Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

Kalit so‘zlar: kuch, chidamlilik, tezkor-kuch, tezkorlik, koordinatsion
egiluvchanlik, jismoniy tayyorgarlik, yengil atletika, mashg‘ulot. 
Hozirgi kunda jahonda ta’limni modernizatsiyalash shaxsni ma’naviy va 
jismoniy rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining sifatini 
oshirishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. Xorijiy mamlakatlarda jismoniy 
tarbiya darslarini o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus dasturlar 
ishlab chiqilgan. Xususiy maktablarda esa o‘quv dasturlarini tanlash davlat 
maktablariga nisbatan erkin bo‘lganligi sababli turli pedagogik muqobillarning 
aprobatsiyasi o‘tkazib turiladi. Asta-sekin individuallashgan ta’lim tizimi, ya’ni har 
bir o‘quvchiga uning qobiliyati va faolligiga qarab o‘qishdagi turlicha yo‘nalishiga 
ko‘ra moslashuvchan yondashuv ta’lim jarayoniga tatbiq qilinmoqda.
Dunyoning yetakchi ta’lim muassasalarida, asosan, umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida 
yengil 
atletika 
to‘garaklarining 
mashg‘ulotlari jarayonida 
o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularning 
salomatligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan ta’lim muhitini 
ta’minlaydigan choralar majmuasi va tizimli tadbirlar, salomatlik va sog‘lom 
turmush tarzi qadriyatini shakllantiruvchi sharoitlarni tashkil etishga qaratilgan 


965 
muammolar o‘rganib kelinmoqda. SHuning uchun aynan hozirgi davrda 
o‘quvchilar salomatligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan ta’lim jarayonini 
tashkil etishning xilma-xil shakllari samaradorligini sinchiklab, kompleks tarzda 
ilmiy tahlil qilish zarur[1,2].
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalasiga 
davlat siyosati darajasida qaralib, undan millat genofondini sog‘lomlashtirish, 
jismoniy va intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashning kafolatli vositasi va 
milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim 
soha sifatida foydalanilmoqda. Bugungi kunda “YOshlarimizning mustaqil 
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo 
miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib 
kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va 
imkoniyatlarini safarbar etish
115
” ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Ayniqsa, 
turli yoshdagi o‘quvchilarni har tomonlama sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan, yuksak 
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi 
kunning dolzarb masalalaridan biri sifatida ta’kidlab kelinadi[1]. 

Download 9,63 Mb.
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish