«Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi» bo’laklariga qo’yiladigan
chok haqqi miqdori
jadval №1
Ko’ylak
bo’laklari
Chok haqqiga qo’yiladigan qirqimlar
Chok
miqdori
sm
1. Ort bo’lak
o’rta qismi
Yoqa o’mizi,
elka qirqimi,
o’rta qirqim,
rel’ef qirqimi
bel qirqimi
0,5-0,7
1,0
1,5
1,2
1,5
2. Ort bo’lak
yon qismi
Yon qirqimi,
eng o’mizi,
elka qirqimi
rel’ef qirqimi,
bel qirqimi
1,5
0,7
1.0
1,2
1,5
3. Old bo’lak
o’rta qismi
Yoqa o’mizi,
elka qirqimi,
rel’ef qirqimi,
bel qirqimi
0,5-0,7
1,0
1,2
1,5
4. Old bo’lak
yon qismi
Yelka qirqimi,
eng o’mizi,
rel’ef qirqimi,
yon qirqim,
bel qirqim
1,0
0,5-0,7
1,2
1,5
1,5
5. Yubka old va
ort bo’lagi
Bel qirqimi,
yon qirqimi
etak qirqimi
1,5
1,5
0,5-0,7
6.
Qo’yma
burma
Rel’efga birlashtiriladigan qirqim
qo’yma chekka qirqimi
1,2
0,5-0,7
7. Belbog’
Qirqimlardan
0,5-0,7
Asosiy andozalar ishlab chiqilgandan keyin bo’laklarining juftlashtiriladigan
konturlari tekshirib ko’riladi.
Asosiy ish andozalariga texnik talablarga muvofiq quyidagi belgilar qo’yiladi:
- gazlamaning bo’ylama yo’nalishini ifodalovchi chiziq-tanda ipi yo’nalishi;
- bo’ylama yo’nalishdan chetga chiqish chiziqlari;
- uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini
ko’rsatuvchi chiziqlar;
- bir-biriga ulanadigan bo’laklarning juftlashtiriladigan joylaridagi kontrol
kertiklar.
Ish andozalarida kesish aniqligidan yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlarni
ko’rsatib qo’yish maqsadga muvofiq. Kimimning nihoyat darajada aniq bichilishi
talab qilinadigan joylarida (yoqa o’mizi, yelka ziylari, yeng o’mizi, yeng boshi) yo’l
qo’yiladigan chetga chiqishlar 0,1 sm ga teng.
Kiyimlarning ko’pchiligi harakatchan to’rsimon strukturali gazlamadan tikiladi.
Kiyish jarayonida gazlama strukturasi o’zgarib kiyimning formasi buzilishi
mumkin. Buni oldini olish uchun kiyim bo’laklarini shunday bichish kerakki asosiy
cho’zuvchi kuchlar gazlamaning tanda iplari bo’ylab yo’nalsin. Buning uchun
kiyimning har bir bo’lakida tanda ipining yo’nalishi va bu yo’nalishdan yo’l
qo’yiladigan chetga chiqishlar ko’rsatiladi. Tanda ipi yo’nalishidan chekli chetga
chiqishlar material tolasining tarkibiga, strukturasiga, uning to’qilish zichligiga,
kimyimning konstruktsiyasi va vazifasiga bog’liq.
|