Texnologik gazlarning
asosiy komponetlariga SO
2
, CO
2
, CO va suv bug‘lari
kiradi. Ayrim metallurgik jarayonlarda gazsimon xlor, marg‘imushli va boshqa
kimyoviy birikmalar ajralishi mumkin.
Yoqilg‘ini
yonishida asosan CO
2
, CO va H
2
O kiradi. Shunindek ajralib
chiqayotgan gazlarning tarkibida azot va erkin kislorod mavjud. Azot va kislorod
yoqilg‘ini yonishi uchun puflanadigan havoning tarkibidan o‘tadi.
Ko‘p hollarda metallurgik pechlarda ajralib chiqayotgan
gazlarning harorati
800 -1300
0 C
tashkil etadi.
Ajralib chiqayotgan gazlarning kompleks qayta ishlanashi o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:
- qimmatbaho komponentlardan foydalanish, masalan
sulfat kislota ishlab
chiqarish uchun SO
2
gazidan foydalanish;
- gazlarning fizik issiqligidan foydalanish - issiq suv, bug‘, puflanadigan
havoni qizdirish va h. uchun;
- atrof muhitni himoya qilish maqsadida gazlarni
zarasizlantirish va bir
paytning o‘zida gazlarning tarkibidagi qimmatbaho moddlardan foydalanish.
Metallurgik jarayonlarda hosil bo‘ladigan changlarni shartli ravishda dag‘al
va mayin changlarga sinflash mumkin.
Dag‘al changlarning hosil bo‘lishi, qayta ishlanadigan shixtaning mayin
zarrchalarini yoki metallurgik qayta ishlash mahsulotlarini gaz oqimi bilan oli
chiqilishi bilan bog‘liq. Dag‘al changlarning yirikligi
va miqdori gaz oqimining
tezligi va qayta ishlanadigan mahsulotning yirikligi bilan aniqlanadi. Odatda,
dag‘al chang zarrachalarining yirikligi 3-10 mkm dan bir necha millimetrgacha
bo‘ladi. Dag‘al changlarning kimyoviy tarkibi, ular hosil bo‘lgan
xomashyoning
tarkibi bilan bir hil bo‘ladi. Dag‘al changlar qayta ishlaga qaytariladi yoki jarayon
mahsulotlari bilan birlashtiriladi.
Mayin changlar asosan onson uchuvchan komponetlarning (metallar yoki
kimyoviy birikmalar) uchishi (bug‘lanishi) hisobiga hosil bo‘ladi. Hosil
bo‘ladigan bug‘lar, gaz oqimi bilan olib chiqiladi va keyinchalik gazlarni
sovutganda,
qattiq
zarrachalarni
yoki
suyuq
tomchilarni
hosil
qilib
kondensatsiyalanadi. Rangli metallurgiyada “vozgon”
deb nomlanuvchi mayin
chang zarrachalarining o‘lchami, hosil bo‘lish paytida, mikrometrning o‘n va
yuzdan bir qismini tashkil etadi.
“Vozgonlar” kimyoviy tarkibi bo‘yicha dastlabki xomayoshdan farq qiladi va
tarkibida uchuvchan komponentlarni saqlaydi, masalan rux, kadmiy, qo‘rg‘oshin,
germaniy, indiy.
Gidrometallurgik jarayonlarning asosiy mahsulotlari