|
Chirchiq davlat pedagogika unversiteti fizika kimyo fakulteti kimyo guruh 1 kurs talabasi suyunova sarvinozning media savotxonlik fandin slaydi
|
bet | 2/3 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #120859 |
Bog'liq Medi maydonda axborot tarqatishbo’lib qoladi”.
Hozirgi kunda shaxs axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlanganlik darajasini
sotsiologik o’rganish, yangi konsepsiyalar bilan boyitish bugungi ijtimoiy
taraqqiyot bosqichi uchun o’ta muhim vazifa hisoblanadi. Demak, hozirda har bir
axborot chegara bilmaslik xususiyatiga ega ekan, ongi va dunyoqarashi
shakllanayotgan yosh avlodning ma’naviy olami daxlsizligini asrash ko’pchilikni
o’ylantirishi darkor. Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni ta’qiqlash
bilan muammo hal bo’lmaydiMa’lumki, hozirgi zamon yoshlarining hayotiy tushuncha va tasavvurlarini,
asosan, internet shakllantirmoqda. Bu esa ta’lim-tarbiya muassasalarining ish
faoliyatini qiyinlashtirib qo’ymoqda. Axborotning katta oqimi sharoitida inson
o’zini erkin his eta olishi uchun axborot madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu
o’rinda axborot madaniyati deyilganda ta’lim, ilmiy bilish va faoliyatning boshqa
turlari davomida yuzaga keladigan axborotga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan
bilimlar, o’quv va ko’nikmalarning tizimlashtirilgan yig’indisi tushuniladi.
Shuning uchun ham mazkur muammo faqatgina ma’lum bir davlat chegaralaridan
chiqib, global xarakterga ega bo’ldi.
Mazkur standartlar axborot savodxonligiga ega bo’lgan insonni quyidagicha ta’riflaydi: • kerak bo’lgan axborot ko’lamini belgilay oladigan; • axborot va uning manbalarini tanqidiy baholay oladigan va saralangan axborotni o’z bilim bazasi bilan uyg’unlashtira oladigan; • axborotdan foydalanish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy masalalarni tushunadigan, shuningdek axborotdan qonuniy tarzda hamda axloq me’yorlari doirasida foydalana biladigan; • mahsulot va jarayonga baho bera oladigan kishidir.
A.Umarov e’tiroficha, «Oldingi an’anaviy jamiyatlarda, shuningdek
industrial jamiyatda ham mutolaa madaniyati axborot madaniyatiga nisbatan
ustun mavqeda edi. Lekin postindustrial jamiyatning hosilasi bo’lgan
axborotlashgan jamiyatga o’tilishi bilan axborot jamiyat va inson hayotining
hamma sohalarida asosiy resursga aylangach, axborot madaniyatining
ko’lami va mavqei ortgani aniq bo’lib qoldi. Endi axborot madaniyati tizim
yasovchi kategoriya maqomiga ko’tarildi, mutolaa madaniyati esa shu
tizimning ajralmas qismi sifatida jamiyat va inson hayotida o’rin tuta
boshladi».
Bugungi kunda axborot madaniyatini shakllantirish eng dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi, chunki, axborot oqimining jadal o’sib borishi,
taqdim etilayotganaxborotlar orasidan kerakli, zaruriy va foydalilarini ajratib olish
murakkab jarayondir. Buning uchun har bir shaxs mustaqil fikrga ega,
dunyoqarashi keng, axborotlar ummonidan o’zi uchun kerakligini ajratib olish
salohiyatiga ega bo’lishi lozim. Axborot madaniyatini shakllantirishning bir nechta
bosqichlari mavjud bo’lib, ular orasida yuqorida ko’rib o’tganimiz «axborot
savodxonligi»dan keyin eng muhimi bu kishilarning kitobxonlik madaniyatini
yuksaltirishdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Chirchiq davlat pedagogika unversiteti fizika kimyo fakulteti kimyo guruh 1 kurs talabasi suyunova sarvinozning media savotxonlik fandin slaydi
|