Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning davlat talablari asosida egallashi
lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yilgan minimal talablarni
amaliyotga qo‘llash (metodik qo‘llanma). – Toshkent: Ma’rifat-Madadkor, 2003,
27 bet.
2.Mahkamov U.I. O‘quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish
muammolari. –T.: fan, 1995-2000 b
3.Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi.–T. :O‘qituvchi,
1996. – 192 b.
4.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T. : O‘zbekiston,
2000. – 80 b.
OILADA XALQ OG‘ZAKI IJODIGA QIZIQTIRISH ESTETIKASI
Muxsinova Umriya Barnoyevna,
BuxDUPI Maktabgacha ta’lim kafedrasi
o‘qituvchisi
Xalq og‘zaki ijodi namunalari ham bolani ma`naviy, axloqiy, aqliy, estetik
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etibgina qolmay, ularni zukko, hozirjavob
bo‘lib etishishiga ham ta`sir etuvchi vosita hisoblanadi. Xalq og‘zaki ijodi, ertak,
xalq qo‘shiqlari, latifa, maqol, topishmoq, masallar kabi janrlari rang - barangdir.
Ularning o‘nlab turlari borki, ulardan bola tarbiyasi jarayonida oqilona
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aynan shu maskanda o‘zaro hurmat, mehr-o
qibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, sonparvarlik kabi oliy
darajadagi kadriyatlar shakllanadi, avloddan-avlodga yetkziladi. Shu sifatlar ona
suti, oila a’zolari mehri va namunasi bilan bola xul qi, hatti-harakati mazmuniga
singib boradi.
954
Darhqiqat, Prezidentimizning «Tafakkur» jurnali bosh muharririning
savollariga bergan javoblarida «g‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fa qat
fikr, jaholatga qarshi fa qat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin»
degan fikrlarini oila tarbiyasining metodologik asosi sifatida qabul qilish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunni ham oila
ishtirokisiz amalga oshishi mumkin emas. hayotning o‘zi ta’lim tizimi oldiga yosh
avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida barkamol qilib
shakllantirishni har bir ota-ona, pedagog, jamoatchilik oldiga qo‘ymoqda. Shuning
uchun respublikamiz fu qarolari oldida turgan endigi vazifa ta’lim-tarbiya tarixini
oila davrasida qunt bilan o‘rganish, unda olg‘a surilgan ilg‘or g‘oyalardan
bahramand bo‘lishdir. Chunki o‘zbek diyorida dunyo ilm-fan xazinasiga beadad
ulush ko‘shgan al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, al-Forobiy, ibn Sino,
az-Zamahshariy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Bahouddin Na qshband, Xoja Ahmad Yassaviy
kabi allomai zamonlar yashab ijod etganlar. Ular qoldirgan madaniy merosni
o‘rganish har bir oila a’zosi uchun ham farz, ham qarzdir.
Tarixchilarning yozishicha, Temurbek bolalik va yoshlik choglaridayo q,
bugungi kun tili bilan aytganda, xarbiy-sport o‘yinlari va mashgulotlari bilan jiddiy
shug‘ullanib, badani va ruxini chini qtirgan. Agar jismoniy tarbiyani otasiga
xizmat qilgan maxsus navkar-murabbiylardan olgan bo‘lsa, ruhniy tarbiyani
otasining piri bo‘lmish Shayx Shamsidsin Kulol dargoxida egallagan.
Bolaligidayoq o‘zini buyuk ishlarga hozirlagan Amir Temur farzandlari va
nabiralarining tarbiyasini ham bir lahza bo‘lsada, nazaridan qochirmadi. Ulug‘
hukmdor uz hg‘illari va nabiralariga eng avval jangu jadal mashaqqatlariga chidam
berishga qodir kuch-kuvvat va jasorat, shuningdek, saltanatni bosh qarish uchun
talab etilgan ilmu donish soxibi bo‘lishlarini talab etardi.
955
Amir Temur o‘z davrining ma’rifatli kishisi, o‘tmishning ma’naviy
saboqlaridan yaxshi xabardor inson sifatida sog‘lomlik faqat jismoniy kuch-quvvat
emas, balki olijanob insoniy fazilatlar uygunligiga erishmoq ekanligini ham yaxshi
anglagan. U, barloslarning ulug‘ amirlaridan bo‘lmish padari buzrukvori, muarrix
Sharafiddin Yazdiy ta’biri bilan aytganda, "ulamo va sulaho va muttakilarga
mushfiq va mehribon" Muxammad Tarag‘aydan olgan saboqlarni bir o‘mr
unutmadi. Muxammad Tarag‘ay o‘z farzandini mardlik va farosatlik, qattiqqo‘llik
va mehr-oqibat ruhida voyaga yetkazdi. Agar Amir Temur buyuk saltanatga asos
solgan bo‘lsa, bu sharafga mana shu yuksak tarbiya oqibatida erishgan.Sohibqiron
farzandlarida uch xislat mujassam bo‘lishini istardi. Eng avvalo, insonparvarlik,
so‘ng mushoxadalik va nihoyat, oqibatlik — bosiqlik. Insonparvar odamgina saxiy
bo‘lishi mumkin. Mushoxadali, bosiq odamgina jan-gu jadalda xatoga yul
qo‘ymaslikka, ulkan saltanatni boshqarishga qodir. Kimki jasur bo‘lsa-yu, in-
sonparvar bo‘lmasa, jismonan baquvvat bo‘lsa-yu, mushohadalik bo‘lmasa, dono
bo‘lsa-yu, bosi qlik bo‘lmasa, unday odam komil inson bulolmaydi, unday odam
bosh qalarni ham, o‘ziniyam xalok etadi. Kimki ra qibi bilan olishgandayam
insonparvarlikni
unutmasa,
u
albatta
yengadi.
"Siyosatda
maslahaat,
mulohazakorlik, uylab ish qilish qilich kuchidan o‘n karra foydaliroqdir", deb
ta’kidlaydi ulug‘ Sohibqiron bobokalonimizning farzandlari va avlodining qanday
fazilatlarga ega bo‘lish bilan bog‘li q istaklarini bilish uchun avvalo "Temur
tuzuklari"ni varaqlaylik. Uning dastlabki sahifalaridayo q shunday fikrni u qiish
mumkin: "Tajribamda kurilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat soxibi, azmi
katiy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, lo qayd kishilardan
yaxshidir". Bu hikmatda bobomizning sog‘lom
va komil inson xususidagi
tushunchasi, ya’ni yetuk insoniy fazilat va xususiyatlarga ega insongina mamlakat
tayanchi bo‘la oladi, degan mushoxadasi mujassamlashgan, deb uylayman. Bosh
qa bir o‘rinda Sohib qiron " qat’iylik, sabr-chidamlilik, sog‘ligu sergaklik,
956
extiyotkorlik va shijoat" sohibi bo‘lgan inson har kanday masha q qatli ishni
amalga oshirishga qodir, deb ta’kidlaydi.
Sohibqiron bobomiz harbiy safarlarga farzandu nabiralarini birga olib ketardi.
Bundan ko‘zlangan birinchi murodi avlodlari suyagini jangu jadallar, uzoq va
mashaq qatli yo‘llarda chini qtirish bo‘lsa, ikkinchi ma qsadi farzandu nabiralari
o‘z avlodlari qo‘lida tarbiyalansa, erka va tanti q bo‘lib ulg‘ayadilar, degan
fikrdan kelib chi qib
,
ularni onalarining orti qcha mehru- muhabbatlaridan asrash
edi. Zero, asalning ko‘pi zarar, me’yorda bo‘lsa, foydali ekanligi to‘g‘risida
o‘tmish donishmandlari ko‘p naql etganlar.
“Mening farzandlarim tantiq bo‘lmasliklari kerak!— derdi Amir Temur. —
Tantiqlik irodasizlikni paydo qilgay. Farzandlarimni erkalaydigan yer kurash
maydoni bulsin. Arg‘umo q ila qilich ularning jonajon dusti, mardlik ularga ustoz
bo‘lsin!”(2.6;21)
Mana shu niyatda jahongir avlodlarining jismoniy tarbiyasini itoatidagi eng
tajribali va taniqli pahlavonlarga ishongan bo‘lsa, farzandlarining ruxiy dunyosiga
sayqal berishni oqila malika — asli ismi Saroymulkxonim, xon avlodi bo‘lgan,
murg‘aklikdan hukmfarmonlik va bahodirlikdan sabo q olgan — Bibixonimga
ishongan edi. Qolaversa, malika har doim safardayam, jangu- jadaldayam va
dorulsaltanatdayam hukmdorga hamroh, bo‘lardi.
Yetti iqlimdan yig‘ilgan san’at va adabiyot ahli tufayli dorulsaltanat Samarqand
havosida she’r va musiqa nafasi hukmron edi. Mana shu muhit, malika
rahbarligidagi muallimlar sabog‘ini olgan shahzodalar she’r va san’atga yaqin
kishilar bo‘lib voyaga yetdilar. Hazrat Navoiy o‘z asarida yigirma ikki temuriy
shadzoda (Xalil Sulton, Mirzo Ulug‘bek, Boysun qor mirzo, Abul qosim Bobur,
Sulton Mas’ud Shoh Barib Mirzo, Abdullatif Mirzo, Xusayn Boy qaro va bosh
qalar) she’r va musiqaga oshno bo‘lgani tilga olinadi.
O‘rta Osiyoda ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlar tarixini o‘rgangan har bir
fuqaro o‘zining bilim saviyasi, dunyo qarashini o‘stiribgina qolmasdan, balki
957
o‘zligini anglashga, haqi qiy vatanparvar bo‘lib shakllanishga muyassar bo‘lishi
tabiiydir.
Mana hozir mahallalarga juda katta e’tibor berilyapti. Mahallada hamma bir-
birini biladi, bir-biriga ko‘z- qulok, bo‘lib yashaydi. Keksa o qso qollar, bama’ni
odamlarning yoshlarga ta’siri hammamizga ma’lum. har bir mahallada shunday
odamlar borki, ularsiz na to‘y, na ma’raka o‘tadi. Shunday vo qealarning guvohi
ham bo‘lamiz. hatto janjallashib yoki kelisholmay turgan qo‘ni- qo‘shnilar
«falonchi aka kelyapti» yoki «falonchi akani cha qirib kelish kerak» deyilsa, o‘z-
o‘zidan jimib qolishadi. Shu ma’noda oiladagi keksa ota-onaning fayzi be qiyos
ekanligini ta’kidlash lozim. Bir necha oila bo‘lib, bir qozondan ov qatlanish, ota-
ona izmidan borib kam bo‘lmagan farzandlar son-siz-sano qsiz. Lekin oxirgi
paytlarda bitta otasi yoki onasini chi qishtirmagan, ularning «orti qchaligi» sezilib
qolayotgan oilalar uchramokda, keksa ota yoki onaning kuzi tirikligida uyga ajoyib
bir tarovat tar qatib turishini faqat ulardan judo bo‘lgandan keyingina his qilinadi.
Yoshlar mustaqil turishni sevadilar. Ayniqsa, bu niyat kelinlarda kuchli bo‘ladi.
o‘zi beka bo‘lib, eri topganiga bilganicha va istaganicha xo‘jayinlik qilishni
sevadilar. Goho xotinining bunday nag‘malariga uchib, qulog‘im tinchisin degan
ma’noda ajralib chi qib ketadigan, ota-onasidan habar olmay qo‘yadigan yoshlar
ham bor. Buna qa ishlar nainki milliy urf-odatlarimiz, odobimiz, balki
umuminsoniy qadriyatlarga ham to‘g‘ri kelmaydi. Mehr ko‘zi ko‘r bo‘lgan
insonning jamiyat va jamoa uchun ham qalbi berk bo‘ladi. Opa-singil o‘rtasidagi
bir meros janjalini misol keltirmokchiman. Ota-ona tirik paytida chi qib ketgan opa
ular olamdan o‘tgach, singlisining boshiga ming g‘avg‘o solib meros talashib
yuribdi. Kichik qiz eri bilan ota-ona uyiga ko‘chib kelib ularni oq yuvib, o q
taradi. Kasalligida boqdi, o‘lganda ko‘mib, barcha ma’rakalarni o‘tkazdi. hovli-
joyni odamshavanda qildi, yangi xonalar qo‘shdi, mahalla ahli va qarindosh-
urug‘larning duosini oldi. Katta opa esa ona o‘limidan sung hovlining yarmiga
da’vogar bo‘lib, singlisining boshida yong‘oq chaqib yuribdi. hatto singlisining
958
«opajon, oramizga sovu qchilik tushmasin, mayli, kuyovingizni ko‘ndirib, amal-
taqal qilib biroz pul bera qolaylik, axir biz jigarmizku, oldingizda yolg‘iz
o‘g‘lingiz bor, vag‘ti kelib biz ham qarab turmasmiz» degan iltijolariga «yuq, men
uyni sotib, yarim pulini olaman» deb oyog‘ini tirab olgan opaning axlo qiy, insoniy
qiyofasini qanday tasavvur etish mumkin? Mol-dunyo deb, tekin meros deb mehr
bulog‘i kanizaga zahar sochayotgan, o‘z jigarbandini qonqaqshatishdan
uyalmaydigan kimsalarni ko‘rib nafratingiz oshmaydimi? Axir xal qimizda ota-
onalar, aka-ukalar, opa-singillar, qarindosh-urug‘lar o‘rtasida shunday mulo
qotlar, samimiyatlar borki, ular hikoya qilinsa, bosh qalar ishonmasligi mumkin.
Nahotki ana shu hikmatlar, chin insoniy ezguliklar o‘rnini qora yuraklar, pajmurda
o‘pkalar bilan almashtirsak? Nahotki yo‘ldan chiq qan egri niyat, bebosh fe’llarga
bobolarimiz, samoviy momolarimiz ma’naviyatini qarshi qo‘ya olmasak? ha,
qarshi ko‘ya olamiz. Bunga jamoa, mahalla, odamlar munosabati zarba bera oladi.
|