• O‘zDEU avtomobillarida tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini sozlash
  • Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK




    Download 5,07 Mb.
    bet102/162
    Sana12.10.2024
    Hajmi5,07 Mb.
    #274795
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   162
    Bog'liq
    B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

    Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK. Bunday tormoz tizimiga ega bo‘lgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishdagi ishlar bosh tormoz silindridagi suyuqlik sathini tekshirish va uni me’yoriga keltirish, agar tizimga havo kirib qolgan bo‘lsa, uni chiqarib yuborish, tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini, kolodka va tormoz barabanlari orasidagi tirqishni sozlash, tormoz qoplamalari yuzasidagi moylarni tozalashdan iboratdir.
    Gidravlik tormoz tizimiga TXK ishlari bilan alohida-alohida tanishib chiqamiz:
    1. Tormoz tizimini tashqi nazorat qilish. Tormoz tizimi barcha mexanizmlari mahkamlanganligi va jipsligini tekshirish hamda avtomobil g‘ildiragini osib qo‘yib, uning yengil aylanishini aniqlashdan iborat.
    2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini tekshirish va sozlash.
    Bu ish avtomobillarning kabinasi yoki salonida haydovchi o‘rindig‘i oldida bajariladi. Chizg‘ichning bir uchi polga qo‘yilib, ikkinchi tomoni tepkining yuzasi bilan tenglashtiriladi va oraliq aniqlanadi. Shu holatda tepki qarshilik hosil bo‘lguncha bosilib, yana oraliq aniqlanadi. So‘ngra birinchi va ikkinchi qiymatlar farqi hisoblanadi va me’yoriy qiymatga mos kelmasa, sozlanadi.
    3. Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqish, O‘zDEU yengil avtomobillarida avtomatik ravishda sozlanadi.



    O‘zDEU avtomobillarida tormoz tepkisining erkin
    yurish yo‘lini sozlash.
    1-vakuum kuchaytirgich; 2-itargich; 3-tormoz tepkisi; 4-to‘xtash chirog‘ini yoqqich; 5-yoqqich gaykasi; 6-to‘xtatish chirog‘ini o‘chirgich; 7-tepkini tortib turuvchi prujina; 8-bosh silindr.
    4. Qo‘l tormozini tekshirish va sozlash.Orqa kolodka qoplamalarining yedirilishi, trossning cho‘zilishi, qo‘l tormozi dastagi yo‘lining ko‘payib ketishiga olib keladi. Orqa g‘ildiraklar dastak to‘liq yo‘lining 23 qismda 400 N kuch bilan tortilganda to‘liq tormozlanadi. Uni sozlash uchun dastak ostiga ulangan kolodkalarni tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim.







    Download 5,07 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   162




    Download 5,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK

    Download 5,07 Mb.