• Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.................................................... Kirish
  • Buxoro muhandislik texnologiya instituti




    Download 1,37 Mb.
    bet2/5
    Sana26.01.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #146654
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    benzin fraksiyasi olish uchun tizimda qo‘llaniladigan sirtiy kondensatorni hisoblash va loyihalash.
    Diniy fundamentalizm Radikalizm va Terorizm xavsizlikka taqdiq22, Diniy fundamentalizm Radikalizm va Terorizm xavsizlikka taqdiq22
    MUNDARIJA
    KIRISH
    I. Adabiyotlar tahlili.............................................................................
    II. Hisob qismi.....................................................................................
    Xulosa................................................................................................
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati....................................................

    Kirish
    Darslikda neft va gazning fraksion tarkibi, ularni qayta ishlashga tayyorlash texnologiyasi, katalitik, termik, gidrogenizatsiya jarayonlari, yuqori oktanli benzin fraksiyalarini ishlab chiqarish, uglerodli gazlarni qayta ishlash, gazlarni fraksiyalarga ajratish texnologiyalari va qurilmalari, vodorod ishlab chiqarish texnologiyasi, aromatik uglevodorodlarni va neftli bitumlarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari ko’rib chiqilgan. Bugungi kunda ―O’zbekiston GTL‖ zavodini dunyodagi yetakchi litsenziar kompaniyalar – Sasol (JAR), Haldor Topsoe (Daniya) va Chevron (AQSh) texnologiyasi asosida barpo etilmoqda. Qurilish ishlari bosh pudratchi – Koreya Respublikasining Hyundai Engineering Co. Ltd. va Hyundai Engineering and Construction Co., Ltd, Сингапурнинг Enter Engineering Pte. Ltd. kompaniyalari tomonidan olib borilmoqda. Majmua uchun zarur 11 mingdan ortiq texnologik uskunalar Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, AQSh, Germaniya, Italiya, Xitoy, Rossiya kabi 21 davlatdagi 126 zavodlarda tayyorlanmoqda. ―Tabiiy gazdan sintetik suyuq yoqilg’i (GTL) olish juda noyob jarayon bo’lib, yuqori texnologiyalar va murakkab ilmiy yechimlarni talab etadi. Hozirda dunyoda bunday zavodlar atigi beshta, o’zimizda qurilayotgan zavod oltinchisi bo’ladi‖. Mazkur ulkan loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard AQSh dollariga teng. Loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 3,6 milliard metr kub gaz chuqur qayta ishlanib, YEVRO-5 standartlariga javob beradigan 1,5 million tonna sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqariladi. Bular 311 ming tonna aviakerosin, 743 ming tonna dizel yonilg’isi, 431 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gazdir. Tabiiy gaz shunchaki xomashyo sifatida emas, qo’shimcha qiymatli mahsulot sifatida sotiladi. 1000 metr kub tabiiy gazning eksport narxi hozirgi kunda 155 dollar atrofida bo’lsa, bo’lg’usi zavodda shuncha gazni qayta ishlash orqali 300 dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi. 21 Yiliga hisoblaganda, tabiiy gazdan ko’ra tayyor GTL mahsulotlaridan ko’riladigan qo’shimcha daromad 576 million dollardan oshadi. Ushbu zavod Sho’rtan gaz-kimyo majmuasining yonida joylashgani umumlashgan infratuzilma obyektlaridan foydalanishda qulaylik yaratadi.
    Bu yerda yana bir loyiha – Sho’rtan gaz-kimyo majmuasining quvvatini 125 ming tonnadan 505 ming tonnagacha oshirish loyihasi rejalashtirilgan. GTL zavodidan chiqadigan naftani qayta ishlab, yangi turdagi polietilen va polipropilen mahsulotlari ishlab chiqarish ko’zda tutilgan hamda kelgusida kimyo, avtomobilsozlik, turizm, farmatsevtika, to’qimachilik va boshqa sohalarni yanada rivojlantirishga asos bo’ladi. Neft mahsulotlarini assortimentiga va sifat darajasiga qo’yiladigan zamonaviy talablar neft mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini texnik yuksalishiga, eng mukammal texnologik qurilmalarni va ishlab chiqarish majmualarini yaratishda hal qiluvchi ta‘sir etdi. Neftni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish quyidagi jarayonlarda asosiy e‘tiborni kuchaytirishni talab qiladi: katalitik krekingni, gidro-tozalashni va gidrokrekingni, qoldiqlarni kokslanishini va tanlangan og’ir distillyat xom-ashyosini, parafinsizlashtirish va zamonaviy sxemalar asosida moysizlashtirish. Juda yuqori sifatga ega bo’lgan sifatli neft mahsulotlarini olishda benzin fraksiyalarini to’g’ri haydashdagi katalitik riforming jarayonlari, izomerlash, seolitlar yordamida kerosinli distillyatlarni ajratish, plastik surkovlarni ishlab chiqarish jarayonlari, yoqilg’iga qo’shmalar va yog’lovchi materiallarni olishda qo’llaniladigan texnologiyalarni va texnikalarni takomillashtirishni talab etadi. Neftni qayta ishlashni zamonaviy texnologiyasida yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish ko’p pog’onali texnologiyaga mansubdir. Ko’pgina holatlarda asosiy jarayonlar bilan bir qatorda tayyorlash hamda tugallash ishlari olib boriladi.
    Texnologik jarayonlarni tayyorlashga quyidagilar: neftni qayta ishlashdan oldin uni tuzsizlantirish, keng fraksiyali tarkibning distillyatlaridan chegarasi bo’yicha qisqa qaynash fraksiyalarini ajratish; katalitik riforming oldidan benzin fraksiyalarini gidro-tozalash; katalitik 22 krekingga yo’naltirilgan gazoyl‘ xom-ashyosini gidro-oltingugurtsizlashtirish; absorbsiyali ajratishdan oldin kerosin distillyatini gidrotozalash va boshqalar mansubdir. Zamonaviy neftni qayta ishlash zavodlarida neftni xom-ashyosini har xil tarkibli va belgilangan sifatdagi keng gammali mahsulotlarni yuqori samarali olish mumkin. Neftni qayta ishlash zavodlarini doimiy sxemalarini sonini va modifikatsiyalangan qurilmalarni o’sishi ularni tizimlashtirishni talab qiladi. Neftni qayta ishlashni texnologik sxemalari va qo’llaniladigan jihozlar haqidagi ma‘lumotlar ―Neft va gaz konlarini mashina va jihozlaridan foydalanish‖ magistratura mutaxassisligi, ―Texnologik mashinalar va jihozlar‖ bakalavr ta‘lim yo’nalishi bo’yicha ta‘lim olayotgan talabalar hamda neftni qayta ishlash sanoati sohasida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar uchun ushbu darslik zarur bo’lgan texnik adabiyot hisoblanadi. Darslikda motor yoqilg’isi distillyatlarini, surkov materiallarni, qattiq uglevodorodlarni-parafinlarni va serezinlarni, neftli koksni va bitumni, texnik uglerodni (quruq), yengil uglevodorodlarni katalitik konversiya qilish asosida vodorod olish, bir necha turdagi neftkimyo mahsulotlarini (etilen, suyuq parafinlar), elimentar oltingugurt olishning texnologik sxemalari keltirilgan. Bu profilda neft xomashyosini tayyorlashga tegishli bo’lgan bir qancha jarayonlar ko’rib chiqilgan. Ularni qayta ishlash jarayonlarining soni va usullar juda ko’pdir. Darslikda namunaviy texnologik jarayonlar va zamonaviy usullarning bir nechtasi ko’rib chiqilgan. Darslikda qurilmalarning muhim tavsiflari va ularni shaklda o’rganishi qo’lay bo’lgan tartibli sxemalari keltirilgan


    Download 1,37 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro muhandislik texnologiya instituti

    Download 1,37 Mb.