Tadqiqotning maqsadi: turli yoshdagi o‘quvchilar bilan olib boriladigan
yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish.
Tadqiqotning vazifasi: Ushbu maqsadga erishish quyidagi asosiy
vazifalarni hal qilish bilan ta’minlanadi:
mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish;
yengil atletika turlari bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy
tayyorgarligini aniqlash;
ishlab chiqilgan metodikani qo‘llash samaradorligini pedagogik tajribada
tekshirish.
Tadqiqotning usullari. Ishda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik
115
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо
этамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. 28 б.
966
kuzatuv, pedagogik testlash, instrumental metod, pedagogik tajriba va
matematikstatistik tahlil metodlaridan foydalanildi.
Sport to‘garaklari oldiga bolalar bilan tanlangan sport turi (yengil atletika)
bo‘yicha o‘quv-trenirovka va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish vazifasi qo‘yilgan.
Sport to‘garaklari o‘quvchilari uchun rejimni to‘g‘ri rejalashtirish sport bilan har
kuni shug‘ullanish, iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda esa, kuniga ikki marta
shug‘ullanish imkoniyatini beradi[3,4].
O‘quv-tarbiyaviy va mashg‘ulot ishlari uslubiyatini ishlab chiqish va tashkil
qilish bo‘yicha biz tomondan o‘tkazilgan dastlabki tadqiqotlar, yengil atletika
turlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi o‘quvchilarining son jihatdan biroz kam ekanligi
va mashg‘ulotlarni erta tark etish xolatlari ko‘payligi, salomatligi holatini o‘rtacha
ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu sharoitlarda, trenerlarni bolalarning ota-onalari va
maktab o‘qituvchilari bilan mahsuldor aloqani o‘rnatishlari oson bo‘lmasligini
hisobga olish kerak[8,9,11].
Hozirda respublikamizda mingdan ortiq ixtisoslashtirilgan sport to‘garaklari
tuzilgan, lekin sport to‘garaklarida issiq iqlim sharoitida bolalar bilan ishlashning
aprobatsiya qilingan uslubiyati va tashkil qilinishi hozirgi vaqtga qadar etarlicha
ishlab chiqilmagan[11,12].
Yuqoridagi muammolar va ularning echimini ishlab chiqish uchun biz bir
qator tajriba va so‘rovnomalar olib bordik. Jumladan, olib borilgan dastlabki
so‘rovnomalarimizda tajriba guruhiga 5-9-sinf o‘quvchilaridan 40 nafari jalb etildi.
Dastlab, umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. So‘ngra
sportning har xil turlaridagi vositalardan foydalangan holda, bo‘lajak sportchilarni
tayyorlash bo‘yicha istiqbolli o‘quv-mashg‘ulotlar rejasi, shuningdek o‘smir
sportchilarni intelektual salohiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy
ishlar rejasi ishlab chiqildi[5,6,7,11].
Bolalarning
salomatligini
mustahkamlashga
yo‘naltirilgan
tadbirlar
belgilandi. Rejada o‘quvchilarning salomatliklari holatini kuzatish uchun doimiy
967
vrachlik kuzatuvi nazarda tutilgan. Bolalarning ma’naviy o‘sishi ham e’tiborsiz
qolmagan.
Ekskursiyalar,
badiiy
havoskorlik
konsertlari,
o‘qish
va
mashg‘ulotlarning yakunlarini muhokama qilish – tayyorgarlik dasturi tarkibiga
kiritilgan[4,9,11]. Tadqiqotlar davomida, biz, quyidagi savollarga obyektiv
javoblar olishga intildik:
ta’lim muassasalarining sport to‘garraklarida yengil atletika bo‘yicha
bolalar bilan tashkiliy va uslubiy ishlarni qanday o‘tkazish kerak?;
o‘smir sportchilar bilan ishlashda tayyorgarlikning qanday hammabop
vositalarini qo‘llash maqsadga muvofiq?;
respublikamizning issiq iqlim sharoitidagi hududlarini hisobga olgan
holda yengil atletika turlaridan olib boriladigan mashg‘ulotlarning borishi va dam
olishini muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlovchi kun tartibi qanaqa bo‘lishi kerak?
O‘tkazilgan so‘rovnomadan olingan natijalar tahlil qilinib, navbatdagi
tajribalar tashkil qilindi. Tajribalarni muvaffaqiyatli o‘tkazilishi maqsadida,
o‘quvchilar, testlash natijalariga ko‘ra, har biri 20 nafardan iborat bo‘lgan ikkita (A
va B) o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga ajratildi. O‘quvchilarning yoshini hisobga
olgan holda testlash natijalari, ularni u yoki bu guruhga kiritish uchun dastlabki
ko‘rsatkich sifatida olindi (1-jadval). "A" guruhida o‘quv mashg‘ulotlari biz ishlab
chiqqan uslubiyat bo‘yicha, "B" guruhida esa BO‘SM dasturi asosida o‘quv
mashg‘ulotlar olib borildi. O‘quv mashg‘ulotlar dasturlaridagi asosiy farq shundan
iborat ediki, "A" guruhida yengil atletika turlarini o‘rganishga ajratilgan vaqt "B"
guruhidagiga nisbatan 40-50% kamroq bo‘ldi. Guruhlardagi qolgan vaqt umumiy
jismoniy tayyorgarlik vositalariga va sportning boshqa turlariga: suzish,
gimnastika, akrobatika, sport va harakatli o‘yinlarga va umumiy rivojlantiruvchi
mashqlarga ajratildi. Bunda, "A" guruhida umumiy jismoniy tayyorgarlik
vositalarining yillik xajmidan 5-6-sinflarga – 50%, 7-8-sinflarga – 40%, 8-9-
sinflarga – 30%, "B" guruhida esa ikki marta kam xajmdagi vaqt ajratildi (2-3-
jadval).
968
Tashkillashtirilgan o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari yiliga 48 hafta davomida
o‘tkazildi. Qolgan 4 hafta faol dam olishga ajratildi. Mikrotsikldagi mashg‘ulotlar
soni yildan-yilga qarab 1-2 martagacha oshirildi[10,11,12,13].
O‘quv mashg‘ulotlarining miqdorini va yuklamalar xajmini oshirish, tibbiy
ko‘rik natijalarini va musobaqalar sharoitida o‘tkazilgan nazorat sinovlari
ko‘rsatkichlarini hisobga olish bilan amalga oshirildi.
Yil davomida 5-sinfda 312 ta, 6-sinfda – 339 ta, 7-sinfda – 356 ta, 8-sinfda –
424 ta va 9-sinfda – 502 ta o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi[3,4].
1-jadval
|