• Burovchi moment yo‘nalishining o‘zgarishi
  • Chilangari kasbi bo’yicha




    Download 5,07 Mb.
    bet82/162
    Sana12.10.2024
    Hajmi5,07 Mb.
    #274795
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   162
    Bog'liq
    B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

    Ishlash prinsipi: Tishli uzatmalarda burovchi moment miqdori va yo‘nalishi har xil tishlar soniga ega bo‘lgan tishli shesternya va tishli g‘ildiraklarni o‘zaro ilashishi hisobiga turli miqdordagi uzatishlar sonini hosil qilish hisobiga amalga oshiriladi tishli shesternya A dan tishli g‘ildirak B ga burovchi moment uzatilganda uning miqdori 2 marotaba oshadi, chunki uzatishlar soniga teng, lekin ikkinchi valning aylanishlar soni 2 marotaba birinchi valning aylanishar soniga nisbatan kamayadi. Uzatmalar qutisida bir nechta yetaklovchi va yetaklanuvchi tishli shesternya va tishli g‘ildiraklar o‘rnatish hisobiga bir nechta uzatishlar sonini olish mumkin. Masalan, (47a, b-rasm) yetaklovchi, valga dvigatelning tirsakli validan kelayotgan burovchi moment tishli shesternya (yetaklovchi)dan tishli g‘ildirak (yetaklanuvchi)ga o‘tganda 2 marta oshadi yetaklanuvchi valning aylanishlar soni esa marta kamayadi, so‘ngra ikki marta oshgan burovchi moment yetaklovchi shesternyadan yetaklanuvchi tishli g‘ildirakka o‘tganda uning qiymati ikki marta oshadi, lekin yetaklanuvchi valning aylanishlar soni ikki marta kamayadi. Dvigateldan kelayotgan burovchi momentning umumiy miqdori uzatmalar qutisidan uzatilganda marta oshadi, valning aylanishlar soni esa marta kamayadi.



    Burovchi moment yo‘nalishining o‘zgarishi.
    Dvigateldan kelayotgan burovchi momentning yo‘nalishini o‘zgar-tirish sxemasi 48-rasmda keltirilgan. Dvigateldan kelayotgan burovchi moment birlamchi (yetaklovchi) val, shesternyadan oraliq valga uzatiladi, so‘ngra burovchi moment orqaga yurishni ta’minlash shesternyasidan o‘tadi va o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, yo‘nalishi o‘zgargan burovchi moment (yetaklanuvchi) ikkilamchi valdan yetaklovchi g‘ildiraklarga yetkaziladi. Tishli g‘ildiraklarning qo‘zg‘almas o‘qli uch valli uch pog‘onali uzatmalar qutisining sxemasini (48-rasm) ko‘rib chiqamiz. Yetakchi, yetaklanuvchi va oraliq vallar, yetakchi va yetaklanuvchi vallar qutida podshipniklarda o‘rnatilgan. Yetakchi valda oraliq valning g‘ildiragi bilan doimiy ilashishlikda turgan shesternya qattiq qotirilgan. Boshqa shesternyalar xuddi shunday oraliq valda qattiq qotirilgan. Yetaklanuvchi valning g‘ildirak-koretkasi val bilan shlitsalar yordamida shunday birlashtirilganki, uni val bo‘yicha surish mumkin. Xuddi shunday, yetaklanuvchi valdagi tishli muftani val bo‘ylab siljitish mumkin. Tishli g‘ildirak bu valda erkin o‘rnatilgan va shesternya bilan doimiy ilashishda bo‘ladi.



    Download 5,07 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   162




    Download 5,07 Mb.