deb nomlangan yarim tayyor mahsulotga o’tkazish uchun ishlatiladi. Shteyndan
tashqari o’zida ruda oksidlari va flyuslarni jamlagan shlak olinadi.
Shteyn olish uchun eritish neytral, oksidlab – qaytaruvchi, oksidlovchi
muhitda olib borish mumkin. Oksidlovchi sharoitda erish jarayoni olib borilganda
temir sulfidining bir qismi oksidlanishi natijasida va uni oksidlarini shlakka o’tishi
natijasida ajratib olinayotgan metall miqdori ko’p bo’lgan shteyn olinadi. Bunday
eritishni jamlovchi eritish ham deb atashadi.
Mis ruda va boyitmalarini shteynga eritish qo’yidagi sxema bo’yicha boradi:
(CuFeS
2
, FeS
2
, SiO
2
, CaO)+(SiO
2
, CaO)+(O
2
, N
2
)→
ruda yoki konsentrat flyus havo
→ (Cu
2
S, FeS)+(FeO, SiO
2
, CaO)+(SO
2
, N
2
)
shteyn shlak gazlar
3) Qayta ishlanayotgan xom ashyoni elektrolizyorda eritish natijasida
olinadigan oksid yoki xlorid eritmalariga o’zgarmas tok ta’sir qilganda hosil
bo’lgan erigan tuzlarni elektroliz qilish –
elektrolitik eritish
deyiladi.
Eritmalarni elektroliz qilish quyidagi sxema bo’yicha boradi:
eritmani elektrolitik dissosiasiyalash MeO(MeCI
2
)→Me
2+
+O
2-
(2CI);
Katodli jarayon: Me
2+
+ 2e → Me
Anodli jarayon: O
2-
- 2e → O
2
↑ yoki 2Cl
-
- 2e → Cl
2
↑
Natijada katodda suyuq yoki quyuq xolda metall, anodda esa gaz ajraladi.
Erigan tuzlarni elektroliz qilish jarayoni deyarli hamma metallarni olish
uchun qo’llasa bo’ladi, biroq bu usulning qimmatligi sababli, boshqa eritish
usullari ishlatib bo’lmaydigan paytda qo’llaniladi. Eritmalarni elektroliz qilish
usuli alyuminiy, magniy va boshqa engil va noyob metallarni olishda ishlatiladi.
4. Qiyin qaytariladigan metallar olishda, metallarga singuvchanlik qobiliyati
bor uglerodli qaytaruvchilar ishlatilganda, karbid Me
x
S hosil bo’lish yuz beradigan
jarayon