TALABALAR FUQAROLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
TIZIMIDA NUTQ MADANIYATI, MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH,
ADOLATLILIK
A.N.Abdullayev
BuxDUPI Harbiy fakultet
O‘quv bo‘lim boshlig‘i-katta o‘qituvchisi
O‘zbekistonning to‘la mustaqil bo‘lishida fuqarolarning ruhiy va fikriy
mustaqilligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham jamiyat a’zolarini,
ayniqsa, yoshlarni mastaqil fikrlay olishga o‘rgatish bugungi kunda o‘ta dolzarb
masala bo‘lib turibdi. Yoshlarni tashabbuskor kishilar sifatida tarbiyalash, ularni
nostandart fikrlaydigan fuqaro sifatida tarbiyalash ta’lim tizimi alohida o‘rin tutadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning: ”Yoshlarimiz
mustaqil
fikrlaydigan,
yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqiyosida o‘z
933
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi,
baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini
safarbar etamiz”, - degan fikrlari ham mustaqil O‘zbekistonimiz yoshlarini erkin
fikrlashni tarkib toptirishga qaratilayotgan e’tibordan darak beradi [1, 14]. Erkin
fikrlashga o‘rgatish zarurati qolaversa, mustaqillikni mustahkamlash ehtiyojini
ko‘zlab, ruhimizga singib qolgan mute’lik, jur’atsizlik kabi illatlarni tugatish,
shuningdek ser’andishalik, kattalarga ko‘r-ko‘rona itoat qilish, sabr-toqatlilik kabi
fazilatlarni ongidan chiqarish lozim bo‘ladi. Mustaqillik sharofati ila erkinlik,
Vatan, millat, davlat oldida mas’ullik, ma’naviyatga intilish, shaxsiy fikrga ega
bo‘lish singari bobokalonlarimizdan o‘tib kelayotgan fazilatlar qayta jumbushga
kela boshladi. Bu holatni ta’lim-tarbiyaga bevosita aloqador shaxslar hisobga olib,
tarbiyalanuvchiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartira boshladilar va ta’lim
jarayonining pirovard maqsadi – erkin fikrlash va ma’naviyat ekanini tushunib
yetdilar.
Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron
xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib
etish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan birgalikda etilgan. Ma’naviyat insonga ona
suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati
shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi.
Tabiatga yaqinlik, jonajon o‘lkaning benihoya go‘zalligidan bahramand bo‘lish
ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni
tanitadi. Shaxsni esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat – tarbiyadan
boshlanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo‘lmasligi barchaga ayon
haqiqatdir [2].
Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, huquqiy
madaniyatini qaror toptirish – fuqarolik jamiyatining asosiy talabi sanaladi.
Fuqarolik tuyg‘usini qaror toptirish murakkab jarayon. Bunda dastlab insonga
yoshlikdan fuqarolikning mohiyati va me’yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar
934
beriladi, fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar singdiriladi, bu xildagi
xatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so‘ngra faoliyat uyushtiriladi.
Darhaqiqat, huquqiy ta’lim-tarbiya o‘zaro bir-biriga bog‘liq jarayon bo‘lib,
shaxs fuqarolik madaniyatini shakllantirish asosi hisoblanadi. O‘quvchilik
davridan boshlab ularga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy
munosabatlar mohiyati to‘g‘risida oddiy, sodda, tizimlangan bilimlarni berib
borish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi.
Fuqarolik madaniyati talabaning ijtimoiy-siyosiy faolligi, madaniy-ma’rifiy
tayyorgarligi, ruhiy-individual sifatlaridan iborat bo‘lib, u mustaxkam ijtimoiy-
siyosiy bilimlarga ega bo‘lish, madaniy ko‘nikma va malakalar birligiga
erishish, fuqa r o li k hu qu ql ari , mu n o sab at la ri ni eg al l ash, j a m i y a t
t o m o n i d a n
q a b u l
q i l i n g a n
f u q a r o l i k
kodeksi,
qoida
va
prinstiplariga kundalik hayotda rioya qilishga, oilada, maxallada,
jamiyatda insoniy xulq-odob, intizomi asosida faoliyat ko‘rsatish, mamlakatni,
millatni ravnaq toptirishga o‘z xissasini qo‘shish, mas’uliyat, iymon,
e’tiqod kabi fazilatlarga ega bo‘lib, insonparvarlik, vatanparvarlik, intelektual
salohiyatni o‘zida tarkib toptirish demakdir.
To‘g‘ri, aniq, ifodali va shirin so‘zlash har qanday shaxsn in g
fa o liy a tin i u nu ml i q il ad i. S o‘z ni to‘ g‘ri q o‘ ll a sh , u ni ng o‘ziga xos
mezonlari va me’yorlariga rioya kilish, nutqda maqollardan, ibratli so‘zlardan
unumli va o‘rinli foydalanish so‘zlovchi fikrlarining tinglovchiga aniq etib
borishini ta’minlashi bilan birga insonlarda xushmuomalalik va muloyimlikni
tarbiyalaydi. Shu bois oliy o‘kuv yurti talabalarining bo‘lajak mutaxasis
sifatida nutq madaniyatini yuqori darajada egallashi ularda fuqarolik madaniyati
shakllanishi uchun zamin tayyorlaydi, Zero, nutq fuqaroning madaniyat ko‘zgusi
sifatida, insonning ko‘rki, akl-zakovati, nafosatini ziynatlaydi.
Shuning uchun ham nutq madaniyati jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish,
talaba-yoshlarda aql, idrok, ong, tafakkur, iroda, bilim, adolatni shakllantirishda
935
muhim vosita xisoblanadi. Zero, til, so‘z, tafakkur nutq shaklida namoyon bo‘lib
fukarolar o‘rtasida muomala munosabatini o‘rnatish va shu asosda insonlarda
xushmuomalalik, shirinso‘zlik, ezgulik, donolik, notiqlik, bilimdonlik. xulq-
atvor kabi fazilatlarni kamol toptiradi. U talabalarda fuqarolik madaniyatini
oshirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati talabaning madaniy saviyasi bilan
bog‘liq holda, so‘z boyligi, lug‘at boyligi orfografiya, grammatika,
orpoepiya, nutq uslublarining o‘ziga xos xususiyatlari va me’yorlarini yukori
darajada, bo‘lishini talab qiladi.
Talaba uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi,
fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi,
shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni
tarbiyalab boradi. Talabada o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy
tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy
sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun talaba o‘z oldiga
muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi,
o‘qib-o‘rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr
bo‘lib shakllanadi.
O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan
to‘laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta
o‘zlashtirishga erishish talabaga etuk mutaxassis bo‘lishi uchun poydevor yaratadi.
Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liq. Shu bois milliy dasturda talaba
va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Talaba kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi
uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma’naviyatga
ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi. Respublika ta’lim tizimida davlat va
jamiyat talabaning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi uchun
etarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oluvchi
sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi.
936
Fuqarolik madaniyati insonning ma’naviy etukligi va ma’naviy ta’lim-tarbiya
ko‘rganligini anglatadi. Shu sababli talaba fuqarolik madaniyati ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot uchun, xususan fuqarolik jamiyati uchun e’zozlidir. Zero, fuqarolik
madaniyati talabadagi insoniy fazilatlarni, qadr-qimmatni, iymon-e’tiqodni
oshiruvchi ta’lim-tarbiyaning mevasi va aql suyanchig‘i sifatida vatanga,
jamiyatga, mehnatga tilga, urf-odatga, tarixga bo‘lgan munosabatlarda, xatti-
harakatlarga, xulq-me’yorlari va qoidalarda ifodalanadi.
Fuqarolik madaniyatini shakllantirishda suhbat, munozara, trening, ma’ruza,
bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollariga javoblar olish kutilgan
natijani qo‘lga kiritishga yordam beradi.
Fuqarolik madaniyatining tamal toshini tashkil etgan vatanparvarlik va
milliy o‘zlikni anglash fuqarolik madaniyati tizimida muhim mezon
hisoblanadi. Yoshlar ning ajdodlari ruhiga, o‘zining kindik koni to‘kilgan
muqaddas dargohga hurmat hissini tarbiyalash, shu dargohga fidoyiligini,
vatanning har bir qarich tuprog‘ini muqaddas bilib uni ko‘z qorachig‘iday
asrash lozimligi haqida ma’lumot berilsa, ularda milliy o‘zlikni anglash ona
tili ona-Vatan tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlarini asrash, milliy axloq-
odob, milliy his-tuyg‘u, urf-odatlardan g‘ururlanish kabi insoniy
fazilatlar shakllanishiga turtki b o‘ladi, yoshlarning barkamol fuqaro
bo‘lib shakllanishiga yordam beradi. Ularni jamiyat k on unl ari g a h ur ma t
k o‘ zi b il an qara sh , ul ar nin g ij ti mo iy n e’ ma t ekanligini anglash, obro‘-
e’tiborini qadrlashni tushunib etish, ularga nisbatan ongli munosabatda
bo‘lish, qonunlarni mukammal o‘zlashtirish, barcha moddalariga itoat
qilish, ularni og‘ishmay bajarish, qonunbuzarlikka murosasiz bo‘lishiga
odatlantirib borish kerak. Bu esa o‘z navbatida xalq, millat, Vatan oldidagi
burchini tushunib etishida ko‘maklashadi. Pedagogik jarayonda huquqiy ta’lim-
tarbiyaning samaradorligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Talabalarning
huquqiy jihatdan tarbiyalanganligi quyidagi holatlar bilan o‘lchanadi:
937
Shaxsda huquqiy sifatlarni qaror topishi uning ijtimoiy – huquqiy
munosabatlar jarayonidagi ishtiroki darajasi va sifatiga bog‘liq. Doimiy ravishda,
maqsadli tarzda huquqiy munosabatlarga kirishish talabada huquqiy madaniyat
unsurlarining shakllanishiga olib keladi. Shu bois jamiyat mafkurasi, ijtimoiy
tuzumda qaror topgan huquqiy munosabatlar mazmuni, uning g‘oyalari yoshlar
huquqiy madaniyatini shakllantirishda etakchi o‘rin tutadi. Huquqiy tarbiyani
tashkil etish davrida yoshlar faoliyati mazmunini tahlil etish, ularda o‘z
faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shuningdek, o‘z
faoliyatlarini real baholashga o‘rgatib borish talab etiladi.
Har bir pedagog ta’lim bilan tarbiya birligiga ta’lim berib tarbiyalash va
tarbiyalab ta’lim berishga jiddiy e’tibor berishi lozim.
Xususan, yoshlarga huquqiy tarbiya berishda, ularda yuksak fuqarolik his-
tuyg‘ularini, sifat va xislatlarini tarkib toptirishda ta’lim va tarbiya birligi muhim
ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’limda o‘qitiladigan har bir fanning o‘ziga xos
tarbiyaviy ahamiyati va imkoniyatlari bor. Ana shu imkoniyatlardan o‘z o‘rnida
to‘g‘ri foydalanish o‘qituvchining bilim, tajriba va mahoratiga, ijodiy ishlashi,
izlanishiga bog‘liqdir.
Zero, jamiyat tizimi, uning amal qilishi uchun asos bo‘lgan g‘oya va
qarashlar o‘z navbatida huquqiy g‘oya va qarashlarning vujudga kelishida, hamda
shaxs fuqarolik madaniyatining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
|