Jamiyat taraqqiyotida energetikaning roli va ahamiyati




Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/94
Sana31.01.2024
Hajmi6,62 Mb.
#149362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Bog'liq
Buxoro muxandislik texnologiya instituti r. B. Jalilov
2 5334716451011953804, 4, 2, Bazalash asoslari, Презентация2, tasks, konstitutsiya, O, MIndset 1, 11-sinf betlik tayyor, Litosfera va undagi muommolar. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli. xx, 14labor-sanepidkom-sangig-uz, Mustaqil ish mavzulari (1), МТ MMT-2-гуруҳ (2), 2. Tug\'ilganlar soni-Jami
1.4. Jamiyat taraqqiyotida energetikaning roli va ahamiyati 
Insonlarning butun hayoti davomida energetika katta ro`l o`ynaydi. 
Sanoatning rivojlanganligi, madaniyatlik darajasi va ijtimoiy o`zgarishlar 


16 
energiya ishlab chiqarish va uni o`zlashtirish usullarining ko`lami bilan uzviy 
bog`langandir. 
Energetika bir ulkan tizim bo`lib, insonlar tomonidan tabiiy energetik resurslarning 
barsha turlarini qazib olish, qayta ishlash, elektr va issiqlik energiya turlariga 
o`zgartirish hamda undan o`z ehtiyojlarini qondirish jarayonlarini o`rganuvchi 
fanlar tizimlari majmuasidan iboratdir.
Energetika 
fani 
elektrotexnika, 
elektromexanika, 
elektrotexnologiya, 
issiqliktexnikasi, gidrotexnika va boshqa ko`pgina aniq fanlar bilan ham- korlikda 
uzluksiz rivojlanishda. Uning masalalarini yechishda matematika, fizika, kimyo, 
avtomatika va kibernetika fanlari katta ro`l o`ynaydi.
Zamonaviy energetika masalalarining hal etilishi texnik, biosfera yoki 
ekologik, ijtimoiy – siyosiy aspektlarda qaralmog`i kerak. 
Energetikaning bu uch aspekti energetikaning butun rivojlanishi davomida 
teng ahamiyatga ega bo`lib kelgan va bo`lib qoladi. Bu aspektlarning teng 
ahamiyatga egaligi yahlit energetika tizimi uchungina emas, balki uning 
elektroenergetika, gidroenergetika, issiqlik energetikasi, elektromexanika va 
boshqa tarkibiy qismlarini alohida qaralganida ham namoyon bo`ladi.
Tabiatga ta‟sir etish uchun inson beqiyos imkoniyatlarga ega.Ammo inson 
tabiat ustidan qanchalik real hukmronlik qila boshlasa xuddi shuncha salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bir mutafakkir aytganidek, inson tabiatga 
bosqinchi – xukmron sifatida munosabatda bo`lsa, undan keyin faqat cho`l va 
sahrolar qoladi. Bu so`zlar zaminida tabiatga bo`ladigan munosabat nihoyatda 
ehtiyotkorlik bilan bo`lishi kerakligini va tabiat qonunlarini chuqur bilib harakat 
qilish zarurligini anglatadi. Bunga yaqqol misol, sovet tuzumining paxta 
yetishtirishni yangi yerlarni o`zlashtirish hisobiga ko`paytirish siyosati Orol 
dengizini qurib borishiga olib keldi. Energetikani boshqarishda faqat texnik 
aspektlar asosida emas balki bioekologik va u bilan uzviy bog`langan holda 
ijtimoiy – siyosiy aspektlarni ham hisobga olish kerak bo`ladi. Zamonaviy texnik 
vositalar (kibernetik usullar, axborotlarni yig`ish va uzatish, EHM ni qo`llash, 
mikroprosessor texnikasi va h. k.) energetikani boshqarishda katta imkoniyatlar 


17 
yaratmoqda. Albatta bu imkoniyatlardan keng foydalanish jamiyatning ijtimoiy – 
siyosiy va iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta‟siri katta bo`ladi.
Elektr energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash Italiya, Fransiya, va 
Buyuk Britaniya kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarda natsionalizatsiya 
qilingan bo`lsa, AQSh kabi ishlab chiqarish yuksak rivojlangan davlatda esa 
xususiy kompaniyalarga qarashlidir. Energetika tizimini boshqarishnmng har 
ikkala usulining ham yaxshi va yomon tomonlari mavjuddir. Har bir davlat 
o`zining xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib shiqqqan holda energetika 
tizimini boshqarishda u yoki bu boshqarish usulini qo`llaydi. 
Energetikaning atrof muhitga ta’siri uzluksiz oshib bormoqda. Bu Yer 
yuzida inson yaratayotgan energetik qurilmalarning quvvati va tabiatda sodir 
bo`ladigan geofizik hodisalarning quvvatlari miqdorlarining o`zaro yaqinlashib 
qolganligi bilan bog`liqdir.
Atrof muhitni ifloslashtirishning energetika uchunquyidagi: mexanik, 
kimyoviy, radioaktiv, issiqlik, ionizatsion, elektromagnit, shovqun turlari 
xarakterlidir.
Energetik qurilmalarning texnik inshoatlari atrof muhitning o`simlik 
dunyosini o`zgarishiga katta ta‟sir qiladi va ma‟lum ma‟noda estetik ifloslanishni 
yuzaga keltiradi.
Energetikada texnologik jarayonlar uchun ko`p suv sarfi talab qilinadi. 
Energetika inshoatlarini qurish uchun katta yer uchastkalari kerak bo`ladi; 
yoqig`i yoqish uchun kislorod kerak bo`ladi, yoqish jarayonida is gazi hosil 
bo`ladi va bu gaz atmosferada parnik effekti deb ataladigan effektni yuzaga 
keltiradi (yer yuzasida issiqlikning uzoq vaqt ushlanib turishi ta‟sirida). 
Inson faoliyatining salbiy natijalaridan biri bu sanoat chiqindilarining 
yig`ilishidir.Sanoatdagi ishlab chiqarish chiqindilari halokatli ravishda oshib 
bormoqda.Masalan, AQSh da bir yil davomida 12 mln.tonna temir, 1 mln. tonna 
alyuminiy va 60 mln. tonna qog`oz chiqindilari; 48 mlrd. konserva bankalari va 6 
mln. xizmat muddati tugagan avtomobillar yig`iladi. Kul va shlaklar ham
energetikaning chiqindilariga kiradi. 


18 

Download 6,62 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyat taraqqiyotida energetikaning roli va ahamiyati

Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish