146
Davlat viloyatlarga bo‘lingan, ularni
beklarbegi boshqargan. Òaxt
vorisiga Ozarbayjon ham berilgan bo‘lib, uning qarorgohi Òabriz shah-
rida joylashgan edi.
XIX asrga kelib, Sharqda hukmronlikni o‘z qo‘llariga olish uchun
kurash olib borayotgan Buyuk Britaniya va Fransiyaning Eronga qizi-
qishi kuchaydi. Kavkazda o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun Rossiya
bilan 1826–1828-yillari bo‘lgan urushlarda Eron mag‘lubiyatga uch-
radi va Kavkazga bo‘lgan da’vosidan voz kechdi.