-rasm.Energetika tizimining chizmasi va uni boshqa nimtizimlar bilan




Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/94
Sana31.01.2024
Hajmi6,62 Mb.
#149362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94
Bog'liq
Buxoro muxandislik texnologiya instituti r. B. Jalilov
2 5334716451011953804, 4, 2, Bazalash asoslari, Презентация2, tasks, konstitutsiya, O, MIndset 1, 11-sinf betlik tayyor, Litosfera va undagi muommolar. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli. xx, 14labor-sanepidkom-sangig-uz, Mustaqil ish mavzulari (1), МТ MMT-2-гуруҳ (2), 2. Tug\'ilganlar soni-Jami
 
1.1-rasm.Energetika tizimining chizmasi va uni boshqa nimtizimlar bilan 
bog‘liqligi. 
Bundan tashqari katta tizimning har qaysi tizimosti qismi o„z navbatida katta 
tizim hisoblanadi. 
Bu chizmada energetikaning barcha qismlari va ularning bog„liqligi, ularda 
sodir bo„layotgan jarayonlar, energiyani uzatish va uning iste‟moli, ishlash 
talablari, tabiat va biosfera bilan bog„liqligi, ijtimoiy hayotga, madaniyatga va 
mamlakat rivojlanish darajasiga bog„liqligi ko„rsatilgan. 


12 
Energetika insoniyat hayotida katta o„rin egallaydi. Uning rivojlanish 
darajasi, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari va ilmiy-texnika taraqqiyoti darajasini 
belgilaydi. Hozirgi zamonda energetikaning o„rni beqiyos va energetikasiz 
zamonaviy hayotni tasavvur etish qiyin. 
Energetikaning uch jihati. Energetikani hozirgi ko„rinishda va undan ham 
rivojlangan ko„rinishlarida uchala tomondan qaralish kerak. Ular texnik, ijtimoiy- 
siyosiy va biosferikyoki ekologik ko„rinishlari. 
Energetika rivojlana borgan sari uning uch jihati katta global tizimda va 
uning ayrim nimtizimlarida, masalan, elektr energetikasi, issiqlik ta‟minoti va 
hakozolarida namoyon bo„la boshlaydi. 
Energetikaning texnik jihati, insoniyat koinot energetika potensiallardan 
foydalannb olayotgan yirik quvvatlar bilan tavsiflanadi. Masalan, hozirda 
dunyodagi bor bo„lgan elektr stansiyalarning quvvati 2 mlrd. kVt ni tashkil etadi. 
Energetika qurilmalarning umumiy quvvati esa 10 mlrd.kVt ga yetadi. Bu 
quvvatlarni ta‟minlash uchun insoniyat har yili tabiatdan vazni 40-50 mlrd.tonna 
shartli yoqilg„iga tenglashtirilgan turli xildagi yoqilg„i oladi. Shunga qaramasdan 
tabiatdan olinayotgan energetika manbalarining FIK 0,2% dan ortiq emas. 
Bu yerda energetikaning asosiy masalalaridan biri yuzaga chiqadi - 
energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirishdagi isroflarni kamaytirish. Buning 
uchun qurilmalarni yaxshilash va olingan energiyadan oqilona foydalanish kerak, 
bu esa texnika doirasidan chiqib, ijtimoiy ko„rinishda qaralish kerak. 
Elektr energiyasini uzatish, olish va qayta taqsimlashdagi isroflarni 
kamaytirish, ko„p jihatdan sarf qilingan metall qiymatiga, asosan alyuminiyga 
bog„liq. Kesimida katta zichlikdagi tokni (1,0-1,2 A/mm
2
) o„tkazish joiz 
bo„lganda, alyuminiy sarfi kamayadi, lekin elektr energiyasi sarfini oshiradi. 
Jahondagi alyuminiy narxi o„zgarishi shundayki, bu metall arzonlashmoqda, 
shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda tok zichligini keskin (0,35 A/mm
2

kamaytirilishi kuzatilmoqda. Bundan xulosa qilib, alyuminiy narxi elektr 
uzatgichlardagi sim kesimlari tanloviga ta‟sir etadi, ya‟ni elektr tizimidagi texnik 


13 
tavsiflarga ta‟sir etadi. Shunday qilib, alyuminiy bahosi elektr uzatgich simlarini, 
ya‟ni elektr majmualarni texnik tavsiflariga bevosita ta‟sir etadi. 
Turar joy va sanoat binolarini issiqlik saqlash yo„li bilan energiya isroflarini 
kamaytirish, elektr energiyaga to„g„ri narxlar ishlab chiqish, energiyani eng ko„p 
iste‟mol vaqtida kam iste‟mol qilish kabi hollarni rag„batlantirishni yo„lga qo„yish, 
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishga olib keladi. 
Dunyo energiya manbalarini tez o„sib borayotganligiga nafaqat texnik 
jihatidan, balki energetik qurilma va yoqilg„i qazib chiqarish jarayonlarini atrof-
muhitga, ya‟ni ekologiyaga ta‟siri jihatidan yondashish kerak. Bu yerda o„z-
o„zidan umumiy texnik-ekologik savol vujudga keladi: energetikani yuqori 
sur‟atlarda rivojlanishida yoqilg„i zahiralarini tugashiga yo„l qo„yilmaydimi va bu 
insoniyat yangi termoyadro energiyasi manbalarini qo„lga kiritishdan avval sodir 
bo„lmaydimi?
Dunyodagi yoqilg„i manbalari har-xil baholanadi. Manba turiga qarab katta 
farqlar bilan: ishlatishga tayyorlari 25 trln. MVt

s ga, aniqlanganlari 50 trln. MVt


ni va taxminan qilinadiganlari -100 trln, MVt

s ni tashkil etadi. Boshqacha qilib 
aytganda, manba turiga qarab nisbatini 1:2:4 ko„rinishda yozish mumkin. Bundan 
tashqari, keltirilgan sonlarga manba hisoblash usuli ham ta‟sir etadi, ya‟ni: dengiz 
tubidagi yoqilg„ilar ham hisoblanganligi, yoqilg„i qancha chuqurlikdan qazib olish 
hisobiga olinganligi va hakozo. 
Har qanday sharoitda ishonch bilan aytish mumkinki, insoniyatga yerdan 
qazib olinayotgan yoqilg„i bir necha yuz yilga yetadi. Masalan, ko„mir taxminan 
600-700 yilga yetadi. Bu albatta, yoqilg„ining tejalishi muhim masala emas, degan 
xulosa bermaydi. 
Yoqilg„i sarfi nafaqat texnik va biosfera nuqtai-nazardan, balki ko„proq 
ijtimoiy-siyosiy nuqtai- nazardan ham ko„rilishi kerak. 
Yer sharining 30% aholisi dunyoda ishlab chiqarilayotgan energiyani 90%- 
ni o„z ehtiyoji uchun foydalanadi, 70% aholiga, asosan rivojlanayotgan 
mamlakatlarda, 10% energiya to„g„ri keladi. Bundan tashqari, sanoat rivojlanish 


14 
ko„rsatgichi, turmush darajasi va madaniyat rivojlanish foydalanilayotgan energiya 
qiymatiga uzviy bog„liq. 
Dunyoda 
energiya 
zahiralari 
notekis 
taqsimlangan.Bunga 
turli 
mamlakatlarda 500 mln.tonna neftni qazib chiqarish uchun kerak bo„ladigan 
quduqlar sonini taqqoslash mumkin. AQSh da buning uchun 500 mingta, 
Rossiyada 50 mingta, Eronda - faqat 600 ta Saudiya Arabistonida – 300 ta, 
Quvaytda – 100 ta quduq kerak bo„ladi. 
Ko„pgina davlatlar chetdan keltirilgan energiya tashuvchilardan 
foydalaniladi. Masalan, Yaponiya 80% dan ortiq energiya manbalarini (asosan 
neft) Fors ko„rfazida joylashgan mamlakatlaridan tashib keltiradi. Yevropa 
davlatlari ham 20% ga yaqin energiyani shu joydan oladi. 

Download 6,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94




Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm.Energetika tizimining chizmasi va uni boshqa nimtizimlar bilan

Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish