• 1.3. Energetik ishlab-chiqarish jarayoni
  • Energiya zahiralari va ularning turlari




    Download 6,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/94
    Sana31.01.2024
    Hajmi6,62 Mb.
    #149362
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94
    Bog'liq
    Buxoro muxandislik texnologiya instituti r. B. Jalilov
    2 5334716451011953804, 4, 2, Bazalash asoslari, Презентация2, tasks, konstitutsiya, O, MIndset 1, 11-sinf betlik tayyor, Litosfera va undagi muommolar. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli. xx, 14labor-sanepidkom-sangig-uz, Mustaqil ish mavzulari (1), МТ MMT-2-гуруҳ (2), 2. Tug\'ilganlar soni-Jami
     
    1.2.Energiya zahiralari va ularning turlari 
    Energiya - tabiat hodisalarining insoniyat madaniyati va turmushining asosi. 
    O„z navbatida energiya materiya harakat turlarining, bir xildan ikkinchi xilga 
    aylanishning miqdoriy bahosi. Energiya turi bo„yicha mexanik, kimyoviy, elektr, 
    yadroviy va hakozolarga bo„linadi. 
    Insoniyat amaliyotida foydalanish uchun yaroqli material ob‟ektlarida 
    mujassamlangan energiya - energiya zahiralari deb nomlanadi. Tabiatda ko„p 
    uchraydigan energiya zahiralaridan asosiylari katta miqdorda amaliy ehtiyojlarga 
    ishlatiladi. Ularga organik yoqilg„ilar, ko„mir, neft, gaz kabi okean, dengiz va 
    daryo energiyasi, quyosh, shamol va hakozo energiya turlari kiradi. 
    Energiya zahiralari tiklanadigan va tiklanmaydigan turlarga bo„linadi. 
    Tiklanadigan va tiklanmaydigan energiya zahiralari . 
    Birinchisiga tabiat tamonidan bevosita tiklanadigan (suv, shamol va hakozo) 
    energiya zahiralari, ikkinchisiga esa, avvaldan tabiatda to„plangan, lekin yangi 
    geologik sharoitlarda qayta hosil bo„lmaydigan (masalan; toshko„mir) energiya 
    zahiralari kiradi. 
    Tabiatdan bevosita olinadigan (yoqilg„i energiyasi, suv energiyasi, shamol 
    energiyasi, yerning issiqlik energiyasi, yadroviy energiya) energiyaga birlamchi 


    15 
    energiya deyiladi. Birlamchi energiyani maxsus qurilmalarda-stansiyalarda 
    insoniyat tomonidan qaytadan hosil qilinadigan energiyaga (bug„ energiyasi, issiq 
    suv energiyasi va hokazo) ikkilamchi energiya deyiladi. 
    1.3. Energetik ishlab-chiqarish jarayoni 
    Birlamchi energiyani qay usulda qayta hosil qilinishiga qarab stansiya shunday 
    nomlanadi. Masalan, issiqlik elektr stansiyasi (qisqacha IES) issiqlik energiyasini 
    (birlamchi) elektr energiyaga (ikkilamchi) aylantirib beradi, gidroelektr stansiyada 
    (GES) - suv energiyasini elektr energiyaga, atom elektr stansiyasida (AES) - atom 
    energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi, undan tashqari to„lqin 
    energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi to„lqin elektr stansiyasi va 
    boshqa stansiyalar mavjud. 
    Energiyani kerakli turda olish va iste‟molchilarni ta‟minlash energetik 
    ishlab-chiqarish jarayonida kechadi va u besh bosqichdan iborat. 
    1.Energetika zahiralarini olish va to„plash: yoqilg„ini qazib olish va boyitish, 
    gidrotexnik qurilmalar yordamida bosimni to„plash va hakazo. 
    2. Energiyani qayta hosil qiluvchi qurilmalarga energetik zahirani keltirish. 
    3.Taqsimlash va iste‟mol uchun eng qulay bo„lgan usulda, birlamchi 
    energiyadan ikkilamchi energiya hosil qilish (asosan issiqlik va elektr energiyasi). 
    4. Qayta hosil qilingan energiyani uzatish va taqsimlash. 
    5. Yetkazilgan energiyani iste‟mol qilish. 
    Agar qo„llanilayotgan birlamchi energiya manbalarini 100% deb hisoblasak, 
    undan faqat 30-40% energiya olinadi; energiyani qolgan katta qismi issiqlik 
    ko„rinishida yo„qotiladi. 
    Energiya yo„qotishlar asosan hozirgi davrdagi energetik mashinalarning 
    texnik tavsiflari bilan ifodalanadi. 

    Download 6,62 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94




    Download 6,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Energiya zahiralari va ularning turlari

    Download 6,62 Mb.
    Pdf ko'rish