149
davlat hududida Buyuk Britaniya va
Rossiya manfaatlari to‘qnashdi. Buyuk
Britaniya Afg‘onistonni o‘z ta’sir doi-
rasiga olish maqsadida unga hujum qildi.
Qisqa vaqt ichida Kobul shahrini egal-
ladi. Òaxtga durroniylar sulolasining va-
kili Shuju o‘tqazildi.
Biroq erksevar afg‘on xalqini bo‘y-
sundirish oson emas edi.
Kobul aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Bu
qo‘zg‘olonda Do‘st Muhammadxonning
o‘g‘li Akbarshoh katta rol o‘ynadi. Buyuk
Britaniya qo‘shini qo‘mondonligi barcha harbiy qismlarini Afg‘onis-
tondan olib chiqib ketish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashga maj-
bur bo‘ldi.
1842-yili Buyuk Britaniya qo‘shini Afg‘onistondan chiqib ketdi.
Shu tariqa birinchi afg‘on – ingliz urushi Buyuk Britaniya mag‘-
lubiyati bilan tugadi. Do‘st Muhammadxonning amirlik hokimiyati
qayta tiklandi.
1747-yili abdali qabilasining sardori Ahmadxon Afg‘oniston shohi deb
e’lon qilindi.
1826-yili Do‘st Muhammadxon Afg‘oniston taxtini egalladi.
1842-yili Buyuk Britaniya qo‘shini Afg‘onistondan chiqib ketdi.
1857-yili Buyuk Britaniya bilan Afg‘oniston o‘rtasida harbiy shartnoma
tuzildi.
Buyuk Britaniya bilan yangi urush kelib chiqishini istamagan Do‘st
Muhammadxon 1855-yili ingliz – afg‘on do‘stlik shartnomasini imzo-
ladi. 1857-yili Buyuk Britaniya bilan Afg‘oniston o‘rtasida harbiy
shartnoma ham tuzildi.
Bu shartnoma Buyuk Britaniya uchun Afg‘onistonni vassal dav-
latga aylantirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi.
1863-yili Do‘st Muhammadxon vafot etgach, uning o‘g‘illari o‘r-
tasida taxt uchun kurash avj oldi. Afg‘onistonda o‘z manfaatlariga ega
bo‘lgan Buyuk Britaniya va Rossiya uning ichki ishlariga aralashmas-
ligini bildirdi.
1870-yili Afg‘oniston mustamlaka ham, qaram davlat ham emas
edi. Biroq uning chegaralariga janubi-sharqdan Buyuk Britaniya, shi-
moldan esa Rossiya tobora yaqinlashib kelayotgan edi.