143
mustamlakalari uchun kurashini yanada kuchaytirdi. Imperiya xalqla-
rining milliy-ozodlik kurashidan Yevropa davlatlari Òurkiya ichki ish-
lariga aralashish quroli sifatida foydalandilar. Chunonchi, 1827-yili
Londonda Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o‘rtasida Òurkiyaga
qaram Gretsiyaga muxtoriyat huquqi berilishini ko‘zda tutuvchi bitim
imzolandi.
Fransiya esa 1830-yili Jazoirni bosib oldi. Sulton hukumatining
bunday ketma-ket muvaffaqiyatsizligi rasman Òurkiyaga qaram Misr
hukmdori Muhammad Alining bosh ko‘tarishiga sabab bo‘ldi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya va Rossiya hukmron doiralarining
har biri Òurkiyadan mumkin qadar ko‘proq o‘ljani qo‘lga kiritishga intilardilar.
1830-yili Fransiya Jazoirni bosib oldi.
Muhammad Ali sulton qo‘shinini tor-mor etgach, Istanbul shah-
riga yo‘l ochildi. Sultonni halokatdan Rossiya saqlab qoldi. Oxirgi
maqsadi – birinchidan, Qora dengiz bo‘g‘ozlari va Istanbul shahrini
qo‘lga kiritish bo‘lgan Rossiya uchun kuchli Muhammad Alidan kuch-
siz sulton hokimiyati ma’qul edi.
Ikkinchidan, Muhammad Alining g‘alabasi uni qo‘llab-
quvvatlayotgan Fransiyaning ham g‘alabasiga teng edi. Bunga yo‘l
qo‘yishni istamagan Rossiya Òurkiya sultoniga o‘z yordamini taklif
qildi.
Rossiya flotining tazyiqi bilan Muhammad Ali o‘z qo‘shinini
Misrga qaytarib olib ketdi. Endi Rossiya – Òurkiya o‘rtasida yaqin-
lashuv yuz bera boshladi. Bunga Buyuk Britaniya va Fransiya, tabiiyki,
toqat qila olmas edi. Endi ular Muhammad Alini yanada kuchliroq
qo‘llab-quvvatlay boshladilar.
Muhammad Ali esa o‘z hokimiyatini meros qilib qoldirish huqu-
qini sultondan talab qildi. Bu talab yangi urush boshlanishiga bahona
bo‘ldi. Urush yakuniga ko‘ra, 1840-yili Muhammad Ali Misr va
Sudanni boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini qo‘lga kiritdi.