121
mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik harakatini keltirib chiqardi.
Bu harakatning asosiy maqsadi – mustaqil davlatlar tuzish edi. Kreol-
lardan chiqqan o‘qimishli kishilar, pomeshiklar, ayniqsa,
zobitlar ora-
sida ozodlik g‘oyalari keng tarqaldi. Mustamlakalarda burjuaziya hali
zaif edi.
Shu sababli kreollardan chiqqan inqilobchilar ozodlik harakatiga
boshchilik qildilar. Ozodlik harakatining arboblari xalq ommasining –
hindular, metis va mulatlardan chiqqan
dehqonlar bilan hunarmand-
larning hamda mustaqillik tufayli o‘z qismatining yengillashuviga
umid bog‘lagan qora tanli qullarning ham madadiga tayandi.