• Tozalovchi eritish
  • Chapter · November 022 citations reads 9,388 author




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/16
    Sana06.10.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #273770
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    IIBOB

    metallotermik eritish
    deyiladi. Bir qator engil va noyob metallar olishda 
    metallotermik usuldan keng foydalaniladi. 


    5. 
    Reaksion eritish
    qayta ishlanayotgan xom ashyo tarkibida bir vaqtning 
    o’zida sulfid va oksidlarning o’zaro ta’siri natijasida metall olishga asoslangan: 
    2MeO + MeS → 3Me + SO
    2

    Reaksiyali eritish usuli bilan mis shteynlarini konverterlash jarayonida 
    xomaki mis va qo’rg’oshin olinadi. 
    Tozalovchi eritish
    olingan xomaki metallarni qo’shimchalardan tozalash 
    maqsadida o’tkaziladi. Uning asosini, tozalanayotgan metall va aralashmalarning 
    fizik–kimyoviy xossalaridagi farqlanishi tashkil qiladi. Rangli metallurgiya 
    amaliyotida tozalovchi eritishning bir necha turi uchraydi: 
    1) likvasion tozalash; 
    2) distillyasion tozalash; 
    3) oksidlovchi tozalash; 
    4) xlorli tozalash; 
    5) sulfidlovchi tozalash; 
    6) karbonatli tozalash 
    Ko’pgina hollarda oksidlovchi va likvasiyali tozalash usullari qo’llaniladi. 
    Oksidlovchi (olovli) tozalash usuli, eritmaga oksidlab ishlov berilganda 
    shlak tarkibiga asosiy metallga qaraganda kislorod bilan tez birikadigan keraksiz 
    qo’shimchalarni o’tkazishga asoslangan. Bunday jarayonga misol qilib, misni 
    olovli tozalashni keltirish mumkin. 
    Likvasiyali tozalash - biri tozalanayotgan metall bo’lgan ikki faza hosil 
    qilish va uni zichligi (likvasiya) bo’yicha bo’linishiga asoslangan. Keraksiz 
    qo’shimchalar bu vaqtda asosiy metallda erimaydigan boshqa bir fazada jamlanishi 
    kerak. Zichligiga bog’liq holda tarkibida keraksiz qo’shimchalar bo’lgan faza 
    yuzaga qalqib chiqadi yoki idish tubiga cho’kadi. Ikkinchi fazaning hosil 
    bo’lishiga sabab, sovutish vaqtida keraksiz qo’shimchalarning tozalanayotgan 
    metallda erishining pasayishi hisoblanadi. Likvasiya vaqtida fazalardan biri suyuq, 
    ikkinchisi esa suyuq yoki qattiq bo’lishi mumkin. Likvasiyali tozalash usuli 
    qo’rg’oshin metallurgiyasida keng qo’llaniladi. 


    Distillyasiya – qayta ishlanayotgan metall komponentlarini ularning 
    uchuvchanligiga bog’liq holda qaynash haroratidan biroz yuqori haroratda 
    bug’latish (haydash) imkonini beradigan jarayondir. Distillyasiyali jarayonlar 
    rudali xom ashyoni, shuningdek, metallarni tozalashda tez uchuvchan 
    qo’shimchalarni ajratish yoki metall qotishmalarni ajratishda ishlatiladi. Tozalash 
    maqsadida o’tkaziladigan distillyasiya rektifikasiya deyiladi. Distillyasiya 
    jarayonlar yaqin vaqtgacha rux metallurgiyasida keng qo’llanilardi va hozirda bir 
    qator noyob va engil metallar olishda ham qo’llanmoqda. 

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chapter · November 022 citations reads 9,388 author

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish