150
XIX asrda Eron kuchli milliy armiyaga, markaziy davlat appa-
ratiga va yagona soliq tizimiga ega emasdi. Eron Rossiya va
Buyuk Britaniyaning mintaqadagi bosqinchilik intilishlariga
qarshilik qila olmadi.
Mamlakat ichkarisidagi islohotlarga diniy mutaassiblik va unga
asoslangan davlat tuzumi, ijtimoiy institutlarning kam taraqqiy
etganligi xalaqit berayotgan edi. Natijada, Eron kuchli davlat-
larning yarimmustamlakasiga aylantirildi.
Buyuk Britaniyaning bir necha bor urinishlariga qaramasdan,
Afg‘oniston o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Ammo, ajablanarlisi
shundaki, o‘z mustaqilligini saqlab qolgan, kuchli davlatlarning
ta’siri o‘ta cheklangan Afg‘oniston taraqqiyotning eng ortida qolib
ketdi. U XIX asr oxirida ham qabila-urug‘chilik munosabatlari va
natural xo‘jalik saqlanib qolgan mamlakatlardan biri edi.
Sadri a’zam – bosh vazir.
Amin ad-davla – moliya va ichki ishlar vaziri.
Hakimboshi – saroy bosh tabibi.
Durri durron – javohirlar javohiri.
Jirg‘a – kengash.
1. Eronning davlat tuzumi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Qanday omillar bobiylar qo‘zg‘olonini yuzaga keltirdi?
3. Eron qay tariqa Buyuk Britaniya ta’sir doirasiga tushib qoldi?
4. Afg‘onistonda durroniylar sulolasi hukmronligi qanday barham topdi?
5. Nima uchun Buyuk Britaniya Afg‘onistonni bosib olishga yoki o‘ziga vassal
davlatga aylantirishga erisha olmadi?
6. Amir Do‘st Muhammadxon Buyuk Britaniya va Rossiyaga nisbatan qanday
siyosat yuritdi?