MILLIY KUYLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI
D.N. Tag‘oyeva
BuxDUPI o‘qituvchisi
Sh.A. Abdullayeva
1-MUS-21 guruhi talabasi
Annotatsiya. Maqolada milliy musiqa va uning yoshlar hayotidagi
o‘rni,uning tarixi o‘rganilgan. Hozirgi zamonda milliy musiqaning o‘rni va uni
rivojlantirishdagi prezident qarorlari va qanday qilib yoshlarga tatbiq qilish
to‘g‘risida aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: maqom milliy musiqa, djazz, zamonaviy estrada, prezident
qaror va farmoyishlari, Munojot Yo‘lchiyeva.
Hech qanday narsa musiqa kabi tez tarbiyamizga ta’sir etmaydi. Birgina
eshitishimiz orqali yurakka yaqin boradi. Musiqa bizni tarbiyamiz, kayfiyatimizga
tez ta’sir qiluvchi ruhiy hodisa. Inson ruhiyati sokinlik, quvonch va nafrat
oralig‘ida, muhabbatga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj zamirida ruhiy sokinlik
928
dolzarblik kasb etadi. Diniy, ijtimoiy omillar sabab inson ruhan va qalban taskin
topadi. Bu taskinlik musiqa orqali yanada sokinlik yoki ijobiy mativatsiya oladi.
Bugungi kunda san’atning juda ko‘p turlari bor. Masalan rep, rok ,pop
djazz va boshqalar . Bu musiqalar kayfiyatni ko‘taradi odamga quvvat beradi, lekin
bu vaqtinchalik bo‘ishimumkin.Bu musiqalar bizga quvvat bersa ham yurakni
tinchlantira olmaydi. Bugungi kunda to‘yxonalariga borsangiz, sho‘xchan rok va
zarbli tebranishlardan yurak faoliyati buzilib, qon bosimi ko‘tarilishini kuzatish
mumkin. Inson ruhan orom ololmaydi. Bunday musiqalar tarbiyamizni ijobiy
tomonga o‘zgartira olmaydi. San’atsevar insonlar uchun milliy musiqa har doim
birinchi o‘rinda turadi.
Shuning uchun muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
milliy musiqalarga katta e’tibor beryaptilar.Yangidan yangi maqom maktablarini
ochyaptilar. Milliy musiqani rivojlantirish uchun maqom yo‘nalishidagi ijod
qiladigan jamoa, ansambllar 2023-yilgacha soliq to‘lovlaridan ozod etilgan
114
.
Milliy musiqa odamni tinchlantiradi va tarbiyaviy tomonlama eng yaxshi
asarlar sirasiga kiradi. Shunday kuylarimizdan biri Tanovordir. Tanovor –(forscha
jasur,qudratli,kuchli) degan manoni bildiradi. Tanovorga chiroyli raqsni
birinchilardan bo‘lib 1943-yil M. Turg‘unboyeva ijro etgan. M.Turg‘unboyeva
ijrosida kuy nafosati go‘zallik va orom baxsh etganligini ko‘rish mumkin. Bu
raqsni u yurakdan ijro etgan. Bu raqs o‘zbek qizining sevgilisi bilan uchrashishi va
visolga yetishishi muqarrar ekanligi o‘sha davr qizlarining ibo-hayosi uyalishlari
nozlari ko‘rsatib berilgan .
O‘z davrining shoh asarlaridan biri bo‘lgan Tanovor
asarida:
Sayqal ishqing jonlar tandadur jon-jonay
O‘zim har joydaman ko‘nglum sendadur-ey jon-jonay
satrlarida yorga muhabbat ollohga muhabbati ko‘rsatilgan o‘zi har joyda bo‘lsa
ham ko‘ngli ollohda yoki onasi, yorida bo‘lishi aytilgan . Kimdir bu satrlarni o‘qib
114
PQ3391-son 17.11.2017.O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora -tadbirlari to‘g’risida.
929
ollohni kimdir onasini yana kimdir boshqa narsani eslar. Bu odamning niyatiga
bog‘liq. Go‘zal satrlar ostida yashiringan mazmun Shoir chiroyli qofiyalar bilan
shunday go‘zal satrlarni yozgan. Shu kabi go‘zal kuylarni XIX-XX asrlarda to‘y
marosimlar, bayram tadbirlarimiz “Tanovor”, laparlarsiz yoki yor-yor,
o‘lanlarimizsiz o‘tmas edi. Afsuski, XXI-asrga kelib biz milliy musiqamizni emas
balki chet el estradasi, djazz, zamonaviy yo‘nalishdagi musiqalarni tinglaymiz.
O‘zimizni milliyligimizni bildirib turadigan milliy musiqalarni kam eshitamiz.
Milliy musiqa odamga huzur bag‘ishlaydi, ruhan tinchlanadi. Xo‘sh, aytingchi
djazz, chet el musiqalari bizni tarbiyalay oladimi? Ruhan tinchlantiradimi? Oddiy
tajriba bilan sinab ko‘rsak, hozirgi to‘y marosimlarga borsak zamonaviy
musiqalarni eshitamiz, marosim tugagandan keyin miyyamiz g‘ovullab
quloqlarimiz yopiladi. O‘zimizni charchagandek his qilamiz. Milliy musiqani
qanchalik baland qilib qo‘ysak ham eshitishdan quloqlarimiz charchamaydi. Unda
nega yoshlarimiz milliy musiqani kam eshitishyapti? Yoshlarimizning aksariyati
zamonaviy musiqani eshitishadi. Bunda ota-onalarimizning ham aybi bor. Ona
vujudida jajji farzandini ko‘tarib, unga ilk tarbiya berishga tayyorlanadi. Farzand
dunyoga kelganidan keyin, ona oldida dolzarb vazifa turadi. Ona barkamol
xotirjam, sokin muhitda farzandini go‘zal fazilatlar orqali kamol topib o‘sishini
xohlaydi. Ona farzandiga Alla aytish orqali farzandiga musiqaga ilk muhabbatini
uyg‘otadi. Sokin kuy va ona so‘zi bilan ilk bor go‘dak orom olar ekan uning ruhi
taskin topadi va shirin uyquga ketadi. Ona o‘z allasida farzandiga qalb qo‘rini,orzu
istaklarini, kelajak rejalarini kuylab beradi. Qadimdan momolarimiz juda dono,
oqila ayollar bo‘lganligini o‘sha davrda aytilgan alla satrlaridan ham bilsak bo‘ladi.
Hozirgi onalar alla aytib biladimi? XXI asr chaqaloqlarining hammasi ham
alla eshitishdimi? Alla onaning dilidan chiqadi. Agar allada chin yurakdan duo
qilib alla aytilsa albatta ijobat bo‘ladi. Ammo, ayrim zamonaviy onalar allani
telefondan qo‘yishadi. Qanday qilib milliy kuylarning mazmun mohiyatini
930
tushunsin . Onaning yuragidan chiqqan so‘zlarni bizga hech qachon telefon yoki
boshqa narsa bera olmaydi.
Shuning uchun bolani yoshligidan milliy urf-odatlar va milliy kuylarni
tinglashni o‘rgatishimiz kerak. Bunda avvalo o‘zimiz milliy kuylarni ko‘proq
tinglab uni mazmun mohiyatini tushunmog‘imiz darkor. Milliy kuy o‘zimizni
o‘zligimizni ko‘rsatib beradi. Shuning uchun muhtaram prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning maqomni rivojlantirish uchun 2019-yil 26- fevralda “Xalqaro
maqom san’ati anjumani o‘tkazish to‘g‘risi”dagi farmoyish e’lon qilindi.
Farmoyishga muvofiq 2019-yil 1-apreldan boshlab Respublika va jahon miqyosida
anjuman targ‘iboti tashkil etildi. Xalqaro maqom san’ati anjumani O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yl 17- noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom
san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan
Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan. Shunday
sharoitlarga qaramasdan ayrim yoshlar milliy musiqani kam eshitishadi. Milliy
musiqa kam eshitishimiz milliy qadriyatlar va milliyligimizni yo‘qolib borishidan
dalolat beradi. Nega bobo-buvilarimizga hozirgi estradamizning ayrim musiqalari
yoqmaydi? Chunki hozirgi estradamizning ayrim musiqalarida mazmun mantiq
yo‘q, so‘zlari bir-biriga mos kelmaydi. Afsuski, estradamizning ayrim musiqalari
talabga javob bemaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan o‘zbek milliy musiqani
rivojlantirayotgan va chet davlatlarga tanitayotgan shaxslardan biri Munojot
Yo‘lchiyevadir. U milliy kuy va maqom san’atimizni chet davlatga tanitayotgan
shaxslardan biri. Sharq taronalari 1-xalqaro festivalida maqom ijro etib 1- o‘rin
sohibasi bo‘lganlar. Milliy kuylarni ijro etganlari uchun qanchadan-qancha
mukofotlar sohibasi.
Musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim omili sifatida shaxs shakllanishiga
kuchli ta’sir etadi. Oilada, bog‘chada, maktabda musiqa mashg‘ulotlarini
maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va
san’atni to‘g‘ri tushunishdagi samarali yo‘ldir. Musiqa inson his-tuyg‘ularini, orzu-
931
umidlarini, xohish-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-
tuyg‘ulariga faol ta’sir etadi. Musiqa ham fan, ham san’atdir. U fizika va
matematikaga asoslanadi, bu fanlar musiqani fanga aylantiradi. Lekin musiqa
asariga shu fanning turg‘un tushunchasi sifatida qarab bo‘lmaydi. Chunki musiqa
har doim rivojlanib turuvchi jonli san’atdir. Musiqa san’ati inson hayotining ilk
yillaridanoq uning hayotiy hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga
salmoqli hissa qo‘shadi. Musiqa inson umrining doimiy yo‘ldoshi. Stendalning
aytishiga ko‘ra, musiqa – san’at turlari ichida insonning yuragiga chuqur kirib,
uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir. “Musiqa san’atning ifodali turi
tizimiga kiradi. Musiqa ham voqea- hodisalarni ifodali aks ettiradi. Ammo u
me’morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o‘lchovlari bilan belgilanmaydi.
Musiqa ko‘rish orqali emas, balki eshitish vositasida idrok qilinadi. Musiqa mavzui
o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarni qamrab
ololmaganligi uchun, eng avvalo, inson ichki ma’naviy dunyosini, uning tuyg‘u va
kayfiyatini ifodalaydi... musiqa voqelikning his-tuyg‘uli qiyofasini yaratadi”.
5
Musiqa kayfiyat holatini ifodalashda keng imkoniyatga ega. Inson kayfiyati
murakkab hissiyot bo‘lib, u hech narsa bilan bog‘lanmagan. Kayfiyat
umumlashgan xususiyatga ega bo‘lib, undan ikkilamchi tomonlar chiqarib
tashlanadi va insonning voqelikka bo‘lgan tuyg‘u munosabatini belgilaydigan eng
muhim tomonlari ajratib olinadi. Musiqaning kuch-qudrati shundaki, u shodlanish,
qayg‘urish, hayol surish, bardamlik, jasurlik, tushkunlik va shunga o‘xshash inson
ruhiy holatlarini xususiy va umumiy tarzda o‘zaro bog‘liqlikda, bir-biriga singib
ketishida namoyish qila oladi.
Milliy musiqa odamni tinchlantiradi. Keyin bola maktab yoshiga yetganida
maktabga boradi. Maktablarda ham musiqa fani o‘qituvchisi maqom nima? Milliy
musiqa kuylagan san’atimiz darg‘alari haqida har dars 2 daqiqa vaqt ajratsa
bolalar oltin merosimiz bo‘lgan “Shashmaqom” va boshqa milliy musiqalarni
tarixini oz bo‘lsa ham biladi. Oliy ta’limda ham har xil ko‘rgazmalar va tadbirlar
932
orqali milliy musiqani yoshlarga tatbiq etish uni rivojlantirishga ozgina bo‘lsa ham
hissa qo‘shgan bo‘lamiz
Hozirgi davrdan kelib chiqib milliy musiqani rivojlantirish uchun maqom va
milliy kuylarni video rolik taxlab ijtimoiy tarmoqlarga qo‘ysak bo‘ladi. Milliy
musiqani kuylagan xonanda va sozandalarni hayoti va uning ijodini ommaviy
axborotlar orqali ko‘rsatishsa yoshlarga milliyligimizni tatbiq etgan bo‘lamiz va
shunday oltin merosimizdan hamma bahramand bo‘ladi. Insha olloh bizning milliy
musiqamiz dunyodagi eng zo‘r musiqalar qatorining birinchi o‘rinida turadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, dunyoda musiqachalik hech bir
narsa bizning qalbimizga tez kirib bormaydi.Musiqa insonni tarbiyalaydi, uni
ruhan tinchlantiradi. Musiqani tarjima qilish shart emas uni yurakning o‘zi
tanlaydi. Yurakning o‘zi milliy musiqani milliy qadriyatlarni tanlasa, bu jism
sog‘lom, ruh pok, yuksak ma’naviyat sohibi ekanligimizning nishonasi bo‘ladi.
Demak, milliyligimiz o‘lmaydi, u shu tan va ruhda barqaror yashaydi.
|