122
Meksikada mustaqillik uchun urush. 1810-yili mustamlakalarda
ommaviy qo‘zg‘olon boshlandi. Lotin Amerikasi xalqlarining ozodlik
kurashi jarayonida ko‘pgina ajoyib vatanparvarlar yetishib chiqdi.
Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramonlari
Migel
Idalgo va Xose Morelosning nomlarini hozir ham hurmat bilan
eslaydi. Qishloq ruhoniysi Idalgoni mahalliy aholi, ayniqsa, hindular
sevar edi. U hindularning tillarini bilardi. 1810-yili Idalgo dehqonlar-
ning eng kambag‘al tabaqalariga mansub bo‘lgan hindular bilan mu-
latlarni mustaqillik uchun kurashga va o‘zlaridan tortib olingan
yerlarni qaytarib olishga chaqirdi. Qo‘zg‘olon ko‘targan hindu va mu-
latlardan butun bir qo‘shin tuzildi. Idalgo quldorlarga o‘zlarining
hamma qullarini o‘n kunlik muddatda ozod qilib yuborishni buyurdi
va hindu jamoalari mustamlakachi ma’murlarga to‘lab kelgan o‘lponni
bekor qildi.
Ispaniya qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirdi. Asir
olingan Idalgo esa otib o‘ldirildi. Idalgoning
eng yaqin safdoshi Morelos uning ishini davom
ettirdi. Biroq Ispaniyaning muntazam qo‘shini
bu safar ham qo‘zg‘olonchilardan ustun keldi,
Morelos ham otib tashlandi. Keyinchalik ozod-
lik harakatiga rahbarlikni badavlat pomeshiklar
qo‘lga oldilar. Meksikada mustaqillik uchun ku-
rash davom etdi.
Nihoyat,
1821-yili Meksika mustaqillikka
erishdi. Qullik bekor qilindi. Keyinroq Meksika
Respublika deb e’lon qilindi.
Venesuela mustaqilligi. Venesuelada mustaqillik urushiga
Simon
Bolivar rahbarlik qildi. U Janubiy Amerika xalqlarining eng mashhur
qahramoni bo‘lib qoldi. Bolivar venesuelalik badavlat kreol – po-
meshik va savdogar oilasida tug‘ildi. Juda yaxshi ilm olgan Bolivar
Yevropa bo‘ylab safar qildi.
«Ispaniya mening mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarni parcha-
lab tashlamagunimcha xotirjam bo‘lmayman», – derdi u. Bolivar
Venesuela ozodlik qo‘shinini tuzdi.