|
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
|
bet | 81/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XKichik guruhlarda ishlash qoidasi
1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi.
4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.
Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
Guruhlar
|
1
|
2
|
3
|
Umumiy ball
|
Baho
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
2,2 – 3 ball – a’lo
1,2 – 2 ball – yaxshi
0,5 – 1,1 ball – qoniqarli
1-guruh Uzatmalar qutisining tuzilishi
1-o’quv topshiriq:
2-guruh. Uzatmalar qutisining ishlash prinsipi.
3-guruh. Burovchi moment o’zgarishi.
18 Mavzu. Uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlashi.
Reja:
Uzatmalar qutisining tuzilishi
Uzatmalar qutisining ishlash prinsipi.
Burovchi moment o’zgarishi.
Tuzilishi: Ma’lumki avtomobil harakatlanayotganda yo’l sharoitiga va tezligiga qarab, unga ta’sir etuvchi qarshiliklar doimo ixtiyoriy ravishda o’zgarib turadi. Albatta, avtomobil o’ziga ta’sir etuvchi kuchlarni yengib, muntazam ravishda harakatlanishi uchun bu kuchlarga monand holda dvigateldanyetaklovchi g’ildiraklarga kelayotgan burovchi moment ham kerakli kattalikda o’zgarib turishi lozim. Lekin bu qarshiliklarni muttasilyengishda dvigatelning burovchi momenti hamishayetarli bo’lavermaydi. Masalan, avtomobil o’rnidan qo’zg’alganda, tezligini ravonlik bilan sekin-asta yoki shiddat bilan oshirishda yo’l qarshiliklarini bemalol yengish uchun avtomobilning g’ildiraklarida turli kattalikka ega bo’lgan tortish kuchi talab etiladi. Darxaqiqat, tepalikka shijoat bilan chiqishda, notekis va og’ir yo’l sharoitlarida katta yuklanishlarda harakatlanganda, xususan avtomobilningyetakchi g’ildiraklaridagi burovchi moment dvigatelning eng katta burovchi momentidan bir necha bor katta bo’lishi kerak. Shu bilan birga avtomobil takomillashgan va va tekis yo’l sharoitida o’rtacha tezlikda harakatlanganda yo’l qarshiliklariniyengish uchun uncha katta bo’lmagan kuch talab etiladi. Lekin yo’l sharoitiga va boshqa sabablarga bog’liq bo’lgan o’zgaruvchan qarshiliklarni muttasil ravishdayengish uchun dvigatelni uncha katta bo’lmagan va juda kichik oraliqda o’zgaruvi burovchi momentiyetarli bo’lmaydi. SHu sababli shart-sharoitga bog’liq holda avtomobilningyetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni va tezligini o’zgartirib turish uchun uzatmalar qutisidan foydalaniladi.
Shunday qilib, uzatmalar qutisi asosiy vazifasi bo’lmish burovchi moment qiymatini va tezligini o’zgartirishdan tashqari kerakli paytda ularning yo’nalishini ham o’zgartirib beradi. Shuningdek, avtomobil to’xtab turganda yoki inertsiya bilan yurib ketayotganda salt ishlab turgan dvigatelning tirsakli valini kuch uzatmadan uzoq muddatga ajratib qo’yish vazifasini ham o’taydi.
|
| |