|
Uzatmalar qutisining turlari
|
bet | 78/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XUzatmalar qutisining turlari: Uzatishlar sonini o‘zgartirish tavsifiga binoan uzatmalar qutisining pog‘onali, pog‘onasiz va aralash turlarga bo‘linadi. Yetakchi va yetaklanuvchi vallar orasidagi bog‘lanish tavsifiga asosan uzatmalar qutisi mexanik, gidravlik, elektrik, aralash, boshqarish usuli bo‘yicha esa avtomatik va avtomatik bo‘lmagan turlarga ajratiladi. Pog‘onali uzatmalar qutisi oldinga yurishdagi uzatishlar soni bo‘yicha farqlanadi (4 pog‘onali, 5 pog‘onali va h.k.).
Pog’onali mexanik uzatmalar qutisi.
Xozirgi zamon avtomobillarida asosan tishli mexanizmga ega bo’lgan pog’onali uzatmalar qutisi ishlatiladi. Bunday uzatmalar qutisida avtomobilning har xil yo’l sharoitida turlicha tezlik va tezlishishini ta’minlash uchun uzatish soni har xil qiymatga ega bo’lgan bir nechta juft tishli g’ildiraklardan, yani shesternyalardan foydalaniladi.uzatmalar qutisidagi vallarning umumiy soniga ko’ra ikki yoki uch vali, shuningdek surilma shesternya va sinxronizatorlarning soniga qarab esa ular ikki, u chyoki to’rt yo’lli bo’ladilar.
Yetakchi (A) va yetaklanuvchi (B) vallar.
1-yetaklovi val; 2-uzatmalar qutisining richagi; 3-vilkalari; 4-yetaklanuvchi val; 5-trasmission moyni to‘kish jumragi; 6-oraliq val; 7-qobig‘i.
Pog’onasiz mexanik uzatmalar qutisi.
Bunday uzatmalar qutisining qo’llanilishi chegaralangan oraliqda yo’l sharoitiga qarab ixtiyoriy uzatmalar sonini o’z-o’zidan ta’minlab avtomobilningyetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni o’zgartirib beradi. Pog’onasiz uzatmalar qutisi ishlash uslubiga qarab mexanik, gidravlik, elektrik va aralashgan turlarga bo’linadi. Shu vaqtgacha aralashgan, yani gidromexanik uzatmalar qutisi keng tarqalgan bo’lib, u ikki g’ismdan, yani pog’onasiz gidrodinamik uzatma (gidrotransformator) va unga ketma-ket ulangan pog’ona mexanik uzatmalar qutisidan iborat.
Uzatishlar sonining o‘zgarishi.
|
| |