|
Kundalik xizmat ko‘rsatishning
|
bet | 138/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XKundalik xizmat ko‘rsatishning vazifalari quyidagilardir: harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan umumiy nazorat; avtomobilning tashqi ko‘rinishini kerakli darajada saqlab turish; uni yonilg‘i, moy va sovutish suyuqliklari bilan to‘ldirish, harakat tarkibining ba’zi turlari uchun kuzovni sanitariya ishlovidan o‘tkazish; TXK harakat tarkibining ishidan keyin yoki yo‘lga chiqishidan oldin bajariladi.
TXK-1, TXK-2ning vazifasi – avtomobil agregat va mexanizmlarining texnik holati parametrlarining o‘zgarishi jadalligini kamaytirish, buzilish va nosozliklarni oldini olish va aniqlash, nazorat, moylash, qotirish, sozlash va boshqa ishlarni o‘z vaqtida bajarish yo‘li bilan atrof muhit muhofazasi, harakat xavfsizligi va ishdagi tejamkorlikni ta’minlash.
Tashxsilash ishlari (tashxislash jarayoni) TXK va ta’mirning texnologik elementi bo‘lib, tegishli ishlarni bajarish vaqtida avtomobilning texnik holati haqida ma’lumotlar beradi. Vazifasi, davriyligi, nomi va bajariladigan joyiga qarab, tashxislash ishlari 2 turga bo‘linadi: umumiy (TSH-1) va elementlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan (TSH-2) tashxislash TXK o‘rnatilgan davriylik chegarasida, amallar ro‘yxatiga kiritilgan ta’sirlar bo‘yicha, avtomobil agregatlari, uzellari va tizimlarining buzilmasdan ishlashini ta’minlashi zarur.
Yiliga 2 marta o‘tkaziladigan mavsumiy xizmatning vazifasi –harakatdagi tarkibni mavsum o‘zgarishiga, yil fasllariga qarab ekspluatatsiyaga tayyorlashdir.
Ta’mirlash, ishning vazifasi va xarakteriga qarab mukammal va joriy turlarga bo‘linadi.
Mukammal (kapital) ta’mirlash avtomobil va agregatlarning yo‘qotgan ish qobiliyatlarini qat’iylashtirilgan tiklash uchun xizmat qiladi va keyingi mukammal ta’mirlashgacha yoki hisobdan chiqarishgacha yangi avtomobil va agregatning 80% resursini ta’minlashi lozim.
Agregatni mukammal ta’mirlash uni to‘liq qismlarga ajratish, nuqsonlarni aniqlash, tiklash yoki detallarni almashtirib yig‘ish, sozlash va sinashni ko‘zda tutadi. Agregatning bazaviy va asosiy detallari ta’mirtalab bo‘lganda, uni to‘liq qismlarga ajratish va ish qobiliyatini joriy ta’mir yo‘li bilan tiklash mumkin bo‘lmagan holda, mukammal ta’mirga yuboriladi.
Mukammal ta’mir asosan avtotransport korxona (ATK) larga va boshqa avtotransport egalariga xizmat ko‘rsatadigan ixtisoslashgan avtota’mir korxonalarida bajariladi.
|
| |