Pirometallurgik
jarayonlarning
turlari –
yuqorida aytib o’tilganidek,
pirometallurgik
jarayonlar
metallurgik
agregatlarda
yuqori
haroratlarda
o’tkazilgan uchun ayrim hollarda «yuqori
haroratlar
kimyo»si
deyiladi.
Ko’p
hollarda
kimyoviy
reaksiyalar
ta’sirlashayotgan
moddalarni
agregat
xolatini o’zgarishi (erish, vozgonka, hosil
bo’ladigan
metallar
yoki
ularni
birikmalarini bug’lanishi) bilan yuz beradi
(3.1-rasm).
3.1-rasm. Pirometallurgik jarayon
Bunday jarayonlarda ta’sirlashish qattiq, suyuq (eritma), gaz holatlarini yuz
beradi. Pirometallurgik jarayonlar harorat ko’rsatgichiga va jarayonda qatnasha-
yotgan komponentlarni xususiyatiga ko’ra uch guruhga: kuydirish, eritish,
distillyasiyaga bo’linadi.
Kuydirish deb materialni (ruda, konsentrat) kimyoviy va mineral tarkibini
ma’lum darajada o’zgartirish maqsadida, lekin mahsulotni erishi yuz bermaydigan
haroratgacha qizdirishga aytiladi. Kuydirish xom ashyoning turiga qarab 500-1200
0
C haroratda olib boriladi. Bu jarayon metallurgiyadan tashqari kimyo va
konchilik sanoatida ham keng qo’llanadi. Yuz beradigan jarayonlarning
xususiyatiga qarab, kuydirishning quyidagi turlari mavjud: oksidlovchi, tiklovchi,
sulfatlovchi, kalsinasiyali (toblash), xlorlovchi va ftorlovchi, aglomerasiya, sulfat-
xlorlovchi va boshqalar.