• Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
  • 1-guruh Tormoz suyuukliklari . 1-o’quv topshiriq: 2-guruh . Tormoz suyuukliklari ning
  • 23 Mavzu. Tormoz suyuukliklari, ularning xususiyati va rusumlanishi. Reja: Tormoz suyuukliklari.
  • Kichik guruhlarda ishlash qoidasi




    Download 5,07 Mb.
    bet99/162
    Sana12.10.2024
    Hajmi5,07 Mb.
    #274795
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   162
    Bog'liq
    B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

    Kichik guruhlarda ishlash qoidasi

    1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
    2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
    3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi.
    4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
    5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
    6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.





    Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari

    Guruhlar

    1

    2

    3

    Umumiy ball

    Baho

    1
















    2
















    3
















    2,2 – 3 ball – a’lo
    1,2 – 2 ball – yaxshi
    0,5 – 1,1 ball – qoniqarli

    1-guruh Tormoz suyuukliklari.
    1-o’quv topshiriq:

    2-guruh.Tormoz suyuukliklarining xususiyati.



    3-guruh. Tormoz suyuukliklarining rusumlanishi



    23 Mavzu. Tormoz suyuukliklari, ularning xususiyati va rusumlanishi.
    Reja:

    1. Tormoz suyuukliklari.

    2. Tormoz suyuukliklarining xususiyati.

    3. Tormoz suyuukliklarining rusumlanishi

    Hozirgi zamonaviy avtomobillarda, xususan DEU avtomobillarida SAE I 1703 DOT3 (CROWN B – 121) rusumidagi tormoz suyuqliklari qo‘llaniladi.


    Mexanik tormoz yuritmasi richag, torti, valik va trosslardan iborat bo‘lib, shu detallar orqali tormoz pedalidagi kuch tormoz mexanizmlariga uzatiladi. Mexanik tormoz yuritmasi tormoz mexanizmlarini bir vaqtda ishga tushishini va tormoz mexanizmlariga uzatilayotgan kuchlarni mutanosib taqsimlanishini ta’minlab bera olmaydi. Sharnirli birikmalarning va tayanchlarning ko‘pligi ishqalanishga sarflanadigan energiyani ko‘paytiradi. Shuning uchun bu yuritmalarda FIK ancha past.
    Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklari hisobiga mexanik tormoz yuritmasi ishchi tormoz tizimlarida ishlatilmaydi. Lekin avtomobillarni o‘z joyida chegaralanmagan vaqt mobaynida ushlab turish uchun mexanik tormoz yuritmasi to‘xtatib turish tormoz tizimidan keng qo‘llaniladi. Amaliyotdagi tajribadan kelib chiqgan holda shuni aytish joizki, gidravlik kuchaytirgich bilan jihozlangan transport vositalarini to‘xtatish bir muncha yengilroqdir. Kun davomida oddiy tormoz tizimiga ega bo‘lgan avtomobilni boshqarib borayotgan haydovchining oyoqlari kechga borib toliqadi. Gidravlik kuchaytirgichga ega bo‘lgan tormoz tizimi bilan jihozlangan avtomobil haydovchisi esa unga nisbatan o‘zini ancha tetik hisoblaydi, chunki gidravlik kuchaytirgich haydovchi tormoz tepkisiga ta’sir etiyotgan kuchni bir necha bor kuchaytirib beradi.
    Shuning uchun barcha katta o‘lchamli, og‘ir yuk tashuvchi avtomobillar bunday tormoz tizimi bilan jihozlangan. Gidravlik tormoz yuritmasi gidrostatik hisoblanadi, ya’ni tormozlanish vaqtida gidravlik tormoz yuritmasining hamma qismida suyuqlik bosimi bir xil oshadi va shu bosim hisobiga pedaldagi kuch tormoz mexanizmlariga uzatiladi. Yuritma tormoz pedalidan, vakuum kuchaytirgichdan, asosiy tormoz silindridan, oldingi va orqa g‘ildirak tormoz mexanizmlarining silindrlaridan, tormoz kuchi rostlagichidan va hamma silindrlarni birlashtiruvchi trubkalarlardan tuzilgan. Asosiy tormoz silindri va g‘ildirak silindrlari, shuningdek barcha trubkalar suyuqlik bilan to‘ldirilgan. Tormoz pedali bosilganda asosiy tormoz silindrining porsheni suyuqlikni trubkalar orsali g‘ildirak silindrlariga siqib chiqaradi. Suyuqlik g‘ildirak silindrlarining porshenlarini siljitadi va shuning natijasida tormoz kolodkalari barabanga siqiladi. Kolodka va baraban orasidagi tirqish yuqolgandan keyin asosiy silindrdagi suyuqlikning g‘ildirak silindrlariga uzatilishi to‘xtaydi. Agar tormoz pedaliga qo‘yilgan kuch yana davom ettirilsa, yuritmadagi suyuqlik bosimi osha boshlaydi va bir vaqtda hamma g‘ildiraklarda tormozlanish hosil bo‘ladi.
    Hozirgi vaqtda BSK(TU-6-10-1553-75) va NEVA(TU-6-09-550-73) turidagi hamda xorijiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan tormoz suyuqliklari (DOT-2, DOT-3, DOT-4 va boshqalar)dan keng foydalanilmoqda.
    BSK suyuqligi kanakunjut moyi(47 %) va butil spirti(53%)dan hamda qizil rang beruvchi organik moddadan tayyorlanadi. Uning kamchiligi minus 15S dan past va 25S dan yuqori haroratda o‘z oquvchanligini yo‘qotishidadir. NEVA turkumidagi tormoz suyuqliklari etilkarbitol suyuqligi asosida bo‘lib, quyuqlashtiruvchi va zanglashga qarshi qo‘shimchalardan tarkib topgan bo‘ladi. Bu suyuqliklarni birbiriga qo‘shib ishlatish man qilinadi.





    Download 5,07 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   162




    Download 5,07 Mb.