan
vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, doska-stend bilan ishlaganda
qisqa vaqt davomida barcha tahsil oluvchilarning fikr-mulohazalari va g‘oyalarini
qamrab olish va qayd etish imkoniga ega bo‘linadi. Kodoskop (grafoproektor) –
shaffof plyonkadagi tasvir (slayd) niekranga proeksiyalash uchun qo‘llaniladigan
jihoz hisoblanadi. Undan ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun,
shuningdek, guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi.
Kodoskop foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta
foydalangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin, bundan tashqarii doska
bo‘lmagan hollarda asosiy tushunchalar, g‘oyalar va natijalarni o‘qituvchi
plyonkaga flomaster yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozib ko‘rsatishi mumkin.
Tarqatmali materiallar – ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid
asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1, 2 varaq)
yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar Mashg‘ulot ishini qiziqarli
qilish imkonini berib, ko‘p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda
o‘qib chiqib muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Xulosa qilib aytadigan
bulsak, ta’lim-tarbiyaning sifati samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan
o‘tkazilayotgan mashg‘ulotning ta’lim vositalari ta’minlanganligiga va moxirlik
bilan qo‘llashga bog‘liq.