Uylik kiyimlar - arzon, ip tolali gazlamalardan tikilgani ma`qul bo`lib, ular keng,
qulay bo`lishi, bezaklari me`yorida ishlatilishi kerak.
Kundalik kiyimlar - yoz oylarida yengil, yupqa gazlamalardan, yorqin rangda,
yengli yoki yengsiz qilib tikilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bashang kiyimlar - chiroyli, zarli, gulli yoki sidirg`a gazlamalardan tayyorlanishi
mumkin. Bunday kiyimlar juda murakkab fasonlarda bo`lishi, hamda ularga chiroyli
bezaklar: kashtalar, burmalar, mayda taxlamalar, sun`iy gullar, belbog`lar ishlatib
tikish mumkin.
Yubka shim - fasonlarini tanlashda gazlamalarning xususiyatiga, kiyimning
vazifasiga, mavsumiga va albatta odam gavdasiga e`tibor berish kerak.
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi - asosan paxta tolali gazlamadan tikiladi.
Paxta tolali gazlamalar namlikni oson yutadi va tez quriydi, yaxshi yuviladi, dazmol
qilishda yuqori haroratga chidamli.
Taxlamali yubka - Yon choki kesmali yubka, old yoki ort bo`laklari taxlamali
yubka andazasi to`g`ri yubkaning konstruksiyasi asosida tuziladi.