|
Afg‘oniston davlatining tashkil topishi Pdf ko'rish
|
bet | 123/133 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 7,71 Mb. | | #109812 |
Bog'liq jahon tarixi 8 uzbAfg‘oniston davlatining tashkil topishi. 1747-yili Nodirshoh o‘ldiril-
gach, imperiya ham parchalandi. Afg‘oniston davlatining tashkil to-
pishi uchun qulay sharoit tug‘ildi.
1709-yilda ...
1722-yilda ...
1736-yilda ...
1747-yilda ...
1747-yili afg‘on qabila xonlarining jirg‘asi (kengashi) afg‘onlar-
ning abdali qabilasi sardori Ahmadxonni Afg‘oniston shohi deb e’lon
qildi. Ahmadshoh qisqa vaqt ichida mamlakat hududini birlashtira
oldi.
Bu g‘alabalar evaziga u o‘ziga «Durri durron» unvonini qabul
qildi va abdali qabilasining nomini durroniy nomi bilan o‘zgartirdi.
Markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslik harakati va bosib olingan
o‘lka xalqlarining doimiy qo‘zg‘olonlari oqibatida durroniylar su-
lolasining hukmronligi zaiflashdi. Ahmadshohning vorislari bu ikki
omilga qarshi qanchalik kurashmasinlar, ularni bartaraf eta olma-
dilar.
Durroniylar sulolasi hukmronligining barham topishi. Ayni paytda
vorislar o‘rtasida taxt uchun kurash ham avj oldi. Bundan boshqa
qabilalar xonlari foydalanishga urindilar. Chunonchi, barakzaylar
yetakchisi Fathxon taxt uchun kurashda hali u vorisni, hali bu vorisni
qo‘llab, davlatda bosh vazir lavozimini egallab oldi va butun davlat
ishlarini amalda o‘z qo‘lida to‘plashga erishdi.
U yirik harbiy sardorlardan biri, ukasi Do‘st Muhammadxon yor-
damiga tayanardi. Ular Afg‘onistonning deyarli barcha yirik viloyat-
lari hokimlarini o‘zlariga qarashli kishilardan tayinlanishiga erishdi-
lar. Uzoq davom etgan o‘zaro kurashlardan so‘ng 1826-yili Do‘st
Muhammadxon Afg‘oniston taxtini egalladi va o‘zini amir deb e’lon
qildi.
Shu tariqa durroniylar sulolasi hukmronligi barham topdi. Mam-
lakatda barakzaylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Bu sulola hukm-
dori amir Do‘st Muhammadxon butun Afg‘onistonni yagona davlatga
birlashtirish va uni kuchli davlatga aylantirishga harakat qildi.
|
| |