975
Vatanparvarlik va mustaqil Vatan himoyasi haqida g‘oyalari, Oliy Majlis qonun va
qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, Halq ta’limi vazirligi, Mudofaa
vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari, harbiy pedagogika va psixologiya, harbiy
fanlar va boshqa qoida hamda me’yoriy hujjatlar o‘rin olgan.
Vatan himoyasi haqidagi asosiy hujjat davlatimizning “Mudofaa
to‘g‘risida”gi Qonunida aks etgan. Ushbu Qonun mudofaani tashkil etishning
hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni
boshqarishning huquqiy
asoslarini belgilab, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining
vakolatlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona,
muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi.
“Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunida alohida mamlakat mudofaasi
xususiyatiga ega bo‘lib, Qurolli Kuchlarni tajavuzkorliklarni bartaraf etish va
qaytarishga tayyorlash, Vatan himoyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
fikrlar tizimini tashkil etadi. Harbiy xavf potensial manbalari mavjud ekan
O‘zbekiston zaruriy yetarlilik darajasida davlat mudofaa qudratini mustahkamlashi
zarur.
Xalqning tinch hayoti va mamlakat havfsizligi kafolati, mustaqil rivojlanish
va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo‘liga qadam qo‘ygan yosh mamlakat
mustaqiligini qo‘riqlaydigan Qurolli Kuchlarimizning tarixiy vazifasi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasida yozilgan:
“O‘zbekiston Respublikasini himoya kilish har bir O‘zbekiston fuqarosning
burchidir”. Shuning uchun 9-yanvar 2018-yilda tasdiqlagan O‘RQ-458-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Doktrinasi to‘g‘risida” iqtisod, mintaqa va
aholini mudofaa, qilishga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Jumladan aholining harbiy tayyorgarligi:
O‘quv muassasalar va boshqa o‘quv yurtlari, "Vatanparvar"
Mudofaaga
ko‘maklashuvchi tashkilot (MKT) o‘quv to‘garaklarida, chaqiriqqacha va chaqiriq
yoshidagi yoshlarning harbiy tayyorgarlik tizimida;
976
Qurolli Kuchlarda shaxsiy tarkibning muddatli harbiy xizmatni o‘tashi
davomida;
Harbiy litseylar, Respublika fuqarolik oliy o‘quv yurtlarining harbiy fakultet
va kafedralarida;
Qurolli Kuchlarga tegishli bo‘lgan maxsus tuzilmalarda.
Mamlakat fuqarolarni Vatan himoyasiga tayyorlash ta’lim-tarbiya tizimining
barcha shakllarida olib boriladi.
Vatan, yerga bo‘lgan muhabbat – xalqimiz qalbiga singib ketgan, azaliy
milliy xususiyatga ega bo‘lgan xislatdir. Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh
Qo‘mondoni ta’biri bilan aytganda: "Ma’naviyat sohasida
eng asosiy vazifamiz
insoniy qadriyatlarimizni asrash va rivojlantirish, bolalarimizni ozod demokratik
O‘zbekistonning komil o‘g‘il- qizlari qilib tarbiyalashdir" degan edilar.
Tarbiyaning siyosiy, g‘oyaviy, mafkuraviy, e’tiqodiy, estetik va boshqa
turlari har bir O‘zbekistonlikda yangi jamiyatning barkamol avlodi,
yuqori
ma’naviy-siyosiy xislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda, vatanparvar-yoshlarga
mamlakat sarhadlari daxlsizligini ta’minlash borasidagi eng dolzarb vazifalardan
biri ekanligini anglatishdir.
Davlatimizning asosiy vazifalaridan biri harbiy vatanparvarlik tarbiyasining
metodlari va shakllari yordamida inson ongiga har qanday tajovuzkorliklarga
qarshilik ko‘rsatishda doimiy tayyorlikni shakllantirish, o‘z Vatani himoyasi uchun
shaxsiy javobgarlik hissiyoti ruhida tarbiyalashdir.
Talaba - yoshlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasida pedagogika va
psixologiya qoidalaridan keng foydalanilanish katta ahamiyat kasb etadi.
Harbiy ta’lim murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayon bo‘lib, unda asosan
quyidagilarini anglash lozim: talaba – yoshlarni bilim, ko‘nikma
va malakalar
bilan qurollantirish; ularda o‘z Vatanining qurolli himoyachisi uchun zarur shaxsiy
xislatlarni tarbiyalash; komil inson sifatida rivojlantirish, yuzaga kelgan turli
vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashish malakalarini rivojlantirish va ular oldida
977
turgan vazifalarni bajarishga va har xil vaziyatda muvaffaqiyatli harakat qilishga
ruhiy tayyorlikni shakllantirishdan iboratdir.