|
Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
|
bet | 87/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XGuruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
Guruhlar
|
1
|
2
|
3
|
Umumiy ball
|
Baho
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
2,2 – 3 ball – a’lo
1,2 – 2 ball – yaxshi
0,5 – 1,1 ball – qoniqarli
1-guruh Osmalarning turlari.
1-o’quv topshiriq:
2-guruh.Amortizatorlarning vazifasi.
3-guruh. Amortizatorlarning ishlashi.
20 Mavzu. Osmalarning turlari. Amortizatorlarning vazifasi va ishlashi.
Reja:
1. Osmalarning turlari.
Amortizatorlarning vazifasi.
Amortizatorlarning ishlashi.
Avtomobillarning osmasi yo’naltiruvchi (elastik) va so’ndiruvchi qismlardan tashkil topgan bo’lib, ular yordamida rama yoki kuzov bilan ko’priklar yoki g’ildiraklar bevosita birlashtiriladi.
Osmalar avtomobilning ko’tarib yuruvchi tarmog’i va ko’priklar o’rtasida elastik aloqani uzviy ravishda ta’minlab, g’ildiraklar va u bilan bog’langan tarmoqqa tushadigan o’zgaruvchan yuklanishlarni kamaytiradi, avtomobilning tebranishini so’ndiradi, shuningdek harakat davomida avtomobil kuzovining xolatini ravonlashtirib turadi. Ma’lumki, avtomobil notekis yo’llarda yurganda yoki har xil tezlikda harakatlanganda g’ildirak orqali kuzovga turtki va siltov kuchlari uzatiladi. Bu salbiy kuchlarni yumshatish maqsadida osmada shakli yoki xajmi o’zgarishi yoki o’zgartirish mumkin bo’lgan elastik deformatsiyalanuvchi qismlardan foydalaniladi. Elastik qismli tuzilma sifatida varaqali ressora, spiralsimon prujina, buralishga ishlovchi torsion o’zak ishlatiladi. Avtomobil osmasiga taaluqli elastik qurilma avtomobil vazni ta’sirida vujudga kelgan o’zgaruvchan yuklanishlarni yengillashtiradi.
Avtomobil notekis yo’lda yurganda prujina siqilib, g’ildirakdan kuzovga o’tadigan turtkilarni yumshatadi. Prujina kerilganda kuzovni tebratadi va bu tebranishlar muttasil ravishda amartizator 3 yordamida so’ndiriladi.
Amortizator korpusi suyuqlik bilan to’ldirilgan bo’lib, korpusning balka qismi sharnirli qilib birlashtiriladi. Kuzov va g’ildirak tebranganda amortizator porsheni ilgarilama va qaytma harakatlanib, korpus ichidagi suyuqlikni bir bo’shliqdan ikkinchi bo’shliqqa klapanlar orqali xaydash hisobiga tebranishlarni so’ndiradi. Avtomobilni yuritish uchunyetakchi g’ildiraklarga keltirilgan burovchi moment Mbur ta’sirida ramaga Pm tortish ukchi uzatiladi va avtomobil harakatga keladi. ramaga Pt tortish kuchini bevosita uzatib turuvchi richag avtomobil osmaning yo’naltiruvchi tuzilmasi deb ataladi. Yo’naltiruvchi tuzilmaning ishlash tavsifiga qarab, osmalar nomustaqil va mustaqil turlaga bo’linadi. Mustaqil osmada har qaysi g’ildirak kuzovga ayrim-ayrim osilgan bo’lib, bir g’ildirakning ramaga nisbatan tik ravishda silkinishi ikkinchi g’ildirakda sezilmaydi
Ikkala turdagi osmalar kinematik xususiyatlariga qarab uch turkumga bo’linadi:
1) g’ildirak avtomobilning bo’ylama o’qiga nisbatan tik tekislikda siljiydi;
2) g’ildirak avtomobilning bo’ylama o’qiga nisbatan muvoziy tekislikda siljiydi;
3) g’ildirak avtomobilning bo’ylama o’qiga nisbatan biror burchak ostida siljiydi.
Nomustaqil osmalarda esa chap va o‘ng g‘ildiraklar bir biri bilan bog‘langan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notikisligidan tasir etgan turtkilar o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatiladi. Yengil avtomobillardan MATIZ, TIKO, DAMAS, NEKSIYA avtomobillarining orqa osmalari, yuk avtomobili va avtobuslarning oldingi va orqa osmalari misol bo‘la oladi.
Osmalarning elastik qismi yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni kamaytirib avtomobilning yurish ravonligini yaxshilaydi. Elastik qismning prujina, ressori, torsion, pnevmoballon va h.k. turlari mavjud.
|
| |