118
AQSHda fuqarolar urushi
1866-yili AQSH Kongressi tomonidan konstitutsiyaga tuzatish
kiritildi. Unga ko‘ra, qora tanlilarning fuqarolik
va siyosiy huquqlari
oq tanlilarniki bilan tenglashtirildi.
1861-yil aprelda ...
1865-yilning dekabr oyida ...
Jon Braun Virjiniyada – ...
Fuqarolar urushining natijalari. Urushda Shimolning erishgan g‘a-
labasi katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. G‘alaba mamlakat yaxlitli-
gini saqlab qoldi. Qulchilik bekor qilindi va «Gomstedlar to‘g‘risida»gi
Qonun qabul qilindi.
AQSHning g‘arbiy yerlarida ham qishloq xo‘jaligida kapitalizm ri-
vojlanishi uchun imkoniyat yaratildi. G‘alaba g‘arbiy
yerlarning
qulchilik tarafdorlari tomonidan bosib olinishi xavfiga barham berdi.
Janubda ham fermer xo‘jaligi rivojlanishi uchun keng yo‘l ochildi.
Òarixiy g‘alaba sanoat to‘ntarishini tezroq tugallash va Amerika sa-
noatining rivojlanishi uchun sharoit yaratdi.
http://eduportal.uz
119
Amerika adabiyoti va san’ati. XIX
asr boshlarida AQSHning
ko‘pchilik aholisi savodli bo‘lgani uchun Injilni,
Uilyam Shekspir,
Charlz Dikkens kabi ingliz yozuvchilarining asarlarini o‘qirdi.
Ayniqsa, Daniyel Defo asarining qahramoni Robinzon Kruzo ameri-
kacha hayot ruhiga yaqin bo‘lgani uchun
milliy adabiyotning keyingi
yo‘nalishini belgilab berdi.
Òabiatni, mahalliy hindularni o‘ziga bo‘ysundirish uchun doimiy
kurash – Amerika milliy adabiyotining asosiy mavzulari bo‘lib qoldi.
Keyinchalik
Fenimor Kuper «Pionerlar»,
German Melvill «Mobi Dik»
asarlarida shu mavzuni davom ettirdi.
Eskilik bilan yangilik, eski va
yangi dunyo o‘rtasidagi
kurash mavzusi Amerikaning Uolt Uitmen,